1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852son, “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son hamda “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-avgustdagi PQ-4427-son qarorlari)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-noyabr,
961-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-banddagi “ushbu Nizomga 4-ilovaga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 4-ilovasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “ushbu Nizomga 5-ilovaga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 5-ilovasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqi miqdorining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 9-bandiga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Gosudarstvennaya ekspertiza proyektnix resheniy v chasti protivopojarnoy bezopasnosti i seysmostoykosti obyektov mojet provoditsya odnovremenno v protsesse soglasovaniya podrazdeleniyami Ministerstva stroitelstva Respubliki Uzbekistan arxitekturnoy chasti proyektno-smetnoy dokumentatsii, v poryadke predusmotrennom Administrativniy reglamentom okazaniya gosudarstvennix uslug po soglasovaniyu proyektno-smetnoy dokumentatsii, utverjdenniy postanovleniyem Kabineta Ministrov ot 18 maya 2018 goda № 370”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 820-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-banddagi “amalga oshirish uchun ruxsat olishni” soʻzlari “boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 17-bandning ikkinchi xatboshisidagi “amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma” soʻzlari “boshlash toʻgʻrisida xabarnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 18-bandning birinchi xatboshisidagi “nazorat funksiyalarini amalga oshirish shartnomasi” soʻzlari “inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta va invoys” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 21-bandning uchinchi xatboshisidagi “amalga oshirish uchun ruxsati” soʻzlari “boshlash toʻgʻrisida xabarnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“26. Nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi inspektori inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta qabul qilingan va qurilish buyurtmachilari yoki pudrat qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan boʻlsa, qurilish obyektida shaharsozlik subyekti tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari sifatining qurilish normalari va qoidalari, respublika standartlari, DAST hamda texnik shartlarga muvofiqligi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi”;
e) 30-bandning beshinchi xatboshisida “amalga oshirish uchun ruxsatnoma” soʻzlari “boshlash toʻgʻrisida xabarnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi pozitsiyaning “Muddatlar” ustunida “amalga oshirish uchun ruxsat berish” soʻzlari “boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi pozitsiyaning “Muddatlar” ustunida “amalga oshirish uchun ruxsat albatta berilishi” soʻzlari “boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi 370-son qarorida:
“Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida xabarnoma yuborish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq”;
3-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasini davlat sirlari bilan bogʻliq, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar va qishloq joylardagi namunaviy loyihalar boʻyicha quriladigan yakka tartibdagi uy-joylarga;
yakka tartibda uy-joylar qurishda (rekonstruksiya) va koʻp qavatli uylardagi kvartiralarni rekonstruksiya qilishda”;
“21. Vakolatli organ bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud boʻlsa), fasad va kadastr pasporti nusxalari kelib tushgandan soʻng toʻrt ish kuni mobaynida ushbu Reglamentning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsatnoma beradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Ruxsatnoma elektron koʻrinishda rasmiylashtiriladi va vakolatli organning ERIsi bilan tasdiqlanadi”;
23-bandning birinchi xatboshisi “qayta ixtisoslashtirish” soʻzlaridan keyin “va rekonstruksiya qilish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
26-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar ruxsatnomada obyektni rekonstruksiyasiz faqat qayta ixtisoslashtirish koʻrsatilgan boʻlsa, DK filiallari tomonidan belgilangan tartibda kadastr pasportini qayta shakllantirishga asos boʻladi”;
“Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
“ART bino yoki inshootning tashqi koʻrinishiga, qurilishning taxminiy maydonlariga, avtoturargohlar, hududga kirish va chiqish yoʻllariga, kichik meʼmoriy shakllarning tuzilishi, yer uchastkasining koʻkalamzorlashtirilishi va obodonlashtirilishiga boʻlgan umumiy talablarni hamda muhandislik-kommunikatsiyalari trassalariga va muhandislik-kommunikatsiyalari oʻtkazilishiga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi”;
“b) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar ARTni ishlab chiqishda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalari va ularga obyektdan ulanish trassalarini oʻtkazilishiga qoʻyiladigan talablar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha texnik shartlarni tayyorlaydilar va yuboradilar”;
birinchi xatboshidagi “ishlab chiqish boʻyicha shartnomani (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) ARTni ishlab chiqishning qiymatini koʻrsatgan holda” soʻzlari “ishlab chiqishning qiymati koʻrsatilgan hisob-fakturani — invoysni (keyingi oʻrinlarda invoys deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ARTni ishlab chiqish muddati ARTni ishlab chiqish qiymatining toʻlovi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha barcha texnik shartlar kelib tushgandan soʻng hisoblanadi”;
3-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “shartnomani” soʻzi “invoysni” soʻzi bilan almashtirilsin;
4-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “shartnoma” soʻzi “invoys” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-bosqichning “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Invoys kelib tushgandan soʻng ARTni ishlab chiqishning qiymatini invoysda qayd etilgan miqdorda toʻlash”;
2-ilovaning “II. Obyekt haqida maʼlumot” grafasining 3-bandida “Qurilish yoki rekonstruksiya loyihasining maqsadi” degan soʻzlar “Muhandislik tarmoqlariga ulanish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 3-ilova qoʻshilsin:
“Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” _________ viloyat Qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi __________________________________ F.I.O. 20___ y. ____________
ARXITEKTURA-REJALAShTIRISh TOPShIRIGʻI 20_____ yil “____” ____________ ________-son
Loyihaviy bino (inshoot) turi: ___________________ Loyihaviy bino (inshoot)ning manzili: _____________________ Loyihaviy bino (inshoot)ning buyurtmachisi: __________________________
“KELIShILDI”: Bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosari — bosh arxitektor ______________________________ F.I.O. Aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻlimi boshligʻi _____________________________ F.I.O.
Ushbu arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi faqat loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish uchun huquqiy hujjat hisoblanib, qur�lish-montaj ishlarini boshlashga asos boʻla olmaydi. Qurilish bosh boshqarmasining manzili va telefon raqamlari: _______________
Arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarining qismlari
Qismlarning mazmuni
Arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish uchun asos boʻlgan hujjatlar
_________viloyat Qurilish bosh boshqarmasining yoki tuman (shahar) qurilish boʻlimining 20 ___ yil _____ dagi 00-0/0000-sonli ruxsatnomasi. ________tuman Davlat xizmatlari markazining 20__ yil ____dagi ______-son xati (ruxsatnoma davlat xizmati markazi orqali olinganda).
