toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 7-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1131-8]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-martdagi 7-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3615, 29.03.2025-y.) asosan 2025-yil 1-iyuldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2002-yil 13-martdagi 2002-04-son “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1131, 2002-yil 23-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 8-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-sentabr,
2019-54-son
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yildagi 12-sentabrdagi 2019-54-son buyrugʻiga
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimadagi “1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi Nizomga” degan soʻzlar “2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 56-moddasida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan sanksiyalar.”;
birinchi xatboshidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Markaz” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
v) 3 va 33-bandlardagi “Markaz” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Markazga” va “Markaz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Agentlikka” va “Agentlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi va “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Markazning” degan soʻz “Agentlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
d) 5-banddagi “Markaz” va “Markazning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 6, 43 va 46-bandlardagi “Markaz” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi va uchinchi xatboshilardagi “Markaz” va “Markazning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va beshinchi xatboshilardagi “Markaz bosh direktori” va “Markazning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Agentlik direktori” va “Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Agentlik boshqarmalari (Agentlikning hududiy organlari boʻlimlari) boshliqlari Agentlik direktoriga (Agentlik hududiy organi boshligʻiga) qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda asoslagan materiallar asosida taqdim etadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik belgilari aniqlangan taqdirda Agentlik boshqarmalari (Agentlikning hududiy organlari boʻlimlari) boshliqlari oʻz vakolatlariga muvofiq Agentlik direktoriga (Agentlikning hududiy organi boshligʻiga) qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga qabul qilmasdan, ularni sudga joʻnatishni asoslangan materiallar asosida taqdim etadilar.”;
i) 9-banddagi “Markaz bosh direktori (Markazning” degan soʻzlar “Agentlik direktori (Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “Markazning” degan soʻz “Agentlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshi “toʻgʻrisida yozma” degan soʻzlardan keyin “yohud elektron” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
l) 11-banddagi “Markaz bosh direktori” degan soʻzlar “Agentlik direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
m) 12-bandning ikkinchi xatboshisi “aloqa vositalaridan” degan soʻzlardan keyin “(telefaks, telefon, elektron pochta va boshqalar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshi “berishlari va holatlar” degan soʻzlardan keyin “hamda ishga tegishli hujjatlarni taqdim etishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ish javobgar sifatida jalb qilingan shaxs” degan soʻzlar “ish arizachi va javobgar sifatida jalb qilingan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
o) 25-bandning birinchi xatboshisidagi “Markazda” va “Markazning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Agentlikda” va “Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Markaz bosh direktori (Markazning” degan soʻzlar “Agentlik direktori (Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Markaz bosh direktori (Markazning” degan soʻzlar “Agentlik direktori (Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
r) 30-banddagi “Markazning” degan soʻz “Agentlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
s) 32-bandning birinchi xatboshisidagi “Markaz” va “Markazning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
t) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Agentlikning (Agentlik hududiy organining) qarori yoki koʻrsatmasini ijro etgan shaxs, qaror yoki koʻrsatma ijrosi toʻgʻrisidagi dalillarni Agentlikka (Agentlik hududiy organiga) taqdim etadi.”;
u) 41-banddagi “Markazning (Markaz” degan soʻzlar “Agentlikning (Agentlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Markaz” va “Markazga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Markaz” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Markazni (Markazning” degan soʻzlar “Markazni (Markazning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
x) 47-bandning birinchi xatboshisidagi “Markaz va Markazning” degan soʻzlar “Agentlik va Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ch) 48-banddagi “Markaz” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
a) “Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi (Markazning” degan soʻzlar “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) “Bosh direktor (Markazning” degan soʻzlar “Direktor (Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2 — 4-ilovalarda:
a) “Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi (Markazning” degan soʻzlar “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) “Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining (Markazning” degan soʻzlar “Kapital bozorini rivojlantirish agentligining (Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) “Bosh direktor (Markazning” degan soʻzlar “Direktor (Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2019-y., 07/19/1131-8/3873-son)