toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.04.2024
Hujjat 10.12.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-iyundagi PQ-4351-son qarori)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-iyundagi PQ-4351-son qaroriga muvofiq Vazirlir Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 6-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-dekabr,
978-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-dekabrdagi 978-son qaroriga

ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni oʻrganish va metodologik taʼminlash”;
oltinchi–toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi–oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 10-bandga quyidagi mazmundagi “i” kichik band qoʻshilsin:
“i) hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni oʻrganish va metodologik taʼminlash sohasida:
hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni oʻrganadi va umumlashtiradi hamda ularni normativ tartibga solish boʻyicha takliflar kiritadi;
“Obod hudud” tizimini (elektron onlayn-maydoncha) ishlab chiqadi, joriy etadi va axborot bilan taʼminlashni amalga oshiradi;
davlat mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini va koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini obodonlashtirish sohasiga bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha takliflar kiritadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 09/19/978/4125-son)