1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.16.00 Boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu Qonunning ishlab chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoni bilan tasdiqlangan 1998—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy chora-tadbirlarida nazarda tutilgan edi.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Ushbu Qonunning maqsadi qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
donor — oʻz qoni va uning tarkibiy qismlaridan bir qismini tibbiyot ehtiyojlari uchun ixtiyoriy ravishda beruvchi jismoniy shaxs;
donor qoni banki — qon bilan ishlash xizmati tomonidan vujudga keltiriladigan va yangilab boriladigan, uzoq muddat saqlashga moʻljallangan donor qoni tarkibiy qismlarining zaxiralari;
donor qoni preparatlari — donor qoni tarkibiy qismlarini qayta ishlashda olingan davolash vositalari;
donor qoni tarkibiy qismlari — qonning qon plazmasi va hujayralari shaklidagi tarkibiy qismlari.
3-modda. Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
4-modda. Qon va uning tarkibiy qismlari donorligining asosiy prinsiplari
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning ixtiyoriyligi;
qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning inson uchun bezararligi;
donor qoni va uning tarkibiy qismlarini ishlatish xavfsizligi.
5-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning ixtiyoriyligi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Qon va uning tarkibiy qismlarini tibbiyot ehtiyojlari uchun topshirish donor tomonidan ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Shaxsni qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishga biron-bir tarzda majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
6-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning inson uchun bezararliligini taʼminlash
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning inson uchun bezararliligi qon bilan ishlash xizmati tomonidan donor boʻlishga rozilik bildirgan shaxsni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, qon va uning tarkibiy qismlarini olishda tibbiyot xodimlarining sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etishi, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning davriyligi va hajmiga rioya etilishi orqali taʼminlanadi.
7-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini ishlatish xavfsizligini taʼminlash
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini ishlatish xavfsizligini taʼminlash sogʻliqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari donor qoni va uning tarkibiy qismlari sifati hamda xavfsizligini kafolatlovchi belgilangan standartlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari shart.
8-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish shartlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish bepul va pulli asosda amalga oshirilishi mumkin.
Donor qonining tarkibiy qismlarini keyinchalik, zarurat boʻlganda, donorning oʻziga ishlatilishini koʻzlab topshirish (autodonorlik) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish yoshi oʻn sakkizga toʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish oldidan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda ularning salomatligi toʻgʻrisida hujjat berish bepul amalga oshiriladi.
10-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va ishlatish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash va saqlashni qon bilan ishlash xizmati amalga oshiradi.
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini ishlatish sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshiriladi.
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash hamda ishlatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
11-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlariga boʻlgan ehtiyojlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Donor qoni va uning tarkibiy qismlariga, shuningdek donor qoni preparatlariga boʻlgan ehtiyojlar, donor qoni bankini vujudga keltirish va yangilab borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-noyabrdagi 324-son qarori bilan tasdiqlangan Qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
12-modda. Qon bilan ishlash xizmati
Qon bilan ishlash xizmati davlat sogʻliqni saqlash tizimining donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari majmuidan iborat.
Qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirib borish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
13-modda. Qon bilan ishlash xizmati vakolatlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Qon bilan ishlash xizmati qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etishni quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiradi:
donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash;
aholini qon va uning tarkibiy qismlarini ixtiyoriy ravishda topshirishga jalb etish;
donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini ishlatish xavfsizligi sharoitlarini taʼminlash;
donor qoni va uning tarkibiy qismlari, shuningdek donor qoni preparatlarining tashilishini tashkil etish;
donor qoni bankini vujudga keltirish va yangilab borish.
Qon bilan ishlash xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:
oʻz hududlarida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etadilar;
qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishga mahalliy budjetdan mablagʻlar ajratadilar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
15-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi majburiyatlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar maʼmuriyati, harbiy qism komandirlari (boshliqlari):
shaxslarni donorlar safiga jalb qilishda qon bilan ishlash xizmatiga koʻmaklashadilar;
tibbiy koʻrikdan oʻtadigan kuni va qon topshiradigan kuni donorni uning murojaatiga binoan ish, xizmat yoki oʻqish joyidan sogʻliqni saqlash muassasalariga borishiga moneliksiz ruxsat beradilar, donorning shu kunlari ish yoki xizmat joyida boʻlmasligi odamlar hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdirishiga, davlat mudofaasi, xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlash bilan bogʻliq vazifalar bajarilmasligiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno;
qon topshirish tashkil etilishi uchun zarur boʻlgan binolarni berib turadilar;
donorga qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni beradilar hamda ragʻbatlantirish choralarini qoʻllaydilar.
Qarang: mazkur Qonunning 20, 21-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomning 31-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-noyabrdagi 324-son qarori bilan tasdiqlangan Qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi.
16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishdagi ishtiroki
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari aholini qon va uning tarkibiy qismlari bepul donorligiga jalb qilishda, donorlarga turli shakldagi ragʻbatlantirishlar belgilashda, ommaviy axborot vositalari orqali aholining keng xabardor qilinishini tashkil etishda hamda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishga doir boshqa tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.
Aholini qon va uning tarkibiy qismlari bepul donorligiga jalb etish maqsadida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirish jamoat fondlari tashkil etilishi mumkin, bunday fondlarni tashkil etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
18-modda. Donor boʻlishga rozilik bildirgan shaxsning majburiyatlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Donor boʻlishga rozilik bildirgan shaxs tibbiy koʻrikdan oʻtish paytida oʻzi bilgan ilgarigi va hozirgi kasalliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼlum qilishi shart.
19-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Qon topshirish davriyligi bir martalik qon olish besh yuz millilitrdan, shuningdek laboratoriya tekshiruvlari uchun qirq millilitrdan ortiq boʻlmagan normada yiliga besh marotabadan oshmasligi kerak.
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonun 10-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 16-dekabrdagi 423-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2556, 15.01.2014-y.).
20-modda. Donorga beriladigan kafolatlar va kompensatsiyalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.05.00 Donorlar uchun kafolatlar]
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtadigan kuni donor ana shu kunlar uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining oʻquvchilari, oliy oʻquv yurtlarining talabalari, taʼlim oluvchilarning boshqa toifalari qon va uning tarkibiy qismlarini topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtadigan kuni mashgʻulotlardan, harbiy xizmatchilar esa naryadlarni bajarishdan, xizmatni oʻtashning vaxta va boshqa shakllaridan ozod qilinadilar.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
Donorga har safar qon va uning tarkibiy qismlarini topshirgan kunning bevosita ertasiga dam olish uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha bir kun beriladi. Donorning xohishiga koʻra mazkur dam olish kuni har yilgi mehnat taʼtiliga qoʻshib berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
Qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi va eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti oladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
22-modda. Qon bilan ishlash xizmati tibbiyot xodimlarini ijtimoiy himoyalash
Qon bilan ishlash xizmatining qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish, ularni toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash va saqlash jarayonida qon bilan aloqada boʻluvchi tibbiyot xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar beriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 369-moddasi birinchi qismining 2-bandi.
23-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini olib kirish va olib chiqish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini tashish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini tashish tegishli transport turlarida ayrim toifadagi maxsus yuklarni tashish boʻyicha belgilangan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini tashish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
25-modda. Favqulodda vaziyatlarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy ofatlar, avariyalar va falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar roʻy bergan hollarda va boshqa favqulodda vaziyatlarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-noyabrdagi 324-son qarori bilan tasdiqlangan Qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10, 11-bandlari.
26-modda. Qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirish
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirish Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.