toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOSHKENT SHAHAR YO‘LOVCHILAR TASHISH TRANSPORTI KORXONALARI DAVLAT UYUSHMASI (“TOSHSHAHARYO‘LOVCHITRANS”) FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish transportini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1992-yil 4-iyundagi Farmonga muvofiq va yo‘lovchilar tashish transporti ishini tubdan yaxshilash, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini oshirish, xizmatlarning turlarini kengaytirish hamda mehnat jamoalarining moliyaviy, ishlab chiqarish, ijtimoiy vazifalarini hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 277-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 24-son, 274-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 277-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 24-son, 274-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 277-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 24-son, 274-modda)
4. Uyushma boshqaruvining Raisi, birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari maqomi, maishiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi vaziri, vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
5. Moliya vazirligi, respublika Avtomobil transporti vazirligi va Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish transporti korxonalari davlat uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida shahar passajir transporti turlari bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatiladigan bir yo‘lovchi hisobiga budjetdan mablag‘ ajratish normativlarini ishlab chiqsinlar va uyushmani mablag‘ bilan ta’minlash tartibini tasdiqlasinlar, bunda yil davomida foydalanilmagan budjet mablag‘lari musodara qilinmasligi nazarda tutilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Moliya vazirligi, Avtomobil transporti vazirligi va Davlat uyushmasi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida mehnat sarfi va ish sharoitlaridan kelib chiqib, transportning turlari o‘rtasida mehnatga haq to‘lash nisbatini tenglashtirishni hisobga olgan holda yo‘lovchilar tashish avtomobil va elektr transporti xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi shartlarini ishlab chiqsin va uni 1992-yil 16-iyundan boshlab joriy etsin.
7. Uyushma 1992 — 1994-yillar mobaynida harakatdagi transport bilan bog‘liq xodimlarni formali kiyim bilan ta’minlash tartibini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda uni mablag‘ bilan ta’minlash manbaini tasdiqlasin.
8. O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi uyushma bilan birgalikda 15 kun ichida Vazirlar Mahkamasiga:
import bo‘yicha harakatdagi sostav, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar olish uchun valyuta mablag‘lari ajratish;
harakatdagi sostav parkini yangilash va to‘ldirishga, shuningdek, uyushmaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarini ko‘rish, qayta ko‘rish, texnika bilan qayta jihozlashga kapital mablag‘lar ajratish;
Toshkent metropoliteni qurilishini davom ettirish uchun har yili maqsadli zarur mablag‘lar ajratish to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
9. “O‘zshartnomasavdo”:
uyushma korxonalari moddiy-texnika ta’minotning mavjud tartibini 1992-yilda saqlab qolsin;
1992-yilning ikkinchi yarmidan boshlab avtomobil va trolleybus shinalarining ularni tayyorlagan zavodlardan bevosita “Toshshaharyo‘lovchiavtotrans” ishlab chiqarish birlashmasiga va tramvay-trolleybus ishlab chiqarish boshqarmasiga yetkazib berilishini ta’minlasin;
har yili uyushma korxonalariga huqumatlararo bitimlarga kirgan moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish uchun kvotalar ajratilishini nazarda tutsin, shartnoma asosida mahsulot yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik aloqalari o‘rnatilishiga har tomonlama ko‘maklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 277-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 24-son, 274-modda)
11. Toshkent shahar metropoliteni uchun temir yo‘l transporti korxonasi maqomi, uning xodimlari uchun esa ushbu toifa uchun nazarda tutilgan huquq va imtiyozlar hamda temir yo‘l transporti xodimlarining tartib-intizomi haqidagi Ustavning amal qilishi saqlab qolinsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddat ichida shahar atrofidagi sabzavotchilik-chorvachilik yo‘nalishidagi davlat xo‘jaliklaridan birini uyushma tarkibiga berish masalasini ko‘rib chiqsin va hal etsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi:
ilovada qayd etilgan korxonalar va tashkilotlarni 1992-yil 1-iyundagi holatiga ko‘ra balansdan balansga uyushma tarkibiga o‘tkazsin;
harakatdagi sostavning moddiy-texnika ta’minoti va uni tuzatishning amaldagi tartibi 1992-yil oxirigacha saqlab qolinsin.
14. Toshkent shahar hokimligi:
shahar yo‘lovchilar tashish transporti ishini muvofiqlashtirish va uning barcha turlarini rivojlantirish Boshqarmasini mehnatga haq to‘lash fondi va xodimlari soni bilan birga uyushmaga o‘tkazsin;
avtomobil yo‘llari, ko‘chalar va tor ko‘chalarning holatini, ularning yoritilishini yaxshilash, ulash tarmoqlari zonasida daraxtlarni kesish va yig‘ishtirib olish, shuningdek, haydovchilari uchun xavf-xatarsiz ish sharoitlari, ayniqsa tungi vaqtda, yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
1992-yilning sentabrigacha uyushma korxonalariga bevosita yaqin joydan uy-joylar va ularni qurish uchun yer uchastkalari ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqsin va belgilasin;
ishchilar ta’minoti boshqarmasi va haydovchilar tarkibi uchun maxsus ovqatlanish bloklari tashkil etishda uyushmaga amaliy yordam ko‘rsatsin;
uyushma bilan birgalikda bir oy muddat ichida Toshkent shahar sanoat korxonalarida zarur ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar tayyorlash dasturini ishlab chiqsin va ularni tayyorlashni tashkil etsin.
15. Davlat uyushmasi bir oy muddat ichida Ustav loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Tashkil etilayotgan uyushmaning apparati Shirokaya ko‘chasi, 6-uydagi binoga joylashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 5-iyun,
266-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-avgust 291-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)