1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablag‘ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 4-sentabrdagi PF-5809-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda chet el va mahalliy investitsiyalarni tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarga jalb qilish, respublika sanoatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yuqori texnologik va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashadigan zarur transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 4-sentabrdagi PF-5809-son Farmoniga asosan “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Boshqaruv xodimlari soni 7 nafardan iborat bo‘lgan “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etilsin.
3. Quyidagilar:
“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi hududlar 1-ilovaga muvofiq;
“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining ustavi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda, “Nukus” maxsus iqtisodiy zonasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar sonining ortishiga qarab, Direksiya tuzilmasi va xodimlari soniga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
5. Qorqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Direksiyani tekin foydalanish huquqi asosida zarur xizmat xonalari bilan ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan Direksiyaga kelgusi yillarda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish sharti bilan 2019 — 2021-yillar davrida saqlash xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2019-yil 30-martdagi 267-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.O‘. Umurzakov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-noyabr,
941-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-noyabrdagi 941-son qaroriga 1-ILOVA
“Nukus” EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasi ta’rifi
1-yer uchastkasi
1-boshlang‘ich nuqta Nukus shahridagi Bojxona posti imoratining sharqiy tomonida, sanoat zonasi hududida joylashgan.
1-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 122 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 48 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 238,5 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 148,5 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.
5-nuqtadan chegara Nukus shahridagi Bojxona posti imorati hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 257,3 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
2-yer uchastkasi
1-boshlang‘ich nuqta Nukus shahridagi Bojxona posti imoratining sharqiy tomonidan 255 metr masofada, sanoat zonasi hududida joylashgan.
1-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 346,6 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 330,6 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara Nukus un ishlab chiqarish zavodi imorati bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 233 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 148 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.
5-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 108,7 metr masofada 6-nuqtagacha davom etadi.
6-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 242,4 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
3-yer uchastkasi
1-boshlang‘ich nuqta Nukus shahridagi “Nukus tekstil” MCHJ imoratining sharqiy tomonida, A-380 avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan.
1-nuqtadan chegara Nukus shahridagi davlat o‘rmon xo‘jaligining hududi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 229 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara Nukus shahridagi davlat o‘rmon xo‘jaligining hududi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 436 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara Nukus shahrining A-380 avtomobil yo‘li bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 229 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara Nukus shahridagi “Nukus tekstil” MCHJ imoratining hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 436 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
4-yer uchastkasi
1-boshlang‘ich nuqta Nukus shahrining Beruniy ko‘chasi bo‘ylab shimoliy tomonda 35 metr masofa uzoqlikda joylashgan.
1-nuqtadan chegara Nukus shahrining “Nukus stroy stil” MCHJ hududi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 123,2 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara Nukus shahrining “Amanjol avtotex” MCHJ hududi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 120 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara Nukus shahrining Beruniy ko‘chasi bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 64 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara Nukus shahrining Idora imorati hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 33 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.
5-nuqtadan chegara Nukus shahrining Idora imorati hududi bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 55,2 metr masofada 6-nuqtagacha davom etadi.
6-nuqtadan chegara Nukus shahrining “Dauit” xususiy firmasi hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 87 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
1-boshlang‘ich nuqta Nukus shahridagi “Nukus un zavodi” korxonasidan janubi-sharqiy tomondan 610 metr masofada, sanoat zonasi hududida joylashgan.
1-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 589,78 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab janubi-sharqiy yo‘nalishda 792,6 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara Nukus shahridagi “Nukus-polimer” korxonasi tomonga shimoliy yo‘nalishda 430,5 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 1219,2 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.
5-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 435,1 metr masofada 6-nuqtagacha davom etadi.
6-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 862,56 metr masofada 7-nuqtagacha davom etadi.
7-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 425,42 metr masofada 8-nuqtagacha davom etadi.
8-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 731,13 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
(5-bo‘limning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
6-yer uchastkasi
1-boshlang‘ich nuqta Nukus shahridagi “Karakalpak dan onimleri” AJ karxonasidan janubiy tomonidan 67 metr masofada, sanoat zonasi hududida joylashgan.
