1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son va “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son qarorlari)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-oktabr,
841-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 7-martdagi 124-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 10-son, 148-modda):
a) 5-banddagi “13” raqami “21” raqami bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
BOSHQARUV TUZILMASI
Yuridik byuro
2
Direktor
Menejer
Direktorning birinchi oʻrinbosari
Direktor oʻrinbosari
Direktor oʻrinbosari
Koʻllar tizimini baliqlantirish hamda brakonyerlikni oldini olish ishlarini tashkil etish shuʼbasi
2
Zamonaviy texnologiyalar asosida toʻliq tizimli inkubatsiya sexi faoliyatini yuritish, sunʼiy suv havzalarida va qafas moslamalarda baliq chavoqlari hamda tovar baliqlar yetishtirishni tashkil etish shuʼbasi
2
Kanselyariya
Kadrlar ishlari boʻyicha mutaxassis
Baliq zaxiralarini monitoring qilib borish, baliq resurslarini hamda yangi tur baliqlarni koʻpaytirish ishlarini tashkil etish mutaxassisi
Baliq chavoqlari va tovar baliqlar yetishtirish uchun ozuqa ekinlarini ekish hamda omuxta yemlar tayyorlashni tashkil etish mutaxassisi
Buxgalteriya shuʼbasi
2
Iqtisodchi
Ijarachilar bilan ishlash shuʼbasi
2
Qurilish ishlarini tashkil etish mutaxassisi
Boshqaruv xodimlari soni 21 shtat birligidan iborat.
Izoh. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan normativlar boʻyicha belgilanadi.”;
“v) baliq ovlash xoʻjaligi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar tabiiy suv havzasini oʻrtacha baliq (turlari boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirish miqdori”;
“46. Ijara haqi hisoblashda ijaraga berilgan suv havzasi uchastkasining har gektaridan ovlanadigan baliq miqdori eng kamida 10 kg hisobida qoʻllanadi.”;
“48. Baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan ijara haqi uch qismga boʻlib yil davomida toʻlanadi. Bunda, yillik ijara haqining 30 foizi 1-aprelga qadar, 35 foizi 1-oktabrga qadar, qolgan qismi 1-dekabrga qadar toʻlanadi.”;
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan ijara haqi toʻlovini hisoblashda suv havzalari uchastkalari mahsuldorligiga bogʻliq holda qoʻllaniladigan stavkalar miqdori
Mahsuldorlik, ga/kg
Bazaviy hisoblash miqdorining, foiz
Ijara haqini hisoblash
Formulasi
10 gacha
100,0
(10 x 1 x 100 % BHM/ 100)
10,1 — 30 gacha
90,0
(10 x 1 x 90 % BHM/ 100)
30,1 — 50 gacha
80,0
(10 x 1 x 80 % BHM/ 100)
50,1 — 70 gacha
70,0
(10 x 1 x 70 % BHM/ 100)
70,1 — 80 gacha
60,0
(10 x 1 x 60 % BHM/ 100)
80,1 — 90 gacha
50,0
(10 x 1 x 50 % BHM/ 100)
90,1 — 100 gacha
40,0
(10 x 1 x 40 % BHM/ 100)
100,1 dan yuqori
30,0
(10 x 1 x 30 % BHM/ 100)
Eslatma:
1) bir gektarning oʻrtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan oʻzgarmas koeffitsiyent);
2) suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;
3) 1 ga tabiiy suv havzaga qoʻllaniladigan bazaviy hisoblash miqdorining foiz stavkasi;
4) bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) bir baravari miqdorida.
Bunda: 1 ga tabiiy suv havzasiga eng yuqori 100 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida.
1) 10 x 1 x 100% x 223000 / 100 — 22 300 soʻm — 10 kg.
2) 10 x 1 x 90% x 223000 / 100 — 20 070 soʻm — 30 kg.
3) 10 x 1 x 80% x 223000 / 100 — 17 840 soʻm — 50 kg.
4) 10 x 1 x 70% x 223000 / 100 — 15 610 soʻm — 70 kg.
5) 10 x 1 x 60% x 223000 / 100 — 13 380 soʻm — 80 kg.
6) 10 x 1 x 50% x 223000 / 100 — 11 150 soʻm — 90 kg.
7) 10 x 1 x 40% x 223000 / 100 — 8 920 soʻm — 100 kg.
8) 10 x 1 x 30% x 223000 / 100 — 6 690 soʻm — 100,1 kg. dan yuqori.
1 ga suv havzasiga eng past 30 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi — 6 690 soʻm.
