

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4628440" id="onLBC-4628440">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7312"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4628440" id="onLS-4628440">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4628751" id="-4628751">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4628752" id="-4628752">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4628753" id="-4628753">Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4628755" id="-4628755"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4628756" id="onLBC-4628756">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7303"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628756" id="-4628756">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son <a href="/mact/-4168749">Farmoni </a>va “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son <a href="/mact/-4415478">qarori </a>ijrosini taʼminlash hamda oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ularga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilishda koʻproq imkoniyatlar yaratish, oliy taʼlimdagi islohotlar samaradorligini va taʼlim sifatini yanada oshirish, professor-oʻqituvchilar va talabalarga zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628757" id="-4628757">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son <a href="/mact/-4415478">qaroriga </a>muvofiq 2020-yildan boshlab taʼlim xizmatlari bozorida oliy taʼlim muassasalarining ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazishga rozilik berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628758" id="-4628758">2. Ilmiy pedagogik salohiyati yuqori, moliyaviy faoliyati barqaror, moddiy-texnika bazasi yetarli darajada, taʼlim xizmatlari bozorida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligini inobatga olib, 2020-yil 1-yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati <a href="/mact/-4628440#-4628803">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628759" id="-4628759">3. Quyidagilar oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalarining qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628760" id="-4628760">qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislarining malakasini oshirish va boshqa pullik xizmatlarni joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628761" id="-4628761">tegishli sohadagi dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlarni tashkil etish, soha boʻyicha ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda sohaning ilmiy muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628762" id="-4628762">respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyatini doimiy oshirib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628763" id="-4628763">zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalana oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan professor-oʻqituvchilarni tanlash maqsadida oliy taʼlim muassasasi hamda professor-oʻqituvchilar oʻrtasida bir yillik muddatli shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628764" id="-4628764">4. Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalari vasiylik kengashlariga quyidagi vakolatlar berilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628765" id="-4628765">oliy taʼlim muassasasining moliya yili uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi (unda muassasaning asosiy faoliyati koʻrsatkichlari jumladan, muassasada kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etishning maqsadlari, rejalashtirilayotgan natijalari va tahlili koʻrsatiladi) hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini muhokama qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628766" id="-4628766">oliy taʼlim muassasasi tomonidan avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa asosiy vositalarni xarid qilish va ularni hisobdan chiqarishga (bino va inshootlar bundan mustasno) hamda bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilishga ruxsat berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628767" id="-4628767">oliy taʼlim muassasasining yillik hamda davriy moliyaviy hisobotlarini muhokama qilish va tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628768" id="-4628768">oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish va moliyaviy faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish, shu jumladan maqsadli kapital jamgʻarmasini (endaument fond) shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628769" id="-4628769">zarur hollarda, oliy taʼlim muassasasi rektorining asoslangan murojaatiga koʻra, oliy taʼlim muassasasining moliyaviy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida respublika tijorat banklaridan kreditlar olish masalalarini koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628770" id="-4628770">oliy taʼlim muassasasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilab berish, shu jumladan, yangi fakultetlar, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628771" id="-4628771">boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasi rektori va oliy taʼlim muassasasi kengashi vakolatini belgilash, shu jumladan, xarajatlar smetasiga hamda shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish, asosiy vositalarni xarid qilish va oliy taʼlim muassasi tasarrufidagi mablagʻlar, moddiy boyliklar va mulkdan foydalanish boʻyicha vakolatlar doirasini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628772" id="-4628772">oliy taʼlim muassasasida samaradorlik mezonlariga asoslangan mehnatga haq toʻlash tizimini joriy etish va tartibini belgilash;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5206681" id="edi-5206681"><a href="/mact/-4628440?ONDATE=04.12.2019 00#-5206679">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5206681" id="-5206681"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5206691" id="-5206691">kengash qarori bilan oliy taʼlim muassasasining tashkiliy tuzilmasiga qoʻshimcha yangi lavozim, tarkibiy boʻlinmalar va shtat birliklarini joriy etish. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5206695" id="-5206695">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli <a href="/mact/-5193564?ONDATE=31.12.2020 00#-5200243">qaroriga </a>asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628773" id="-4628773">5. Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalarining boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar 2020-yil 1-yanvarga qadar mazkur qaror talablaridan kelib chiqib oliy taʼlim muassasalarining vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizomni va vasiylik kengashlarining yangilangan tarkibini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628774" id="-4628774">6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son <a href="/mact/-4415478">qaroriga </a>muvofiq oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalariga quyidagi huquqlar berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628775" id="-4628775">a) yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida xodimlarga ustamalar va moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628776" id="-4628776">b) iqtidorli, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan boʻlgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628777" id="-4628777">v) saqlash xarajatlari, vazifa va majburiyatlarni bajarish, oʻqitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy etish hamda xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, dasturiy taʼminotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallarini (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar), shu jumladan kitoblar, jurnallar, oʻquv adabiyotlari xarid qilish va chop ettirish uchun mablagʻlarni mustaqil sarflash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628778" id="-4628778">g) oliy taʼlim muassasasi infratuzilmasiga servis xizmatlari koʻrsatishning alohida turlari, jumladan bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport obyektlaridan foydalanish, ularni tozalash, taʼmirlash, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va yuridik xizmatlar koʻrsatishni autsorsing shartlarida tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628779" id="-4628779">d) boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628780" id="-4628780">oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olib, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash, yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628781" id="-4628781">oliy taʼlim muassasasini oʻzini oʻzi toʻliq moliyaviy taʼminlash miqdoridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628783" id="-4628783">Bunda, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar uchun toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari bir talabani bir yillik oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628784" id="-4628784">7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasasida toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarni toʻlash muddatlari tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra shartnoma asosida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628785" id="-4628785">8. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628786" id="-4628786">oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida taʼlim olayotgan talabalarni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar uchun budjet mablagʻlarini ajratish bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), turi, bosqichi va shaklidan kelib chiqib davlat granti asosidagi oʻrin uchun sarflanadigan xarajatlarning normativ miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning yillik cheklangan summasi davlat granti asosida taʼlim olayotgan kontingent soni va har bir davlat granti asosidagi oʻrin uchun sarflanadigan xarajatlarning normativ miqdorlari asosida hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628787" id="-4628787">oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun budjet mablagʻlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida imzolanadigan davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish bitimi asosida xarajatlar smetasida budjet tizimi budjetlari iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida rejalashtirilgan holda ajratiladi (maqsadli mablagʻlar, shu jumladan stipendiya toʻlovlari, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim xarajatlari, kapital qoʻyilmalar xarajatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628788" id="-4628788">oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari (maqsadli mablagʻlar bundan mustasno) oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va hisobot davri oxirida mablagʻlarning qoldigʻi oliy taʼlim muassasasi hisobida qoldiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628789" id="-4628789">oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlaridan oqilona va samarali foydalanish, jumladan xodimlar mehnatiga haq toʻlash va stipendiya toʻlovlarini oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish uchun javobgarlik mazkur muassasalar rektor (direktor)lari zimmasiga yuklanadi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5206703" id="edi-5206703"><a href="/mact/-4628440?ONDATE=04.12.2019 00#-5206701">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5206703" id="-5206703"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5206704" id="-5206704">oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni (bino va inshootlar hamda oʻquv-ilmiy laboratoriya jihozlari bundan mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlarni toʻligʻicha oʻzlarining rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlaydi va sarflaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5206710" id="-5206710">oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari rivojlantirish jamgʻarmasiga tushgan barcha mablagʻlardan moddiy-texnika bazani mustahkamlashga, oʻz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirishga, faoliyatni samarali tashkil etish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga sarflash ulushini mustaqil belgilaydi; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5989672" id="edi-5989672"><a href="/mact/-4628440?ONDATE=31.12.2020 00#-5206713">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5989672" id="-5989672"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5989675" id="-5989675">oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari oʻquv jarayoniga jalb etilgan xorijiy yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilaydi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlardan kam boʻlmagan miqdorda);</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5989676" id="-5989676">(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5940299">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5206716" id="-5206716">2021-yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari koʻchmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻning 1 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa — elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlangan toʻlov chegirilgandan keyin mazkur oliy taʼlim muassasasining rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5206719" id="-5206719">oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet mablagʻlarini oluvchi davlat tashkiloti hisoblanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5206725" id="-5206725">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli <a href="/mact/-5193564?ONDATE=31.12.2020 00#-5200270">qaroriga </a>asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628790" id="-4628790">9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628791" id="-4628791">davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida taʼlim olayotgan talabalarni oʻqitish uchun oliy taʼlim muassasasiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlarini bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), turi, bosqichi va shaklidan kelib chiqib har bir davlat granti asosidagi oʻrin uchun sarflanadigan normativ xarajatlarni hisoblash metodologiyasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628792" id="-4628792">boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida imzolanadigan davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish namunaviy bitimi loyihasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628793" id="-4628793">davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish doirasida oliy taʼlim muassasasiga ajratilgan mablagʻlarni sarflash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628794" id="-4628794">Oliy taʼlim muassasasi vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari kesimida shakllantirilgan moliyaviy hisoboti belgilangan tartibda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilishi belgilab qoʻyilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628795" id="-4628795">10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan oliy taʼlim muassasalari hisobiga iqtisod qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlarini har moliya yilida flagman oliy taʼlim muassasalari faoliyatini rivojlantirish uchun yoʻnaltirishni nazarda tutsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628796" id="-4628796">11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi 2021-yil 1-noyabrga qadar tajriba tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy holati natijalari hamda qolgan oliy taʼlim muassasalarini mazkur tizimga oʻtkazish, tizim uchun ishlab chiqilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628797" id="-4628797">12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4628798" id="-4628798">13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4628799" id="-4628799">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4628800" id="-4628800">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4628801" id="-4628801">2019-yil 3-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4628802" id="-4628802">967-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4628803" id="-4628803"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4628804" id="-4628804">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 967-son <a href="/mact/-4628440">qaroriga </a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4628805" id="-4628805">2020-yil 1-yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilayotgan oliy taʼlim muassasalari</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4628806" id="-4628806">ROʻYXATI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4628807" id="-4628807"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4628808" id="-4628808"><table style="BACKGROUND: white; BORDER-COLLAPSE: collapse" cellspacing="0" cellpadding="0" width="100%" border="0">
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">1.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="95%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Samarqand davlat chet tillar instituti</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">2.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="94%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Samarqand iqtisodiyot va servis instituti</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">3.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="95%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Toshkent davlat yuridik universiteti</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">4.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="95%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">5.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="95%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Toshkent moliya instituti</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">6.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="95%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Toshkent davlat sharqshunoslik instituti</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">7.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="95%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Toshkent farmatsevtika instituti</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">8.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="95%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">9.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="95%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Urganch davlat universiteti</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">10.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="95%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti</span></p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4628754" id="-4628754">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 09/19/967/4107-son; 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