1-nuqtadan chegara Nukus shahridagi “Karakalpak dan onimleri” AJ karxonasidan sharqiy yo‘nalishda 387,6 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 515,6 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 387,6 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 515,6 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
7-yer uchastkasi
1-boshlang‘ich nuqta To‘rtko‘l tumanining “Paxtachi” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi, “Qo‘ng‘irot-Toshkent” temir yo‘l liniyasining g‘arb tomonida, “To‘rtko‘l” temir yo‘l vokzalining shimoliy qismidan 800 metr uzoqlikda joylashgan.
1-nuqtadan chegara “Qo‘ng‘irot-Toshkent” temir yo‘l liniyasi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 428 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara K2 kollektori bo‘ylab janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda 143 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara K3 kollektori bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 100 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara K3 kollektori bo‘ylab shimoliy-sharqiy yo‘nalishda 358 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
8-yer uchastkasi
1-boshlang‘ich nuqta To‘rtko‘l tumanining “Oqqamish” OFY xududidan o‘tuvchi A-380 O‘zbekiston milliy avtomagistral yo‘lining shimoli-g‘arbidan 206 metr masofa uzoqlikda joylashgan.
1-nuqtadan chegara 2-nuqtagacha, “Muhammad Yusuf Orifjon” MCHJ binosi bo‘ylab shimoliy-sharqiy yo‘nalishda 109 metr masofaga davom etadi.
2-nuqtadan chegara 3-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab janubiy-sharqiy yo‘nalishda 500 metr masofaga davom etadi.
3-nuqtadan chegara 4-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda 107 metr masofaga davom etadi.
4-nuqtadan chegara 1-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda 499 metr masofaga davom etadi.
(9-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/89/0136-son)
1-boshlang‘ich nuqta Beruniy tumani, “Abay” MFY hududi A-380 avtomobil yo‘li bo‘yidan janubiy tomonda 92 metr masofa uzoqlikda joylashgan.
1-nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 211,7 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan A-380 avtomobil yo‘li bo‘ylab shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 1092 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan shimoli-sharqiy yo‘nalishda A-380 avtomobil yo‘li tomonga 211,7 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan A-380 avtomobil yo‘li bo‘ylab janubi-sharqiy yo‘nalishda 462 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.
5-nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 114,1 metr masofada 6-nuqtagacha davom etadi.
6-nuqtadan janubi-sharqiy yo‘nalishda A-380 avtomobil yo‘li bo‘ylab 84,6 metr masofada 7-nuqtagacha davom etadi.
7-nuqtadan shimoli-sharqiy yo‘nalishda A-380 avtomobil yo‘li tomonga 112,0 metr masofada 8-nuqtagacha davom etadi.
