Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 2689, 2015-yil 23-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 11-noyabrdagi 06-06/2-3234-son, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 7-noyabrdagi 84-04-2375-son, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 2019-yil 1-noyabrdagi 09-8/1316-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-iyundagi 16-mh-son, 26 q/q-son, 31-son “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2689, 2015-yil 23-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.