Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining
“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Hisob palatasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
2. Mazkur qaror 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Hisob palatasining 2006-yil 11-dekabrdagi 101, 2006-52 va 11-133-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1651, 2006-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., № 51-52-son, 526-modda);
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Hisob palatasining 2018-yil 7-maydagi 92, 2018-41 va 12/01-1075-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1651-1, 2018-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., № 10/18/1651-1/1270).