1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.03.00 (Кучини йукотган) Fuqarolarning Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.04.00 (Кучини йукотган) Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLIK BIRLAShMALARIDA ADVOKATLIK FAOLIYATI BILAN ShUGʻULLANUVChI ShAXSLARNI IJTIMOIY HIMOYa QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy, professional birlashmalari sifatida advokatlik tuzilmalari faoliyatining oʻziga xosligini hisobga olib, shuningdek ularning samarali faoliyatini va ijtimoiy himoyalanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, advokatlik birlashmalari ish haqi fondining 7 foizi miqdorida, ulardan advokatlik tuzilmalari umumiy ehtiyojlariga summalar ushlab qolingandan keyin, Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlaydilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq Sugʻurta badallarini hisoblash va toʻlash, davlat ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarini sarflash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.