1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruxsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki oʻsishini cheklash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
1. Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruxsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki oʻsishini cheklash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-sentabr,
24/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 28-sentabrdagi 24/5-son qaroriga ILOVA
Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruxsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki oʻsishini cheklash toʻgʻrisidagi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qarz oluvchi jismoniy shaxslarga kreditlar yoki mikroqarzlar ajratilayotganda qarz yukini hisoblash tartibini, qarz yukining ruxsat etilgan miqdorini, qarz yuki oʻsishini cheklab turishni, shu jumladan kunlik eng yuqori foiz stavkalarini belgilaydi.
qarz yuki koʻrsatkichi — qarz oluvchining kredit yoki mikroqarzlari boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari miqdorining uning oʻrtacha oylik daromadi miqdoriga boʻlgan nisbati;
kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha toʻlovlar — kreditning (mikroqarzning) toʻliq qiymati, foizlar, shartnomani tuzish vaqtida maʼlum boʻlgan boshqa toʻlovlar, shu jumladan uchinchi shaxs foydasiga toʻlanadigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan boʻlsa;
oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdori — qarz oluvchi tomonidan barcha qarz beruvchilar bilan tuzilgan kredit (mikroqarz) shartnomalari, shuningdek qarz oluvchi kafil va/yoki birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etadigan kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha toʻlovlarning oʻrtacha oylik qiymati;
birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchi bilan kredit (mikroqarz) va uning foizlari boʻyicha oylik toʻlovlarda qatnashuvchi, shuningdek kredit (mikroqarz) boʻyicha solidar javob beruvchi jismoniy shaxslar.
2. Qarz yuki koʻrsatkichi har bir qarz oluvchiga banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan mikroqarz yoki lombardlar tomonidan kredit (mikroqarz) ajratishda uning summasi va qarz oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha asosiy qarz qoldigʻi yigʻindisi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshganda hisoblanadi.
qarz beruvchi tomonidan kredit (mikroqarz) ajratish toʻgʻrisida koʻrib chiqilayotgan murojaatda birgalikda qarz oluvchi nazarda tutilgan taqdirda, uning barcha kreditorlar bilan tuzilgan har bir kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha;
qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash sanasida qarz oluvchi va barcha qarz beruvchilar oʻrtasida tuzilgan hamda amalda boʻlgan kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha;
qarz oluvchi kafillik shartnomasiga muvofiq kafil sifatida ishtirok etgan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha, agar qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash sanasida ular boʻyicha 30 kundan ortiq muddati oʻtgan toʻlovlari mavjud boʻlsa.
5. Qarz beruvchi oʻrtacha oylik toʻlovlarni kredit byurosi tomonidan taqdim etiladigan kredit hisobotidagi va qarz beruvchi boshqa rasmiy manbalardan olgan maʼlumotlaridan foydalangan holda hisoblab chiqadi. Bunda qarz beruvchi oʻrtacha oylik toʻlovlari miqdorini hisoblashda aktual (olingan sanasi 7 ish kunidan oshmagan) maʼlumotlardan foydalanishi lozim.
3-bob. Qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdorini aniqlash
7. Qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori qarz oluvchi tomonidan oxirgi 12 oy ichida olgan daromadlari miqdorining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Qarz beruvchi tomonidan koʻrib chiqilayotgan kredit (miqroqarz) ajratish haqidagi murojaatda birgalikda qarz oluvchi nazarda tutilgan boʻlsa, uning daromadlari ham oʻrtacha oylik daromadi hisob-kitobiga kiritiladi.
8. Qarz beruvchi qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda qarz oluvchining daromadlari toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan va/yoki kredit byurodan yoki boshqa rasmiy manbalardan mustaqil ravishda olingan, qarz oluvchining daromadlarini aniqlash imkonini beruvchi maʼlumotlardan foydalanadi.
9. Qarz beruvchi qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlardan foydalanish huquqiga ega:
ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari;
pensiya miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlari;
fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari;
foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan va shular kabi boshqa doimiy tarzdagi daromadlarini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
11. Qarz beruvchi tomonidan jismoniy shaxslarga ajratiladigan barcha kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha kunlik eng yuqori foiz stavka 0,3 foizdan oshmasligi biroq foizlar, vositachilik haqi, penya va boshqa javobgarlik choralari miqdori yillik qarz summasining yarmidan koʻp boʻlmasligi lozim.