Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 27-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining ““Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
b)
16-banddagi “pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi” soʻzlari “yoshga doir pensiyaning eng kam” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v1) bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga yoshga doir nafaqa tayinlashda – bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandining tugʻilganlik yoki vafot etganligi haqidagi guvohnomasi nusxasi, farzandi bolalikdan nogiron deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida TMK tomonidan berilgan tibbiy xulosa yoki TMEKning nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasining tegishli qismi;”;
“g” kichik bandga “boquvchining vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma” soʻzlaridan keyin “nusxasi” soʻzi qoʻshilsin;
g)
35-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin.