1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib oʻtish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib oʻtiladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.06.00 Boshqa bojlar. Yagona boj toʻlovi]
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil 1-yanvardan:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.04.00 Import (olib kirish) vaqtida aksizning qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.04.00ga qarang)]
notijorat maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish punktlari orqali qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kirayotgan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, jismoniy shaxs nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali keladigan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi oʻrniga yagona bojxona toʻlovini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-apreldagi 244-sonli “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona chegarasi orqali qoʻl yukida, kuzatib borilayotgan bagajida, shuningdek, pochta joʻnatmalari orqali olib kiriladigan hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlarida ishlab chiqarish oʻrovining majburiy mavjudligi toʻgʻrisidagi talab oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.02.00 Bojxona bojlari. Boj tarifi]
2. Belgilansinki, yagona bojxona toʻlovi bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga olib kirishning cheklangan meʼyorlaridan ortgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qatʼi nazar tovarlarning barcha toifalari boʻyicha bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, cheklangan meʼyorlardan ortiq qismiga nisbatan undiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
tovarning bojxona qiymatidan 20 foiz, lekin har bir kilogrami uchun 2 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda yagona bojxona toʻlovi stavkasi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
ilovaga muvofiq, Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlar roʻyxati tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari]
4. Davlat bojxona qoʻmitasi:
a) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning belgilangan maqsadini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin;
b) ushbu qarorning mazmun va mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish hamda aholi eʼtiboriga yetkazishni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-noyabr,
PQ-4508-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4508-son qaroriga ILOVA
Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlar
ROʻYXATI
1. Ichki yonuv dvigatellari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN 8403 10 subpozitsiyasida tasniflanuvchi markaziy isitish qozonlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN 8426 — 8430, 8433 — 8442, 8444 00 — 8449 00 000 0, 8453 — 8464, 8465, 8466, 8468, 8474 — 8480, 8486, 8514, 8530, 8534 00, 8535, 8545, 8548, 9024, 9027, 9030 va 9031 tovar pozitsiyalarida tasniflanuvchi mashinalar, mexanizmlar, uskunalar (gazonlar, bogʻlar yoki sport maydonchalari uchun kosilkalar, diskli maishiy arra bundan mustasno).
4. Oftobda qorayish uchun solyariylar.
5. Tibbiyot texnikasi va uskunalari (shpritslar, ignalar, kateterlar, kanyulyalar, shunga oʻxshash asboblar, qon bosimi, tana haroratini oʻlchash uskunasi, shuningdek, tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha foydalanish uchun zarur boʻlgan apparaturalar bundan mustasno).
6. Tibbiyot, xirurgiya, stomatologiya yoki veterinariya mebeli (tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha foydalanish uchun zarur boʻlgan mexanik moslamali shifoxona koykalari bundan mustasno).
7. Sartaroshxona kreslosi va shunga oʻxshash kreslolar, ularning qismlari.
8. Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN 9010 tovar pozitsiyasida tasniflanuvchi fotolaboratoriyalar uchun apparatura va uskunalar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN 9023 00 tovar pozitsiyasida tasniflanuvchi namoyish qilish maqsadlariga moʻljallangan jihozlar, apparatura va modellar.
10. Tangalar, banknotlar, bank kartochkalari, jetonlar yoki boshqa shunga oʻxshash toʻlov vositalari bilan harakatga keltiriladigan oʻyin avtomatlari.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2019-y., 07/19/4508/4003-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)