Loyihalashtiriladigan bino va inshoot (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) yer uchastkasining joylashishi va bosh rejada tutgan oʻrni
a) obyektning rasmiy manzili (rasmiy manzili boʻlmagan holatda obyekt hududiga tutashgan yoki yaqin masofada joylashgan bino yoki inshoot) ____________________________________________; b) obyekt joylashgan hudud qaysi zonaga mansubligi (aholi punktining harakatdagi yoki avvalgi bosh rejasiga asosan) ______________________________; v) obyekt joylashgan hudud muhandislik tarmoqlari bilan taʼminlanganligi / taʼminlanmaganligi ____________________.
Loyihalashtiriladigan obyekt hududining tabiiy-iqlim koʻrsatkichlari
Loyihalashtirilayotgan obyektning yer uchastkasi ________iqlim (klimat) hududida joylashgan. Havo harorati: oʻrtacha yillik _______________ eng baland harorat ____________ eng past harorat ______________ Iyun — avgust oylarida _____________ Dekabr — fevral oylarida _______________ Obyekt qurilishini loyihalashtirish jarayonida eroziya (emirilish), seldan saqlash, suv va shamol eroziyasidan saqlash tadbirlari belgilansin.
Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasining geologik va topografik jihatdan oʻrganilganligi
Holatni oʻrganish uchun “OʼZGASNKLITI” davlat unitar korxonasining filialiga 1:500 nisbatdagi topoxarita ishlab chiqish uchun buyurtma berilsin.
Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasining chegaralari hamda unga tutash obyektlar yoki yer uchastkalari toʻgʻrisida maʼlumot
Loyihalashtirish uchun tanlangan yer maydoni quyidagicha chegaralangan: Shimol tomondan — m _________________ bilan chegaralangan; Janub tomonda — m __________________ bilan chegaralangan; Sharq tomondan — m __________________ bilan chegaralangan; Gʻarb tomondan — m __________________ bilan chegaralan
“Qizil chiziqlar va belgilar”
Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasining tasdiqlangan chegarasidan chiqmasdan, qurilish chiziqlariga amal qilgan xolda loyiha ishlarini olib borilishi taʼminlansin.
Arxitektura talablari
Loyihani ishlab chiqishda: a) harakatdagi shaharsozlik meʼyor va qoidalarga amal qilinsin; b) aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga va uning tegishli qismining batafsil rejalashtirish loyihasiga qatʼiy rioya etib, obyekt atrofidagi mavjud binolarga bogʻlangan holda yagona arxitektura koʻrinishi (ansambli) tashkil etish lozimligi inobatga olinsin; v) obyektni rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqishni boshlashdan oldin ayrim holatlarda (buyurtmachining talabiga binoan yoki tashqi koʻrinishidan avariya holatining alomatlari mavjud boʻlganda) tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha va boshqa tashkilotlarning obyektning holati (konstruksiyalarning chidamlilik) boʻyicha xulosasi olinsin; g) ushbu arxitektura-rejalashtirish topshirigʻiga muvofiq buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hamda alohida muhim obyektlar boʻyicha viloyat Qurilish bosh boshqarmasi bilan kelishilgan loyiha topshiriqlariga hamda 1:500 nisbatdagi topoxaritadagi tasdiqlangan chegaralariga amal qilinsin; d) obyektning 1:500 nisbatdagi bosh rejasini loyihalashtirishda loyiha tashkiloti tomonidan qayta ixtisoslashtirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bino tushirilgan hamda obyekt atrofida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari aks ettirilgan, obyektga kirish-chiqish yoʻllari va avtomobillar toʻxtash joylari tashkil etilishi nazarda tutilsin; e) obyektning balandligi ____ qavatdan kam boʻlmasin yoki ____ qavatdan oshmasin (ushbu kichik band faqat aholi punktining bosh rejasi va uning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari hamda qurish loyihalari mavjud hollarda toʻldiriladi); j) obyektda quyidagi kichik arxitektura shakllari oʻrnatilishi nazarda tutilsin: _____________________________________________________ _____________________________________________________
Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasida mavjud bino va inshootlarni buzish yoki foydalanish boʻyicha takliflar
Loyihachining loyiha topshirigʻiga muvofiq: a) qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasida buzilishga tushadigan bino va inshootlarga aniqlik kiritilsin; b) qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasida mavjud bino va inshootlardan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilsin.
Obyektni bosqichma-bosqich qurish
Qurilishning murakkabligiga va buyurtmachi tomonidan beriladigan loyiha topshirigʻiga muvofiq qurilishni bosqichma-bosqich olib borish va foydalanishga topshirish jarayonlari nazarda tutilishi mumkin.
Yer maydonini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish
Loyihaning obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish qismida quyidagilar: a) obyektda igna bargli, manzarali va boshqa daraxtlar hamda butalar va gullar ekilishi; b) koʻkalamzorlashtirish hududlarining gazon oʻtlari bilan qoplanishi; v) landshaft arxitekturasining yechimlaridan foydalangan holda daraxtlarning qanday shakllarda boʻlishi inobatga olinsin.
Sanitariya-gigiyena talablari
Loyihalashtirishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilsin. Loyihalashtirish jarayonida qurilish materiallari turlarini belgilashda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligi tomonidan taqiqlanmagan va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan qurilish materiallaridan foydalanilishi shartligi koʻzda tutilsin. Obyekt qurilishi uchun tanlangan yer maydonidan oqib oʻtuvchi kanal yoki ariq mavjud boʻlgan taqdirda, loyihadagi suv yoʻnalishi hamda suvning muhofaza etish masofalarini saqlash va qirgʻoqlarni obodonlashtirish va mustahkamlash ishlari loyihalashtirish jarayonida inobatga olinsin.
Yongʻindan saqlanish talablari
Yongʻindan saqlanish talablari ShNK 2.02.01-04 shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan loyihalashtirilsin.
Ekologiya talablari
Loyihalashtirishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish meʼyorlariga amal qilinsin.
L?yihani kelishish
Loyiha arxitektura-rejalashtirish topshirigʻiga muvofiqligiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davlat xizmatlari markazi orqali quyidagilar bilan kelishilsin: viloyat Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan — tarixiy zonalarda, shu jumladan madaniy yodgorliklarning qoʻriqlash zonalarida quriladigan obyektlarning hamda davlat obyektlarining loyihalari; bevosita viloyat Qurilish bosh boshqarmasi bilan — boshqa obyektlarning loyihalari. Kelishish uchun elektron shaklda quyidagi hujjatlar taqdim etilsin: 1) loyihaning arxitekturaga oid qismi (tushuntirish xati (tushuntirish xatida loyiha-smeta hujjatida yongʻin xavfsizligiga, sanitariya-epidemiologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etish boʻyicha va boshqa yoʻnalishlarda bajarilgan ishlar aks ettiriladi)); 2) bino va inshootning fasadlari, qavatlar rejalari, qurilish obyektining bosh rejasi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha ishlari va investitsiya loyihalarini takomillashtirish uchun qoʻshimcha choralar haqida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga 2-ilovada (Murakkablik toifasi boʻyicha obyektlar klassifikatsiyasi) keltirilgan III toifalarga mansub obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini bevosita oʻzlari sanitariya-epidemiologiya va yongʻinga qarshi nazorat xizmatlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishadilar; qurilish hajmi 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan obyektlarni bevosita oʻzlari tuman (shahar) qurilish boʻlimlari bilan kelishadilar.
