O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni va 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 30-noyabrdagi 268-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2313, 2012-yil 12-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 2-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Yuk ko‘targich (minora)larni o‘rnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik
qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1.
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
2.
31-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3.
130-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.