1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, soʻz va axborot erkinligini taʼminlash, fuqarolarning axborot olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini kafolatlash borasida yetarli darajada qonun hujjatlari qabul qilinib, sohaning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi.
Shu bilan birga, matbuot, ommaviy axborot vositalari, axborot tarqatish, aholini xolis va tezkor axborot bilan taʼminlash, mamlakatimizda sodir boʻlayotgan yangiliklarni chet davlatlarga, chet davlatlardagi voqea-hodisalarni mamlakatimiz aholisiga tezkorlik bilan yetkazish boʻyicha amaldagi tizim bugungi kun talablariga javob bermayapti.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asl mazmuni va mohiyati haqida xolis xabarlarni aholining barcha qatlamlariga hamda dunyo hamjamiyatiga tezkorlik bilan va sifatli yetkazish, milliy axborot makonini rivojlantirish, global axborot maydonida respublikaning oʻrnini yanada mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
1. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (keyingi oʻrinlarda — OʻzA) respublika hayotiga oid ijtimoiy-siyosiy axborotlarni tarqatuvchi rasmiy axborot agentligi ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
2. OʻzAning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid rasmiy maʼlumotlarni izlash, olish, qayta ishlash hamda axborot, axborot-tahliliy, tahliliy-tanqidiy materiallar tayyorlash va tarqatish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, rasmiy bayonotlari va maʼruzalarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Hukumatining qarorlari va ularning faoliyatiga oid axborotlarni muntazam yoritib borish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.10.00 Axborot va axborotlashtirish sohasidagi hamkorlik]
respublikaning ichki va tashqi siyosatini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, jamiyatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy oʻzgarishlar va yangilanishlarni tezkor yoritish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi]
jamoatchilikning katta qiziqishini uygʻotayotgan voqealarning mohiyati boʻyicha fuqarolarda xolis fikrni shakllantirish hamda maʼlumotlardan buzgʻunchi va boshqa gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanish imkoniyatini bartaraf etish uchun aholini bunday hodisalar haqida oʻz vaqtida xabardor qilib borish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
axborot xurujlari va mafkuraviy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan choralarni amalga oshirishda davlat organlari va ularning axborot xizmatlari bilan uzviy hamkorlik qilish va ulardan tizimli ravishda statistik, tahliliy va boshqa turdagi maʼlumotlarni olish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
boshqa ommaviy axborot vositalari, jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi uchun yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tarixiy va madaniy rivojlanishiga oid maʼlumotlar (axborot, foto va videomateriallar) bazasini shakllantirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
oʻquvchilar uchun qulay va qiziqarli shaklda Oʻzbekiston xalqining oʻziga xos madaniyati, urf-odatlari, milliy qadriyatlari, mamlakatning koʻp yillik tarixi va ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasini namoyish etishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.10.00 Axborot va axborotlashtirish sohasidagi hamkorlik]
yurtimizda yuz berayotgan oʻzgarishlarni dunyoga keng tarqatish, jahonda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar haqida mamlakatimiz aholisiga tezkor axborot yetkazib berish, xorijdagi axborot agentliklari va boshqa ommaviy axborot vositalari, media-tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA va Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining respublika ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangiliklar boʻyicha fuqarolarda xolis fikrni shakllantirish, ularga axborot-tahliliy, shu jumladan, audio va video axborotlar yetkazish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida OʻzA tarkibida Media markaz tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
Quyidagilar Media markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eshittirish va koʻrsatuvlar, voqea joyidan onlayn reportajlar tayyorlash, audio va video materiallarni qayta ishlash, ularni OʻzAning veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda yetkazib berish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
axborotni qayta ishlash va tarqatishning zamonaviy usullaridan, jumladan infografika, moushn-grafika, ijtimoiy rolik, 360 formatidagi video va boshqalardan keng foydalanish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
davlat organlari mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
4. OʻzA huzurida uning faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish hamda davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni oʻrnatish boʻyicha maslahat kengashi (keyingi oʻrinlarda — Maslahat kengashi) tuzilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
Quyidagilar Maslahat kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
OʻzA faoliyati haqida keng jamoatchilik fikrini tahlil qilgan holda uning samaradorligini yanada oshirish hamda agentlikning axborot makonidagi oʻrni va rolini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
OʻzA faoliyatining rivojlanish darajasini oʻrganish, agentlikka metodik tavsiyalar berish, uning ishida yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish rejalarini belgilash, tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.10.00 Axborot va axborotlashtirish sohasidagi hamkorlik]
xalqaro va xorijiy axborot agentliklari, xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishiga koʻmaklashish va ular ijrosini muntazam ravishda muhokama qilib borish.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Maslahat kengashi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ hisoblanadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Maslahat kengashiga OʻzA bosh direktori rahbarlik qiladi hamda uning tarkibi ommaviy axborot vositalari sohasidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlardan shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
Maslahat kengashi tarkibining uchdan bir qismi har 2 yilda yangilanib boriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
OʻzA bosh direktori (A. Kuchimov) ikki hafta muddatda Maslahat kengashi tarkibini tasdiqlasin.