Qoʻshi�cha talablar
Loyiha tashkiloti loyihani kelishi davomida viloyat Qurilish bosh boshqarmasi yoki uning huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan berilgan tavsiyalar va ekspertiza xulosasida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi. Buyurtmachi oʻz xohishiga koʻra qurilish ishlari tugagandan soʻng obyekt hududning ijro topotasvirini (yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan holda) bajarilishini taʼminlaydi va uning bir nusxasini viloyat Qurilish bosh boshqarmasiga topshiradi. Loyihani ishlab chiqishda zilzilaga bardoshlik talablari inobatga olinsin.
Muhandislik tarmoqlariga ulanish shartlari:
Ichimlik suv tarmogʻi
Oqava suv tarmogʻi (kanalizatsiya)
Elektr tarmogʻi
Gaz tarmogʻi
Telefon aloqa tarmogʻi
Issiqlik va issiq suv tarmogʻi
Drenaj tarmogʻi
Obyektni muhandislik tarmoqlariga ulanish boʻyicha buyurtmachiga va loyiha tashkilotiga qoʻyilayotgan talablar
Obyektlarni muhandislik tarmoqlariga ulanish tartib-taomillarni belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga rioya etilishi taʼminlansin. Obyektga ulanadigan yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari unga chegaradosh oʻzga yer uchastkalaridan oʻtkaziladigan holatlarda muhandislik kommunikatsiyalarining trassalari ushbu yer uchastkalari egalari bilan kelishilsin. Obyektga tegishli yer uchastkasi hududidan oʻtgan yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari koʻchirilishi (zarurat boʻlganda) loyihada inobatga olinsin. Obyektga ulanadigan yer osti muhandislik kommunikatsiyalarini yotqizishda koʻchalarni yopiq xolda kesib oʻtishni mutasaddi tashkilotlar bilan kelishilsin.
Qoʻshimcha talablar
Qurilish jarayonida oʻrnatilgan tartibda loyiha tashkiloti tomonidan obyektda mualliflik nazorati olib borish taʼminlansin.
Arxitektura rejalashtirish topshirigʻiga amal qilish muddati
Ushbu arxitektura-rejalashtirish topshirigʻiga amal qilish muddati obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar etib belgilanadi.
Obyekt joylashuvi va muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish SXEMASI
_______ tuman (shahar) qurilish boʻlimining boshligi ____________ F.I.O. (muhri)
_____________ ichimlik suv quvuri _____________ oqava chiqindi suv quvuri _____________ gaz quvuri _____________ elektr tarmogʻi _____________ telefon aloqa tarmogʻi
ARXITEKTURA-REJALAShTIRISh TOPShIRIGʻINI IShLAB ChIQDI:
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻlimi rahbari:
“Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Obyektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqish
muddati va qiymati
T/r
Qurilayotgan obyektlarning turiga qarab ARTni ishlab chiqish
Muddati
Qiymati (bazaviy hisoblash miqdorida)
1.
Obyekt(bino va inshoot)larni yangi qurilishi uchun
10 kun
4,0
2.
Rekonstruksiyalash, shuningdek, ilgari foydalanish yoki egalik qilish huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgan yer uchastkasida yangi obyektni qurilishi, shuningdek, mavjud obyektni qayta ixtisoslashtirish, shu jumladan, noturar joylarni turar joy toifasiga oʻtkazish va m�handislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini oʻzgartirish.
8 kun
3,5
3.
Obyektni qayta ixtisoslashtirish, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini oʻzgartirish yoki oʻzgartirmasdan noturar joylarni turar joy toifasiga oʻtkazish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kapital qurilish obyektlaridan alohida qurish.
7 kun
3,0
4.
Noturar joylarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini oʻzgartirmasdan xonani rekonstruksiyasi bilan bogʻliq turar joy toifasiga oʻtkazish.
5 kun
1,0
Izohlar:
a) obyektning joylashgan joyiga koʻra arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qiymatini aniqlashda koʻrsatkichlarga (4-banddan tashqari) quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllanadi:
qishloq aholi punktlarida — 0,7;
tumanga boʻysunuvchi shaharlarda va shahar posyolkalarida — 0,8;
tumanlar markazlarida va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda — 0,9;
Toshkent shahrida, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — 1,0;
b) qurilayotgan obyektni aholi punktidan tashqarida joylashtirishda ARTni ishlab chiqish qiymatiga nisbatan 0,6 pasaytirish koeffitsiyenti qoʻllanadi;
v) qiymati ushbu narxlarda nazarda tutilmagan ishlar uchun toʻlov ARTni ishlab chiqish qiymatiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
ARTning amal qilish muddatlariga tuzatish kiritish va ularni uzaytirish uchun — 20%;
ART dublikatlari (nusxalari)ni tayyorlash uchun — 10%;
g) ushbu narxlar obyektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqishning barcha turlariga qoʻllanadi;
d) ARTning arxitektura-shaharsozlik va muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish qismlari alohida-alohida ishlab chiqishda har bir boʻlim uchun narxlar 0,6 koeffitsiyenti bilan qoʻllaniladi;
e) tanlovga (auksionga) qoʻyilayotgan yer uchastkalari uchun shaharsozlik topshirigʻini ishlab chiqish qiymati 1-banddagi narxlar boʻyicha 0,7 koeffitsiyentini qoʻllagan holda belgilanadi (ARTni ishlab chiqishda arxitektura-shaharsozlik boʻlimi sifatida uning tarkibiga kiritiladi);
* shaharsozlik topshirigʻini ishlab chiqqanlik uchun toʻlov tanlov (auksion) gʻolibi hisobidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi 5-ilova qoʻshilsin:
“Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
ARTni ishlab chiqish qiymatini aniqlashda qoʻllanadigan tuzatish (oshirish yoki pasaytirish) koeffitsiyentlari
T/r
Faktorlarning nomlari
Tuzatuvchi koeffitsiyentlar
1.
