toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Jismoniy va yuridik shaxslar mulkini, jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda yagona tamoyil va yondashuvlarni joriy etish hisobga olingan holda, qoʻriqlash faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qoʻriqlashni tashkil etish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishi, shuningdek, davlat qoʻriqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilishi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti oʻz vakolatlari doirasida oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash, xarajatlarini qoplash va mustaqil xoʻjalik yuritish tamoyili asosida qoʻriqlash faoliyati xizmatlarini koʻrsatish shartnomalariga asosan kelib tushadigan mablagʻlardan foydalangan holda davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlar, jismoniy va yuridik shaxslar mulkini qoʻriqlash vazifasini amalga oshirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda:
2020-yil yakuniga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga asosan obyektlarni bosqichma-bosqich qabul qilinishi va qoʻriqlanishini;
2020-2021-yillar davomida qoʻriqlanadigan obyektlar texnik jihatdan jihozlanganligi xatlovdan oʻtkazilib, uning natijalari asosida obyektlarni zarur muhandislik-texnik vositalar bilan qoʻshimcha jihozlash yuzasidan choralar koʻrilishini taʼminlansin.
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, ularga boʻysunuvchi yuridik shaxslar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qoʻriqlanadigan obyektlarga tatbiq etilmaydi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarga va tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlar qonunchilik hujjatlarida boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning ixtiyoriga koʻra tuzilgan shartnomalarga asosan qoʻriqlanadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-noyabr,
930-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar
ROʻYXATI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
I. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti saf boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar
(I boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan oʻta muhim, toifalangan va davlat ahamiyatidagi boshqa obyektlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi va agentliklar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralarning maʼmuriy binolari, shuningdek, ijro etuvchi va sud xokimiyati organlarining obyektlari (qonunchilikka muvofiq idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari mavjud boʻlgan obyektlar bundan mustasno).
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi binolari.
5. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarining binolari va obyektlari, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi organlaridan tashqari.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiyot ekspertiza muassasalari, psixiatriya muassasalari, surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki toksikomaniyaga mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolashga moʻljallangan maxsus davolash-profilaktika muassasalarining binolari va inshootlari.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
7. Respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan banklarning obyektlari.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Fuqaroviy va xizmat qurollari, ularning oʻq-dorilari saqlanadigan va realizatsiya qilinadigan obyektlar (inshootlar, binolar, xonalar, hududlar), agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha belgilanmagan boʻlsa.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Portlovchi va zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda ishlab chiqarilgan materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarni hamda pirotexnika buyumlarini transportda tashish, saqlash va realizatsiya qilish amalga oshiriladigan obyektlar (inshootlar, binolar, xonalar, hududlar), agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha belgilanmagan boʻlsa.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari saqlanadigan, tadqiqotlar oʻtkaziladigan, ishlab chiqariladigan tashkilotlar obyektlari, shu jumladan, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoatining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga asosan).
11. Quvvati 200 megavattdan yuqori boʻlgan gidroelektrostansiyalar va issiqlik elektrostansiyalari hamda quvvati 100 megavattdan yuqori boʻlgan shamol va quyosh fotoelektr stansiyalari.
12. Neft-gaz va gaz kondensati konlari, konlardagi va konlararo magistral quvurlar, shuningdek, neft-gaz tarmogʻining ishlab chiqarish va qurilish maydonlari*.
13. Qimmatbaho metallar konlari, ularning elektr energiyasi va suv taʼminoti obyektlari, shuningdek, kon-metallurgiya tarmogʻining yordamchi inshootlari*.
14. Sigʻimi 800 kishi va undan ortiq boʻlgan konsert, ommaviy tomoshalar oʻtkaziladigan saroylar va zallar.
15. Telekoʻrsatuv va radioeshittirishni amalga oshirish obyektlari, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Toshkent shahar telefon tarmogʻi” AJ filiallari binolari, inshootlari va qurilmalari.
16. Dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga asosan.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi obyektlari, shu jumladan, atom elektr stansiyasi qurilish maydonlari va yordamchi obyektlari, shuningdek, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahar filiali.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalar, shu jumladan tarixiy va madaniy meroslar saqlanadigan joylar, arxeologik qazilma joylari (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga asosan).
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
19. Davlat nazoratiga olinishi kerak boʻlgan radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, ishlab chiqariladigan, saqlanadigan ishlab chiqarish (shu jumladan, sement ishlab chiqarish) korxonalari.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan belgilanadigan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan boshqa obyektlar.
Oldingi tahrirga qarang.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining texnik qoʻriqlash vositalari monitoring va nazorat markazlari tomonidan texnik qoʻriqlash vositalari yordamida qoʻriqlanadigan obyektlar
(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini saqlash va sotish joylari, shu jumladan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, dorixonalar.
2. Pirotexnika buyumlari saqlanadigan va sotiladigan obyektlar (inshootlar, binolar, qurilmalar).
3. Fuqaroviy va xizmat qurollarini, ularning oʻq-dorilarini saqlash joylari.
4. Davlat nazoratiga olinishi kerak boʻlgan portlovchi va radioaktiv moddalar hamda ionlashtiruvchi nurlanish manbalari saqlanadigan joylar.
5. Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkilotlarining kirish cheklangan xonalari.
6. Qimmatbaho metallar (toshlar)ni saqlash va realizatsiya qilish obyektlari (omborlar, doʻkonlar).
7. Banklar va ularning filiallarining naqd va naqdsiz pul aylanmalari amalga oshiriladigan kassa xonalari.
8. Arxiv hujjatlari doimiy va vaqtincha saqlanadigan arxiv omborlari xonalari, shuningdek, davlat organlari va boshqa yuridik shaxslarning maxsus tartibotli obyektlari.
9. Davlat tarix va sanʼat muzeylari.
10. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari**.
11. Diniy tashkilotlarning obyektlari (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar)**.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan belgilanadigan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan boshqa obyektlar.
Oldingi tahrirga qarang.
* Yoqilgʻi-energetika va kon qazish tarmogʻining qoʻriqlanadigan obyektlari tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda obyektlarning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, geoiqtisodiy va viktimologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va vazirliklar, idoralar va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti hamda uning hududiy boshqarmalari oʻrtasidagi ikki tomonlama qarorlarga (shartnomalarga) asosan qoʻriqlashga topshiriladi.
(izohning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
** Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va diniy tashkilotlarning obyektlari “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi.
Izoh.
1. Muayyan obyektni (I boʻlim 1-bandida koʻrsatilganlardan tashqari) qoʻriqlashni tashkil etish tizimi (qoʻriqlash turi, usuli, post-yoʻnalishlar soni, qoʻriqlash vaqti, ichki, kirib-chiqish ruxsatnoma rejimi, video-kuzatuv, signalizatsiya va boshqa muhandislik-texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanishi) tomonlarning vakillari ishtirokida bevosita joyiga chiqib, mazkur obyektning texnik vositalar bilan jihozlanganligi, uning faoliyati turi va oʻziga xos tomonlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Obyektlarni ular tegishli boʻlgan tashkilotning idoraviy mansub qoʻriqlash xizmati bilan birgalikda ushbu tashkilot ahamiyatiga qarab qoʻriqlashga ruxsat etiladi. Bunda koʻrsatib oʻtilgan obyektlarda oʻrnatilgan texnik qoʻriqlash vositalari va tizimlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Banklar va ularning filiallarini qoʻriqlashni tashkil etish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Markaziy bank tomonidan birgalikda tasdiqlangan qoidalarga asosan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining boʻlinmalari tomonidan ikki tomonlama shartnomalarga asosan obyektlarni qoʻriqlash bilan bir qatorda tranzit yuklarni, transportdagi moddiy boyliklarni, portlovchi, radioaktiv (zaharli) va boshqa vositalarni qurolli qoʻriqlash-kuzatish amalga oshirilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/930/4046-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)