Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari investorlari uchun mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5691-son
Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimcha
ilovaga muvofiq kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
1.
Nomi “Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2.
1-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2019-yil 20-martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun, shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fukarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilansin.
Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam boʻlmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini takdim etadilar.”.