Noyob va eksperimental obyektlarni qurishda
1,2
2.
Tarixiy imoratni qayta tiklash zarur boʻlganda
1,2
3.
Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq obyektlarni joylashtirishda:
mufassal rejalashtirish loyihasi bilan
0,7
aholi punktining bosh rejasi bilan
0,8
qishloq fuqarolari yigʻini APOT loyihasi bilan
0,9
4.
Mavjud binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishda:
katta hajmli yangi qurilishda, shuningdek gabaritlarni jiddiy oʻzgartirishda
1,1
ishlayotgan korxonaning sohasini oʻzgartirishda yoki shart-sharoitlarida
1,2
5.
Qurilishi tartibga solinadigan hudud doirasida (tumanlar markazlarining hamda viloyatga boʻysunuvchi shaharlarning, shaharlar va shahar posyolkalarining markaziy qismida obyektlar qurishda, shuningdek obyektlarni murakkab geologik sharoitli (hududlarning zichligi, hududlarni tayyorlash boʻyicha maxsus ishlarni amalga oshirishning zarurligi, zilzilalar boʻlib turishi, tuprogʻining choʻkuvchanligi va yumshoqligi, sizot suvlar sathining yuqoriligi va boshqalar) obyektlarni joylashtirishda
1,2
6.
Obyektlarni qurish qatʼiyan tartibga solinadigan hudud doirasida (tarixiy imoratlar hududida, qurilish jihatidan qimmatli tarixiy-madaniy va arxitektura-shaharsozlik imoratlari mavjud boʻlgan hududda, dam olish va bogʻ hududidagi maydonlarda, shuningdek Toshkent, Nukus shaharlarining, viloyatlar markazlarining va tarixiy shaharlarning markaziy qismida) qurishda
1,3
7.
Obyektni:
viloyat va tuman ahamiyatiga ega boʻlgan yoʻllar boʻyida
1,1
xalqaro va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan yoʻllar boʻyida joylashtirishda
1,2
Izoh. Noyob obyektlar — respublika, mintaqa yoki umumshahar ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar va komplekslar, texnik va texnologik jihatdan alohida murakkab obyektlar”;
“Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda loyiha-smeta hujjatlari deb ataladi) koʻrib chiqish va kelishish, shuningdek bir vaqtda ularning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini kelishish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi, mulkchilik shakli va moliyalashtirish manbalari, shuningdek, yer maydoni hajmidan qatʼi nazar barcha turdagi binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayoni bilan bir vaqtda obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini kelishish jarayonlariga nisbatan qoʻllaniladi.
3. Obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini kelishish loyihachi tashkilotning xohishiga asosan loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
4. Ushbu Reglamentning amal qilishi quyidagilarga nisbatan qoʻllanmaydi:
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni kapital taʼmirlash;
qurilish hajmi 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan obyektlarda;
I murakkablik toifasidagi obyektlarni qurish;
yakka tartibda uy-joylar qurish.
5. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish (mazkur Reglamentga muvofiq loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayoni bilan bir vaqtda obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish bundan mustasno) va qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish taqiqlanadi.
6. Loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura-rejalashtirish topshirigʻiga muvofiqligi boʻyicha qoʻrib chiqish va kelishish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari (keyingi oʻrinlarda Kengashlar deb ataladi) tomonidan — tarixiy zonalarda, shu jumladan madaniy yodgorliklarning qoʻriqlash zonalarida quriladigan obyektlarning hamda davlat obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tomonidan — boshqa obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini.
7. Obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertiza qilish mazkur Reglament doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi va uning filiallari (keyingi oʻrinlarda ekspertiza organi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
8. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayoni bilan bir vaqtda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini kelishish:
a) elektr tarmoqlariga ulashda — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi;
b) gaz tarmoqlariga ulashda — hududiy gaz taʼminoti korxonasi;
v) isteʼmolchilar issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulanishda — issiqlik taʼminoti korxonasi;
g) suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulashda — suv quvurlari va kanalizatsiya xoʻjaligi tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
9. Davlat xizmatlari markazlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari, ekspertiza organi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi hamda loyihachi tashkilotlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
10. Loyiha-smeta hujjatlarini:
kelishish ushbu Reglamentning 1a-ilovasiga muvofiq sxemaga;
kelishish jarayoni bilan bir vaqtda obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish ushbu Reglamentning 1b-ilovasiga muvofiq sxemaga;
kelishish jarayoni bilan bir vaqtda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini kelishish ushbu Reglamentning 1v-ilovasiga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
11. Loyiha tashkiloti loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
12. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari yakunlangach, loyiha tashkilotlari:
Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha ishlari va investitsiya loyihalarini takomillashtirish uchun qoʻshimcha choralar haqida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga 2-ilovada (Murakkablik toifasi boʻyicha obyektlar klassifikatsiyasi) keltirilgan III toifalarga mansub obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini bevosita oʻzlari sanitariya-epidemiologiya va yongʻinga qarshi nazorat xizmatlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishadilar;
qurilish hajmi 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan obyektlarni bevosita oʻzlari tuman (shahar) qurilish boʻlimlari bilan kelishadilar;
ushbu bandning ikkinchi xatboshida qayd etilgan obyektlardan boshqa obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish YIDXP da yoki davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi rekvizitlarini koʻrsatgan holda elektron shaklda toʻldiradilar.
Soʻrovnomaga loyiha-smeta hujjatlarining arxitekturaga oid qismi (tushuntirish xati (tushuntirish xatida loyiha-smeta hujjatida yongʻin xavfsizligiga, sanitariya-epidemiologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etish boʻyicha va boshqa yoʻnalishlarda bajarilgan ishlar aks ettiriladi), bino va inshootning fasadlari, qavatlar rejalari, qurilish obyektining bosh rejasi) elektron shaklda ilova qilinadi.
Loyiha tashkilotlaridan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi, ushbu Reglamentning 13-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
13. Loyihachi tashkilot tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayoni bilan bir vaqtda:
a) obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish haqida soʻrovnoma toʻldirilganda, obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlari, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan loyihalarni ishlab chiqish topshiriqnomasi hamda buyurtmachining rozilik xati elektron shaklda ilova qilinishi hamda ekspertiza organi tomonidan obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertiza qilish uchun ommaviy oferta (keyingi oʻrinlarda oferta deb yuritiladi) qabul qilinishi;
b) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini kelishish haqida soʻrovnoma toʻldirilganda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlari elektron shaklda ilova qilinishi talab etiladi.