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi xodimlarining umumiy cheklangan soni 155 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlarining soni 13 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpogʻiston axborot agentligi (keyingi oʻrinlarda — Qoraqalpogʻiston axborot agentligi) xodimlarining umumiy cheklangan soni 13 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlarining soni 2 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
OʻzA tomonidan 2022-yil 31-dekabrga qadar chetdan olib kelinganda bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladigan texnika vositalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
7. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
OʻzA bosh direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
OʻzA bosh direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra vazirga, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari esa tegishlicha vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Qoraqalpogʻiston axborot agentligi direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra OʻzA bosh direktori oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
8. Quyidagilar OʻzA va Qoraqalpogʻiston axborot agentligi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
OʻzA va Qoraqalpogʻiston axborot agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan OʻzA va Qoraqalpogʻiston axborot agentligini saqlash, jumladan, moddiy-texnik taʼminot uchun ularning oʻz daromadlari bilan qoplanmagan xarajatlarini moliyalashtirish tartibi saqlab qolinsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
9. OʻzA bosh direktoriga:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
a) OʻzA va Qoraqalpogʻiston axborot agentligi tuzilmasi shtatlar soniga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
b) OʻzAning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.10.00 Axborot va axborotlashtirish sohasidagi hamkorlik]
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, yetakchi xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali xodimlarini, shuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni maslahatchi sifatida jalb etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
ijodiy tanlovlar oʻtkazish, tanlov ishtirokchi va gʻoliblarini mukofotlash, shuningdek, OʻzAning xodimi boʻlmagan faol mualliflarni ragʻbatlantirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
OʻzA moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, shu jumladan ularga ustamalar toʻlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
zarur hollarda, mintaqaviy muxbirlik punktlarida qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
10. OʻzA:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda OʻzA va Qoraqalpogʻiston axborot agentligi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlari va shtatlar jadvalini tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
2020-yil 1-mayga qadar muddatda foydalanuvchilar uchun qulay, audio va video axborotlarni tarqatish, tarqatilayotgan axborotlarni tijorat yoʻli bilan yuklab olish imkoniyatlari mavjud boʻlgan OʻzAning axborot portalini ishga tushirsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi]
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari OʻzA bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishlicha:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Qoraqalpogʻiston axborot agentligini joylashtirish uchun bino ajratish va uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining qoʻshimcha manbalari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga taʼmirlash va jihozlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
OʻzAning viloyatlardagi mintaqaviy muxbirlik punktlarini tashkil etish uchun viloyatlar markazlaridan zarur shart-sharoitlarga ega binolardan tekin foydalanish huquqi asosida joy ajratish, ularni belgilangan tartibda taʼmirlash va jihozlash choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
12. OʻzA:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari hamda rasmiy statistik toʻplamlari, shu jumladan ularning elektron shakllari majburiy ravishda yuboriluvchi tashkilotlar roʻyxatiga;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakatiga mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonining borishi haqidagi tadqiqot materiallarini eʼlon qilib borish uchun OʻzAga doimiy ravishda taqdim qilib borish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.10.00 Axborot va axborotlashtirish sohasidagi hamkorlik]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi OʻzAga jahondagi yetakchi axborot agentliklari va xalqaro axborot agentliklari uyushmalari bilan axborot almashish boʻyicha hamkorlik oʻrnatishda amaliy yordam koʻrsatsin.
15. OʻzA Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xalqaro tajribani oʻrgangan holda OʻzAning ijodiy va texnik xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni 2019-yilda ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida ajratsin, 2020-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu qaror mazmunidan kelib chiqqan holda bir oy muddatda OʻzA toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin.
18. OʻzA manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari F.Sh. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-dekabr,
PQ-4541-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4541-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni 155 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 13 nafar.
Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4541-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpogʻiston axborot agentligi
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni 13 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 2 nafar.
Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4541-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan 2022-yil 31-dekabrga qadar chetdan olib kelinganda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladigan texnika vositalari
ROʻYXATI
T/r
Nomi
Miqdori
1.
4 kamerali ASB televizion studiyasi (multimedia uskunalari bilan)
1
2.
Tasvirga tushirish komplekti (TJK)
5
3.
Nochiziqli montaj kompleksi (postprodakshn)
5
4.
Media mahsulotlarni tezkor va uzoq muddatli saqlashni tashkil etish uchun uskuna
1
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 07/19/4541/4097-son, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)