toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyundagi 485-son qaroriga muvofiq, shuningdek, bolalar va yoshlarni madaniyat va sanʼat sohasiga jalb etish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish dasturi (keyin oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish dasturini amalga oshirish boʻyicha kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda Kuzatuv kengashi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Belgilansinki:
Jamgʻarma Kuzatuv kengashining ishchi organi va Dasturni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tovar (ish, xizmat)lar xarid qilinishi yuzasidan buyurtmachi hisoblanadi;
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun Jamgʻarmaga Respublika bolalar kutubxonasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar ajratish, shu jumladan, Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan hajmda budjetdan tashqari manbalardan shakllantiriladigan oʻz mablagʻlari hisobiga lavozim maoshiga ustamalar belgilash huquqi beriladi.
4. Jamgʻarma:
oʻz mablagʻlari hisobiga madaniyat va sanʼat obyektlarini meʼmoriy jihatdan rejalashtirish sohasidagi eng yaxshi jahon tajribasiga muvofiq 2021-yil 1-mayga qadar Respublika bolalar kutubxonasi joylashgan Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 47-uy manzilidagi binoni (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirsin. Bunda:
2020-yil may oyiga qadar obyektning dizayni konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2020-yil sentyabr oyiga qadar obyektni rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
obyektni rekonstruksiya qilish davrida Respublika bolalar kutubxonasi aktivlarini koʻchirish bilan bogʻliq xarajatlarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplash choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar obyektni rekonstruksiya qilish davrida Respublika bolalar kutubxonasini vaqtincha joylashtirish uchun bino ajratsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-dekabr,
1043-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi 1043-son qaroriga
1-ILOVA
2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish
DASTURI

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Kutubxonani ijtimoiy makonga integratsiyalash

1.

Umumtaʼlim muassasalarining oʻquvchilari uchun multimedia taʼlim laboratoriyasini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

2.

Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining salohiyatini rivojlantirish uchun ijodiy maydonchalarni tashkil etish, shu jumladan, bolalar taʼlim “co-working” platformasini va badiiy studiyani tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

3.

“STREAM” (ilm-fan, texnologiyalar, robototexnika, injiniring, sanʼat, matematika) oʻqitish metodikasidan foydalangan holda tasviriy sanʼat, fotosuratga olish, arxitektura jihatidan rejalashtirish, musiqa fanlari va tabiiy fan sohasida fanlararo yoʻnalishlar boʻyicha maktab yoshidagi bolalar va umumtaʼlim muassasalarining oʻquvchilari uchun kurslarni tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

4.

Kutubxonaga tashrif buyuruvchilarga xizmatlarni inklyuziv koʻrsatish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

5.

Nodir kitob nashrlarini saqlash uchun kutubxona arxivi faoliyatini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

II. Kutubxonaning tashkiliy va maʼmuriy tuzilmasini hamda uni boshqarish usullarini takomillashtirish

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

III. Kutubxona xodimlarining malakasini oshirish

7.

Kutubxona xodimlarini majburiy attestatsiyadan oʻtkazish amaliyotini joriy etish, shuningdek, tanlov asosida ishga qabul qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

8.

Yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda xizmatlarni inklyuziv koʻrsatishni taʼminlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan treninglar tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

9.

Kutubxona xodimlari uchun operatsiyalarni tashkil etish va xizmatlar koʻrsatishning zamonaviy usullari boʻyicha treninglar, mahorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

IV. Kutubxona binosini rekonstruksiya qilish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash*

10.

Kutubxona binosining (Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Yaxyo Gʻulomov koʻchasi, 47-uy) dizayni konsepsiyasini ishlab chiqish. Tegishli shartnomalar tuzilishini taʼminlash, dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
may

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

11.

Binoni rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma tuzish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
sentyabr

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

12.

Binoni rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish.

Kutubxona binosini rekonstruksiya qilish uchun pudratchilar bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlash, kutubxona binosini rekonstruksiya qilish davrida uning aktivlarini koʻchirish, rekonstruksiya ishlarini yakuniga yetkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil
may

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi

13.

Kutubxonaning texnik aktivlarini yangilash.

Zarur texnik aktivlar roʻyxatini shakllantirish, tegishli shartnomalar tuzilishini taʼminlash, texnik aktivlarni joylashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

* Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojalantirish jamgʻarmasi ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlarni faqat budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi 1043-son qaroriga
2-ILOVA
2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish dasturini amalga oshirish boʻyicha kuzatuv kengashi
TARKIBI

1.

D. Kenjayev

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari, kuzatuv kengashi raisi

2.

G. Umerova

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktorining oʻrinbosari, kuzatuv kengashi raisining oʻrinbosari

3.

S. Turgunov

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

U. Qoʻqonboyev

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari

5.

E. Ten

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, kuzatuv kengashining kotibi

Izoh. Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2019-y., 09/19/1043/4239-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)