Loyiha tashkiloti oʻzining xohishiga koʻra loyiha hujjatlarining arxitektura qismini oldin kelishib, keyin loyiha hujjatlarining boshqa qismlarini ishlab chiqishi va kelishishi xamda ekspertizadan oʻtkazishi mumkin.
14. Loyiha tashkiloti zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan, shuningdek zarur hollarda tegishli hujjatlarni ilova qilib, ofertani qabul qilgandan soʻng uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari va YIDXP loyiha tashkilotini davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ERIsi majburiy tartibda boʻlishi hamda oferta bilan tanishish shart ekanligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qiladi.
15. Davlat xizmati koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazishni loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshirishda mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan toʻlovga qoʻshimcha ravishda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymati undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
16. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) YIDXGT orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
17. Loyiha tashkilotlari ERIsi mavjud emasligi, soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik, zarur hollarda ushbu Reglamentning 13-bandida nazarda tutilgan shartlarga rioya etmaslik hamda davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymatini toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
18. Loyiha tashkiloti davlat xizmatidan foydalanishdan xizmat koʻrsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Loyiha tashkiloti davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazishdan:
ekspertiza xulosasi taqdim etilgunga qadar bosh tortilgan taqdirda, davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymati qaytarib beriladi;
ekspertiza xulosasi taqdim etilgandan soʻng ekspertizadan oʻtkazishdan bosh tortilgan taqdirda, davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymati qaytarilmaydi.
19. Loyiha tashkiloti davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi tomonidan ushbu haqida avtomatik tarzda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga xabarnoma joʻnatiladi.
20. Soʻrovnoma (zarur hollarda oferta) ERI bilan tasdiqlangandan keyin, u avtomatik tarzda quyidagilarga:
arxitektura qismini kelishish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga;
arxitektura qismini kelishish uchun hududiy sanitariya-epidemiologiya va yongʻinga qarshi nazorat xizmatlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga (keyingi oʻrinlarda xulosa beruvchilar deb ataladi);
obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini (belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan loyihalarni ishlab chiqish topshiriqnomasi hamda buyurtmachining rozilik xatini ilova qilgan holda) ekspertizadan oʻtkazish uchun ekspertiza organiga;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini kelishish qismi esa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga joʻnatiladi.
21. Xulosa beruvchilar uch ish kuni mobaynida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini koʻrib chiqadilar va ularga eʼtirozlar boʻlmagan holatda oʻz xulosalarini, davlat xizmati markaziga va maʼlumot uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga, tizim orqali elektron shaklda yuboradilar.
22. Xulosa beruvchilarning barchasidan ijobiy xulosalar olingandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini ikki ish kuni ichida kelishib beradi.
Tarixiy zonalarda, shu jumladan madaniy yodgorliklarning qoʻriqlash zonalarida quriladigan obyektlarning hamda davlat obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari navbatdagi Kengash yigʻilishiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tomonidan kiritiladi.
23. Kengash oʻzining navbatdagi yigʻilishida loyiha-smeta hujjatlarini kelishadi yoki rad etishning aniq asoslarini va qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etadi.
Kengash yigʻilishlari har haftada, shaxsan ishtirok etish tartibida oʻtkaziladi.
Kengash aʼzosi kelmagan hollarda Kengash yigʻilishi uning ishtirokisiz oʻtkaziladi. Bunda obyektning loyiha-smeta hujjatlari, ushbu bandning oltinchi xatboshida nazarda tutilgan holatni istisno qilgan holda, majlisda qatnashmagan Kengash aʼzosi vakil boʻlgan tashkilot bilan kelishilgan hisoblanadi.
Bunda qatnashmagan Kengash aʼzosining vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha javobgarlik tegishli tashkilotga yuklanadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini Kengash aʼzolari bilan kelishishni soʻrov usuli bilan oʻtkazish taqiqlanadi.
Kengash qarorlari yigʻilishda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda qonuniy hisoblanadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish, uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining ERIsi bilan tasdiqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
24. Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura-rejalashtirish topshirigʻiga muvofiq emasligi hamda soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi aniqlanishi ularni kelishishni rad etish uchun asos boʻladi.
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Loyiha tashkiloti loyiha-smeta hujjatlarini kelishish rad etilgandan keyin oʻn kun mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni va davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymatini toʻlamasdan loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganda, takroran kelishish:
Kengash tomonidan takroriy soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng uning keyingi navbatdagi majlisida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan ikki ish kunida amalga oshiriladi.
Loyiha-smeta hujjatlarini takroran koʻrib chiqishda Kengash yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlari kelishilgan kuni quyidagilarga:
kelishilgan loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini loyiha tashkilotiga davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali elektron shaklda;
ekspertiza organiga tizim orqali yuboradi.
Ekspertiza organi kelishilgan loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelib tushgan kundan boshlab bir haftalik muddatda obyektning loyiha hujjatlarining zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularga eʼtirozlar boʻlmagan holatda ekspertiza xulosasini idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimi orqali davlat xizmati markaziga yuboradi.
26. Xulosa beruvchilarning va ekspertiza organining xulosalari salbiy boʻlishi mumkin. Salbiy xulosada (ekspertiza xulosasida) loyiha-smeta hujjatidagi kamchiliklar asoslangan holda qayd etiladi.
Agar salbiy xulosada loyiha-smeta hujjatiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida talablar nazarda tutilgan boʻlsa, xulosa beruvchilar va ekspertiza organi kamchiliklar aniqlangandan keyin bir soat davomida salbiy xulosani davlat xizmati markazi orqali tizimdan foydalangan holda elektron shaklda loyiha tashkilotiga loyiha-smeta hujjatini qayta ishlash uchun yuboradi.
Loyiha tashkiloti oʻn ish kuni mobaynida loyiha-smeta hujjatlariga tegishli tuzatishlar kiritadi va uni davlat xizmati markazi orqali xulosa beruvchilarga takroran yuboradi.
Xulosa beruvchilar (ekspertiza organi) loyiha-smeta hujjatlarini ikki ish kunida koʻrib chiqadilar va ijobiy xulosani tizim orqali elektron shaklda davlat xizmati markaziga va maʼlumot uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga yuboradilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi ijobiy xulosalarga asosan ushbu Nizomning 22-23-bandlarida belgilangan tartibda loyiha hujjatlarining arxitektura qismini oʻzining ERIsi bilan kelishadi va davlat xizmati markaziga yuboradi.
27. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar uch ish kuni mobaynida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Kelishilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlari u kelishilgan kunda elektron shaklda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan loyiha tashkilotiga davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
28. Davlat xizmatlari markazi, kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari (xulosalar, loyiha-smeta hujjatlarining kelishilgan arxitektura qismi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari) tushgandan soʻng bir soat mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga kelishilgan loyiha-smeta hujjatlarini (ekspertiza xulosasini, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha kelishilgan loyiha-smeta hujjatlarini) elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda muhrini bosib berish yoʻli bilan taqdim etishi mumkin.
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari va Kengashlar aʼzolari oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi shart.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradilar.
31. Loyiha tashkiloti davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
32. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Maʼmuriy reglamentga 1a-ILOVA
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Loyiha tashkiloti
1. Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish.
2. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi rekvizitlarini koʻrsatgan holda soʻrovnomani toʻldirish va zarur hujjatlarni ilova qilish.
1. Uz xohishiga koʻra
2. Murojaat qilganda
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi YIDXP
1. Soʻrovnoma, obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini Kengashning ishchi organiga yoki qurilish organlariga yuborish.
2. Soʻrovnomani va obyektning loyiha-smeta hujjatlarini hududiy sanitariya-epidemiologiya va yongʻinga qarshi nazorat xizmatlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga yuborish.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati, hududiy yongʻinga qarshi nazorat xizmati, hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi
Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismi boʻyicha ijobiy xulosani davlat xizmati markaziga va maʼlumot uchun qurilish organiga yuborish.
3 ish kunida
4-bosqich
Kengashning ishchi organi
1. Xulosa beruvchilarning obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismi boʻyicha ijobiy xulosasiga asosa� obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini kelishish.
2. Loyiha-smeta hujjatlarini ERI bilan tasdiqlash.
3. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki loyiha tashkilotiga (elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuborish.
Anketa olinganidan keyin Kengashning navbatdagi yigʻilishida
Qurilish organlari
2 ish kunida
5-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini Loyiha tashkilotiga elektron manziliga yuborish va bu haqda ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qilish.
1 soat mobaynida
Maʼmuriy reglamentga 1b-ILOVA
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayoni bilan bir vaqtda obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Loyiha tashkiloti
1. Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish.
2. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi rekvizitlarini koʻrsatgan holda soʻrovnomani toʻldirish va zarur hujjatlarni ilova qilish.
Ofertani qabul qilish, davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymati hamda davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlash.
1. Uz xohishiga koʻra
2. Murojaat qilganda
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi YIDXP
1. Soʻrovnoma, obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini Kengashning ishchi organiga yoki qurilish organlariga yuborish.
2. Soʻrovnoma, obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini hududiy sanitariya-epidemiologiya va yongʻinga qarshi nazorat xizmatlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga yuborish.
3. Obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan loyihalarni ishlab chiqish topshiriqnomasi hamda buyurtmachining rozilik xatini ekspertiza organiga yuborish.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati, hududiy yongʻinga qarshi nazorat xizmati, hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi
Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismi boʻyicha ijobiy xulosani davlat xizmati markaziga va maʼlumot uchun qurilish organiga yuborish.
3 ish kunida
4-bosqich
Kengashning ishchi organi
1. Xulosa beruvchilarning obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismi boʻyicha ijobiy xulosasiga asosan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini kelishish.
2. Loyiha-smeta hujjatlarini ERI bilan tasdiqlash.
3. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki loyiha tashkilotiga (elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuborish.
Anketa olinganidan keyin Kengashning navbatdagi yigʻilishida
qurilish organlari
2 ish kunida
5-bosqich
Ekspertiza organi
1. Obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlari boʻyicha ekspertiza xulosasini tayyorlash.
2. Ekspertiza xulosasini ERI bilan tasdiqlash va davlat xizmatlari markaziga hamda maʼlumot uchun qurilish organiga yuborish.
bir haftada
6-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini va ekspertiza xulosasini Loyiha tashkilotiga elektron manziliga yuborish va bu haqda ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qilish.
1 soat mobaynida
Maʼmuriy reglamentga 1v-ILOVA
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayonida bir vaqtda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini kelishish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Loyiha tashkiloti
1. Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish.
2. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi rekvizitlarini koʻrsatgan holda soʻrovnomani toʻldirish va zarur hujjatlarni ilova qilish.
1. Uz xohishiga koʻra
2. Murojaat qilganda
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi YIDXP
1. Soʻrovnoma, obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini Kengashning ishchi organiga yoki qurilish organlariga yuborish.
2. Soʻrovnoma, obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini hududiy sanitariya-epidemiologiya va yongʻinga qarshi nazorat xizmatlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga yuborish.
3. Soʻrovnoma hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlariga yuborish.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati, hududiy yongʻinga qarshi nazorat xizmati, hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi
Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismi boʻyicha ijobiy xulosani davlat xizmati markaziga va maʼlumot uchun qurilish organiga yuborish.
3 ish kunida
4-bosqich
Kengashning ishchi organi
1. Xulosa beruvchilarning obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismi boʻyicha ijobiy xulosasiga asosan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini kelishish.
2. Loyiha-smeta hujjatlarini ERI bilan tasdiqlash.
3. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki loyiha tashkilotiga (elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuborish.
Anketa olinganidan keyin Kengashning navbatdagi yigʻilishida
qurilish organlari
2 ish kunida
5-bosqich
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlari
1. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish va ERI bilan tasdiqlash orqali kelishish.
2. Kelishilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki loyiha tashkilotiga (elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuborish.
3 ish kunida
6-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini va kelishilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini loyiha tashkilotiga elektron manziliga yuborish va bu haqda ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qilish.
