Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Etil spirti va likyor-araq mahsulotlarini zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish, alkogol mahsulotlarining eksport salohiyatini koʻpaytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3263-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
“Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodining qurilishi uchun “Premium Uzbekistan” MChJ QKni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 23/35-uy manzili boʻyicha joylashtirish”.
“bosh loyiha tashkiloti etib — “Oʻzogʻirsanoatloyiha” instituti” AJ;
bosh pudratchi tashkilot etib — “SK Alfa stroy” MChJ belgilansin”.
4.
14-banddagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning” soʻzlari “Premium Uzbekistan” MChJ QKning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5.
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Premium Uzbekistan” MChJ QKning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga, xorijiy kompaniyalar xodimlariga koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning muddatini uzaytirishni davlat boji undirilmagan holda amalga oshirishni taʼminlasin”.
6.
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Premium Uzbekistan” MChJ QKning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etish uchun xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berish (muddatini uzaytirish)ni, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini beradigan tasdiqnomalar berishni (muddatini uzaytirish)ni davlat boji undirilmagan holda taʼminlasin”.