O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son
qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 27-modda)
ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining ““Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
b)
16-banddagi “pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi” so‘zlari “yoshga doir pensiyaning eng kam” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v1) bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga yoshga doir nafaqa tayinlashda – bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandining tug‘ilganlik yoki vafot etganligi haqidagi guvohnomasi nusxasi, farzandi bolalikdan nogiron deb e’tirof etilganligi to‘g‘risida TMK tomonidan berilgan tibbiy xulosa yoki TMEKning nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasining tegishli qismi;”;
“g” kichik bandga “boquvchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma” so‘zlaridan keyin “nusxasi” so‘zi qo‘shilsin;
g)
35-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.