1 soat mobaynida
Maʼmuriy reglamentga 2-ILOVA
_____________
_______________
(sana)
(raqami)
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish (bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish) boʻyicha davlat xizmati olish uchun
SOʻROVNOMA
I. Binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining kelishiladigan loyiha-smeta hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumot:
II. Obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlari ekspertizadan oʻtkazishda buyurtmachi toʻgʻrisida m�ʼlumot:
1-A. F.I.O. (agar jismoniy shaxs boʻlsa):
1-B.Toʻliq nomi (agar yuridik shaxs boʻlsa):
2-A. Pasport seriyasi va raqami (agar jismoniy shaxs boʻlsa):
2-B. Tashkiliy-huquqiy shakli (agar yuridik shaxs boʻlsa):
3. STIR:
4. Manzili (yuridik manzili):
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili:
III. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot:
A) Kelishilayotgan gaz taʼminoti loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Gaz taʼminoti loyihasining nomi:
2. Loyiha tashkilotining nomi:
3. Loyiha tashkilotining STIR:
4. Loyiha tashkilotining yuridik manzili:
B) Kelishilayotgan elektr taʼminoti loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Elektr taʼminoti loyihasining nomi:
2. Loyiha tashkilotining nomi:
3. Loyiha tashkilotining STIR:
4. Loyiha tashkilotining yuridik manzili:
5. Ulanayotgan quvvat:
V) Kelishilayotgan issiqlik taʼminoti loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Issiqlik taʼminoti loyihasining nomi:
2. Loyiha tashkilotining nomi:
3. Loyiha tashkilotining STIR:
4. Loyiha tashkilotining yuridik manzili:
5. Issiqlik energiyasi isteʼmoli hisobi:
G) Kelishilayotgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasining nomi:
2. Loyiha tashkilotining nomi:
3 Loyiha tashkilotining STIR:
4. Loyiha tashkilotining yuridik manzili:
5. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash isteʼmoli hisobi:
IV. Ilova qilinadigan hujjatlar:
A) Binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishi loyiha-smeta hujjatlarining arxitekturaga oid qismi:
1. Fasad (asosiy va yon tomon):
2. Binolar, inshootlar va boshqa obyektning bosh rejasi:
3. Obyekt joylashuvining vaziyat rejasi:
B) Obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlariga oid qismi
1. Obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlari:
2. Buyurtmachining rozilik xati:
3. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan loyihalarni ishlab chiqish topshiriqnomasi:
V) Gaz taʼminoti loyihasiga oid qismi
1. Gaz taʼminoti loyihasi:
G) Elektr taʼminoti loyihasiga oid qismi
1. Elektr taʼminoti loyihasi:
D) Issiqlik taʼminoti loyihasiga oid qismi
1. Issiqlik taʼminoti loyihasi:
E) Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasiga oid qismi
1. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi:
“Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (keyingi oʻrinlarda xabarnoma yuboruvchilar deb ataladi) qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma (keyingi oʻrinlarda xabarnoma deb ataladi) yuborish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi, mulkchilik shaklidan va moliyalashtirish manbalaridan, shuningdek, qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan yer uchastkasi maydonlaridan qatʼi nazar, qurilish-montaj ishlarining barcha turlariga nisbatan qoʻllanadi.
Xabarnoma yuborish:
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi obyektlari (qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishi rejasiga kiritilgan obyektlardan tashqari);
turar joy toifasidan noturar joy toifasiga oʻtkazilayotgan xonalar;
mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik inshootlar va maishiy xonalar;
mobil aloqa stansiyasi montaji;
ishlayotgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻzgartirishni talab etmaydigan kichik oʻlchamdagi (300 kub metrdan ortiq boʻlmagan) alohida qurilayotgan obyektlar;
konni kavlash ishlari;
texnologik resurslari ishlatib boʻlingan va obyektni rekonstruksiya qilish yoki ixtisoslashtirish talab etilmaydigan texnologik hamda muhandislik uskunalarini taʼmirlash va almashtirish uchun talab etilmaydi.
3. Qurilish-montaj ishlarini xabarnoma yubormasdan amalga oshirish taqiqlanadi.
4. Xabarnoma Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalariga (keyingi oʻrinlarda inspeksiyalar deb ataladi) yuboriladi.
5. Davlat xizmatlari markazlari va inspeksiyalar oʻrtasida axborot almashuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
6. Xabarnoma yuborish ushbu Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
7. Xabarnoma yuboruvchilar uni yuborish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
8. Xabarnoma yuboruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ularni inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta (keyingi oʻrinlarda oferta deb ataladi) bilan tanishtiradi.
Xabarnoma yuboruvchilar ofertani qabul qilganidan soʻng Davlat xizmatlari markazi xodimi xabarnoma yuboruvchi nomidan ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha xabarnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Xabarnoma yuboruvchilar YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, mustaqil ravishda oferta bilan tanishadilar va uni qabul qiladilar hamda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha xabarnomani elektron shaklda toʻldiradi.
9. Xabarnoma toʻldirgandan soʻng u xabarnoma yuboruvchining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari va YIDXP xabarnoma yuboruvchilarni inspeksiyalarning ofertasi bilan tanishtiradi hamda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ularni ERIsi majburiy tartibda boʻlishi shart ekanligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazlari xabarnoma yuboruvchilar ERIsini joyning oʻzida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majbur.
10. Xabarnoma yuborish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻim undirilmaydi.
11. Xabarnoma yuboruvchilarda ERIsi mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, xabarnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, ofertani qabul qilmaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Xabarnoma yuboruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Xabarnoma yuboruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali bu haqda inspeksiyani darhol xabardor qiladi. Xabarnoma yuboruvchining xabarnomasi inspeksiya tomonidan koʻrmasdan qoldiriladi.
13. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari xabarnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab 10 daqiqa mobaynida ularni inspeksiyaga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa xabarnoma avtomatik tarzda inspeksiyaga yuboriladi.
14. Inspeksiya xabarnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida summa va bank rekvizitlarini koʻrsatilgan hamda oʻz ERIsi bilan tasdiqlangan invoysni Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki YIDXP orqali xabarnoma yuboruvchiga (YIDXP orqali murojaat etganda) elektron ravishda yuboradi.
15. Xabarnoma yuboruvchi invoysda koʻrsatilgan summani invoys kelib tushgan kundan boshlab oʻn kungacha boʻlgan muddatda toʻlashi shart.
Invoysda koʻrsatilgan summaning oʻz vaqtida toʻlanmasligi qurilish va rekonstruksiya obyektlari ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirishni toʻxtatish uchun asos boʻlmaydi.
Xabarnoma yuboruvchi va inspeksiya oʻrtasida kelib chiqqan nizolar sud tartibida hal etiladi.
16. Oferta va invoys Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
17. Davlat xizmatlari markazi invoys kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni xabarnoma yuboruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqda xabarnoma yuboruvchini beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Bunda, Davlat xizmatlari markazi xabarnoma yuboruvchiga oʻzi kelib murojaat qilganda invoysni elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida ularga oʻzining muhrini bosib, berishi shart.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik faoliyati sohasida texnik tartibga solish normativ hujjatlariga amal qilinishi, qurilish-montaj ishlari sifati va toʻliq bajarilishi yuzasidan inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi uchun xabarnoma yuboruvchi tomonidan Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartib va miqdorlarda ajratmalar amalga oshiriladi.