8-nuqtadan janubi-sharqiy yo‘nalishda A-380 avtomobil yo‘li bo‘ylab 528,0 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
(9-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-noyabrdagi 941-son qaroriga 2-ILOVA
“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 7 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-noyabrdagi 941-son qaroriga 3-ILOVA
“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
ustavi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) operativ boshqaruv uchun o‘ziga berilgan davlat mulki negizida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi va o‘ziga biriktirilgan mulkka nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan doirada o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirig‘iga binoan uning tomonidan mas’ul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisobraqamlariga, shu jumladan valyuta hisobraqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi” davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Nukus” EIZ direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Nukus”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Nukus”;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — “Directorate of free economic zone “Nukus” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Nukus” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A. Dosnazarov ko‘chasi, 97-uy.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya o‘z nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga ko‘ra tijorat tashkilotlarining, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlarida ishtirokchi (aksiyador, a’zo) bo‘lishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari
10. Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi “Nukus” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi o‘rinlarda — “Nukus” EIZ) va “Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi o‘rinlarda — “Qoraqalpoq-agro” EIZ) rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek, “Nukus” va “Qoraqalpoq-agro” EIZlar hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan operativ boshqarish, “Nukus” va “Qoraqalpoq-agro” EIZlar qatnashchilariga xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni (xizmatlarni) bajarishdan (ko‘rsatishdan) foyda olish hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/89/0136-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) qabul qilingan qarorlariga muvofiq “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ularning reyestrini yuritish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Ma’muriy kengash qarorlariga muvofiq investorlar bilan “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ hududida investitsiya kiritish to‘g‘risida bitimlar, davlat mulkini “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida “Nukus” EIZ qatnashchilari bilan shartnomalar tuzish;
“Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni topish va jalb etish;
“Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZning ishlab chiqilgan bosh rejasi va Ma’muriy kengash qarori bilan ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Yagona darcha” tamoyili asosida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur bo‘lgan barcha ruxsatnomalarni berishni tashkil etish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlarning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning zarur tarzda bajarishini tizimli nazorat qilish, keyinchalik natijalarni Ma’muriy kengashga taqdim etish;
“Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ hududidagi loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish va tashkilotlarning doimiy faoliyat yuritishini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ qatnashchilariga ko‘maklashish;
“Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZni rivojlantirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash;
ekologik holatning yaxshilanishi yuzasidan nazoratni ta’minlash, shuningdek, “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ hududida joylashgan tarixiy-madaniy boyliklar asrab-avaylanishi uchun javob berish;
“Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ faoliyatini boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Direksiya qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/89/0136-son)
12. Direksiya qonun hujjatlarida faoliyatning taqiqlanmagan boshqa turlarini ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Muassisga va Ma’muriy kengashga hisobot beradi.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bo‘yicha amalga oshirilgan bitimlarni haqiqiy emas deb hisoblash va Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va oraliq, tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish.
15. Vazirlar Mahkamasi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
Ma’muriy kengash “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ mustaqil budjetining va “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/89/0136-son)
16. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga kiradi:
Direksiyaning “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/89/0136-son)
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish.
17. Ma’muriy kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Ma’muriy kengash olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanadi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Ma’muriy kengash tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor rahbarlik qiladi.
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya qilinishini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZni rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishini tashkil qiladi;
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/89/0136-son)
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifoda etadi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalarini (kontraktlarni) tuzadi, o‘zgartiradi va ularning amal qilishini to‘xtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Direksiya faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot beradi.
22. Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarni bajarishda Direksiya manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning qondirilishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq ehtiyojlarga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, jumladan, Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yo‘qolgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjeti mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZning mustaqil budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/89/0136-son)
24. Direktor o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
25. Direksiyaning ustav fondi “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ faoliyatini operativ boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan o‘ziga berilgan mablag‘lar, mol-mulk va boshqa aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/89/0136-son)
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis qaroriga binoan ko‘paytiriladi yoki kamaytiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Ma’muriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek, o‘zgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda, Direksiya mulkini quyidagicha tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalarini (ulushlarini) sotib olish va sotish;
mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Direksiya budjetini shakllantirish
32. Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
davlat mulki bo‘lgan va “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan daromadlarning bir qismi;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/89/0136-son)
“Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ qatnashchilarining ajratmalari va “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ qatnashchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovlar;
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/89/0136-son)
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlaridagi mablag‘lar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek, boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromadni (foydani) taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va muassisga ajratmalar belgilangan tartibda to‘langandan so‘ng qoladigan Direksiyaning sof foydasi Direksiya tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga binoan foydalaniladi.
35. Muassis o‘z qarori bilan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larning cheklangan summasini ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘rilgan zararlar ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach, vakolatli organlarga moliya hisobotini va ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xo‘jalik subyekti sifatidagi faoliyati Ma’muriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyatining natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga ko‘ra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoxud qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi.
Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-noyabrdagi 941-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRISHLAR
1. Vazirlar Mahkamasining “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalarining ustavlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qarorida:
a) nomidan “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qarorida:
a) 2-banddan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi” va “Nukus-farm” so‘zlari chiqarib tashlansin;