Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi uchun axborot-kutubxona xizmatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi
ikkinchi xatboshidagi “5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.