Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
1. “Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar xarid qilish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 1943, 2009-yil 17-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 29-noyabrdagi 03-01/7-1997-son, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 27-noyabrdagi 84-04-2757-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2009-yil 14-apreldagi 17-son, 14/q q-son “Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar xarid qilish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1943, 2009-yil 17-aprel);
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2009-yil 19-noyabrdagi 50-son, 44/q q-son “Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar xarid qilish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1943-1, 2009-yil 1-dekabr).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.