toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qaroriga muvofiq “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilganligi munosabati bilan respublikada maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasining “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishonini Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami arafasida topshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining qarori asosida amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining buyurtmasiga muvofiq “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanishi inobatga olinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-oktabr,
897-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 897-son qaroriga
1-ILOVA
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Koʻkrak nishoni bilan respublikada maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
4. Hududiy davlat organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari har yili 1-iyunga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni tegishlicha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda markazning hududiy boʻlimlari deb ataladi) taqdim etadi.
Respublika davlat organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari har yili 1-iyunga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) taqdim etadi.
Nomzod boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida maʼlumotnoma, soʻnggi uch yil davomida u tomonidan jamiyatda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar taqdim etiladi.
5. Markazning hududiy boʻlimlari tomonidan nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqiladi va nomzodlar yuzasidan xulosalar har yili 25-iyunga qadar Markazga taqdim etiladi.
Markazning hududiy boʻlimlari rahbarlari ushbu nizomning 4-bandi birinchi xatboshida belgilangan holatlarni istisno qilgan holda oʻz tashabbusiga koʻra ham nomzodlar toʻgʻrisida har yili 25-iyunga qadar Markazga taklif kiritishi mumkin.
6. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari (keyingi oʻrinlarda Markaz rahbari deb ataladi) tomonidan komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar oʻrganilib, har yili 25-iyulga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa chiqariladi.
7. Komissiya tomonidan nomzodlarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi:
nomzodning aholi oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yuksaltirishga bagʻishlangan ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari soni;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli videoroliklarning tayyorlanganligi;
jamiyatda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hamda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishni targʻib qilish boʻyicha turli innovatsion samarali usullarning ishlab chiqilganligi.
8. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Markaz rahbarining buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
9. Markaz rahbarining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 25-avgustga qadar Komissiya xulosasi asosida chiqariladi.
10. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi har yili 1-sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida Markaz rahbari (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
11. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Markazning internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida va boshqa axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti Markazning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
13. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.
14. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Markaz ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Hududiy davlat organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni tegishlicha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlariga taqdim etish.

har yili

1-iyunga qadar

Respublika davlat organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga taqdim etish.


2-bosqich

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari

Nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda oʻrganib chiqish va nomzodlar yuzasidan xulosalarni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga taqdim etish.

har yili

25-iyunga qadar


3-bosqich

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyasi

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqish va yakuniy xulosa chiqarish.

har yili

25-iyulga qadar


4-bosqich

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining buyrugʻini chiqarish.

har yili

25-avgustga qadar


5-bosqich

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.

har yili

1-sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 897-son qaroriga
2-ILOVA
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Koʻkrak nishonining old tomoni markazida ochiq holatdagi kitob fonida — Quyosh, Yer shari, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻining koʻk, oq va yashil rangdagi tasmalari tasvirlangan.
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan tilla rang doirada balandligi 6 millimetr boʻlgan “MAʼNAVIYAT FIDOYISI” soʻzlari yozilgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “MAʼNAVIYAT”, “SONASIGA”, “QOʻSNGAN”, “MUNOSIB NISSASI”, “UCNUN” soʻzlari joylashgan.
Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 8 millimetrli koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 2 millimetrli ikkita yashil yoʻl va eni 3 millimetr boʻlgan oq rangdagi yoʻllar tushirilgan.
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 897-son qaroriga
3-ILOVA
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “MAʼNAVIYAT”, ikkinchi satrda “FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Yozuvlar toʻq koʻk rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi hamda guvohnomaning tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Respublika Maʼnaviyat”, ikkinchi satrda “va maʼrifat markazi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “MAʼNAVIYAT”, ikkinchi satrda “FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Markaz rahbari” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/897/3976-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)