19. Xabarnomada koʻrsatilgan obyektlarda, inspeksiya tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlash yoʻli bilan nazorat oʻrnatiladi.
20. Xabarnoma yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgargan taqdirda (ish bajaruvchilarining, obyektda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiradigan shaxslar almashishi, litsenziyaning amal qilish muddati tugashi, loyiha yechimlaridagi sezilarli oʻzgarishlar va h.k.), xabarnoma yuboruvchilar oʻn kun mobaynida inspeksiyaga tegishli oʻzgarishlarni koʻrsatgan holda qoʻshimcha xabarnoma yuborishlari kerak.
21. Qoʻshimcha xabarnoma ushbu Reglamentning 13-bandiga muvofiq yuboriladi. Agar shartlarda oʻzgarishlar invoysda koʻrsatilgan summa miqdorining oʻzgarishiga olib kelsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
22. Davlat xizmatlari markazlari va inspeksiyalar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida xabarnoma yuboruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashlari shart.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradilar.
24. Xabarnoma yuboruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Maʼmuriy reglamentga 1-ILOVA
Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xabarnoma yuboruvchi
Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma inspeksiyaga yuborish.
1.10 daqiqa mobaynida
2. YIDXP
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Inspeksiya
1. Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma qabul qilish.
2. Summa va bank rekvizitlarni invoysda koʻrsatish hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlash va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki YIDXP orqali xabarnoma yuboruvchiga (YIDXP orqali murojaat etganda) elektron ravishda yuborish.
1 soat mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Invo�sni xabarnoma yuboruvchining elektron manziliga yuborish va bu haqda xabarnoma yuboruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilish.
10 daqiqa
Maʼmuriy reglamentga 2-ILOVA
______________
______________
(sanasi)
(raqami)
Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida XABARNOMA
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
Z.STIR:
4. Manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili:
I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
5. Qurilish-montaj ishlarining qiymati: yigʻma ekspertiza xulosasiga asosan (QQSiz, buyurtmachining boshqa xarajatlari va jihozlarsiz)
6. Qurilish Bosh boshqarmasining xulosasi (bayoni) raqami va sanasi
7. Davlat �kspertiza organining nomi, ijobiy xulosaning raqami va sanasi:
8. Pudratchi tashkilot litsenziyasining raqami va sanasi (litsenziyalanadigan alohida qurilish-montaj ishlari turlarini bajarishda):
9. Ekspertiza organlarining loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosasining raqami va sanasi (xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun):
III. Nazorat organlari va masʼul xodimlar toʻgʻrisida maʼlumot:
Qurilish obyektida masʼul shaxsning lavozimi
Tashkilot nomi
Masʼul shaxsning FISh
Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
Oliygoh nomi, mutaxassisligi, diplom raqami va sanasi
Mualliflik nazorati
Texnik nazoratchi
Ish yurituvchi (prorab)
Izoh. obyekt(lar)ning qurilish-montaj ishlari boshlanmaganligi toʻgʻrisida kafolat beraman.
Men _________________________________________,
(tadbirkorlik subyektining F.I.O.)
keltirilgan barcha maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman, obyekt(lar)ning qurilish-montaj ishlari boshlanmaganligi toʻgʻrisida kafolat beraman hamda ommaviy ofertani qabul qilaman”.
2-bandga “obyektlarining qurilishi” soʻzlaridan keyin”, davlat sirlari bilan bogʻliq hamda davlat ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar” soʻzlar qoʻshilsin;
“Bunda obyektning qurilish hajmi 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan taqdirda dalolatnoma qurilish sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyaga kelishish uchun yuborilmaydi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida:
4-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Elektr taʼminoti loyihasini kelishishi mazkur Reglament hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin.”;
“quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va kelishadi, agar loyihani ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti boʻlsa;”;
“11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi, elektr taʼminoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.”;
23-bandning birinchi xatboshisi “tasdiqlaydi” soʻzi “tasdiqlaydi, elektr taʼminoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Elektr taʼminoti loyihasini, koʻrib chiqish va kelishish natijalari tegishli ravishda HETK va Oʻzenergoinspeksiyaning ERIsi bilan tasdiqlanadi va ERI bilan tasdiqlangan kuni loyiha tashkilotlariga, elektr taʼminoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan hollarda loyiha tashkilotiga davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali elektron koʻrinishda yuboriladi.
Oʻzenergoinspeksiya ushbu Reglamentning 3-ilovasiga, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab quyidagi muddatlardan oshmagan muddatlarda elektr taʼminoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi:”
4-band quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Gaz taʼminoti loyihasi mazkur Reglament hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishilishi mumkin”;
“gaz taʼminoti loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va kelishadi, agar loyihani ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti boʻlsa”;
“11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi, gaz taʼminoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno”;
21-bandning birinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” soʻzi “tasdiqlaydi, gaz taʼminoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“23. HGK ushbu Reglamentning 3-ilovasiga, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni davomida gaz taʼminoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi”;
25-bandga “HGK tomonidan loyihalash tashkilotiga” soʻzlaridan keyin “gaz taʼminoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan hollarda loyiha tashkilotiga davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki” soʻzlari qoʻshilsin;
4-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Issiqlik taʼminoti loyihasi mazkur Reglament hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishilishi mumkin”;
“issiqlik taʼminoti loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va kelishadi, agar loyihani ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti boʻlsa”;
“11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi, issiqlik taʼminoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno”;
21-bandning birinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” soʻzi “tasdiqlaydi, issiqlik taʼminoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“22. Issiqlik taʼminoti korxonasi ushbu Reglamentga 3-ilovaga, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida issiqlik taʼminoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi”;
24-bandga “issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan loyihalash tashkilotiga” soʻzlaridan keyin “issiqlik taʼminoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan hollarda loyiha tashkilotiga davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki” soʻzlari qoʻshilsin.
“4. Isteʼmolchilarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish (yangi obyekt qurilishida arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish doirasida amalga oshiriladi);
suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
suvni hisobga olish priborini plombalash;
suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish;
suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish.
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi mazkur Reglament hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishilishi mumkin”;
“suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va kelishadi, agar loyiha ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti boʻlsa”;
“11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno”;
21-bandning birinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” soʻzi “tasdiqlaydi, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“23. SQKX tashkiloti ushbu Reglamentga 3-ilovaga, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi”;
25-band “SQKX tashkiloti tomonidan loyihalash tashkilotiga” soʻzlaridan soʻng “suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan hollarda loyiha tashkilotiga davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandidagi “(ART-1 va ART-2)” soʻzlari chiqarib tashlansin.