(10 x 1 x 30% BHM/ 100) — 6 690
Izoh. Bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishi bilan birga ijara haqi summasining miqdori ham oʻzgaradi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 139-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 166-modda):
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
4-bandning uchinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“14. Vakolatli organ mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng uch kun muddatda arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini koʻrib chiqadi, talab etiladigan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda bartaraf etish uchun arizachiga qaytaradi.”
“15. Vakolatli organ arizachi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilib, tegishli toʻlovlar amalga oshirilganidan soʻng oʻttiz ish kunidan oshmagan muddatda quyidagilarni amalga oshiradi:”;
uchinchi xatboshidan “(veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifatini muvofiqlashtiruvchi xalqaro standartlar ishlab chiqaruvchi tashkilotda joriy etilgan boʻlsa)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“16. Vakolatli organ mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng oʻttiz ish kunidan kechiktirmay, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashga xulosalar takdim qiladi. Ilmiy-texnik kengash roʻyxatdan oʻtkazganlik guvohnomasi berish yoki berishning rad etilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.”;
“18. Mahalliy ishlab chiqaruvchilardan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish, amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha arizani koʻrib chiqish, shuningdek, ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan ishlarning bajarilishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida yigʻim undiriladi.”;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi qoshidagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazi” soʻzlari “vakolatli organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshiga “voz kechgan taqdirda” soʻzlaridan keyin “yoki guvohnoma berish rad etilganda” soʻzlari qoʻshilsin;
“Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish, uni oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, dublikat berish, amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish uchun xorijiy ishlab chiqaruvchi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi vakili) tomonidan taqdim etilgan arizaning koʻrib chiqilishi uchun undiriladigan yigʻim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan vakolatli organida yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlar miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.”;
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
I bosqich
Arizachi
1. Ushbu Nizomning 8-bandiga asosan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Vakolatli organga hujjatlarni bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Arizachining
xohishiga koʻra
II bosqich
Vakolatli organ
Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat nusxasi hujjatlarning qabul qilingan sanasi koʻrsatilgan holda vakolatli organ tomonidan darhol arizachiga beriladi (yuboriladi).
Hujjatlar qabul qilingandan
keyin 3 kun muddatda
III bosqich
Vakolatli organ.
Ilmiy-texnik kengash
Hujjatlarni koʻrib chiqadi, Nizomning 15 va 16-bandlarida koʻrsatilgan ishlarni amalga oshiradi va shu asosda xulosa tayyorlaydi:
1. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish yoki uni rad etish.
2. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning roʻyxatga olish boʻyicha sinov ishlarini oʻtkazish.
3. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni sinash natijalari boʻyicha xulosa berish.
Hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz ish kuni mobaynida Sinovlar dasturiga muvofiq muddatlarda
IV bosqich
Vakolatli organ
Arizachiga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini beradi (yuboradi) yoki roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berilishini rad etish toʻgʻrisida arizachini yozma shaklda xabardor qiladi.
Tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay
”;
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazi
ROʻYXATGA OLISH GUVOHNOMASI № 000-000
Ushbu guvohnoma _____________________________________________________________________ ga shu haqda berildiki,
(tadbirkorlik subyekti nomi)
mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq:
shaklida _______________________________________________________________________________________________
maqsadida qoʻllash uchun ___________________________________________________________________________________.
№ VP-0000-00 raqami bilan reyestrga kiritildi.
20___ yil “___” _____________ da
5 yil muddatga.
Ushbu guvohnoma mazkur veterinariya dori vositalari yoki ozuqabop qoʻshimchalarni sotib olish uchun majburiyat, shuningdek, sifat sertifikati hisoblanmaydi.
(Vakolatli organ rahbarining F.I.O., imzosi va muhri)
”;
3-ilovadagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi boshligʻiga” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazi direktoriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovaning 3 va 11-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“vakolatli organ — davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha tashishga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi;”
“30. Barcha turdagi veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish, veterinariya talablarini bajarish, shu jumladan veterinariya ishlovi berish va laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilishi hamda xalqaro, davlatlararo va mamlakat ichida veterinariya kuzatuvi hamda inspeksiya oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa turdagi ish va xizmatlar boʻyicha xarajatlar nazoratdagi tovarlarning egasi tomonidan qoplanadi.”;
31-bandning birinchi xatboshidagi “ariza bilan” soʻzlaridan keyin “vakolatli organga yoki” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshidagi “yetti kalendar kun” soʻzlari “ikki ish kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Bunda importyor davlatning talabidan va tovarning xavflilik darajasidan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonalarini importyor davlatning reyestriga kiritish bilan bogʻliq harakatlar kirmaydi”;
34-bandidagi “taqdim etilgan” soʻzlari “vakolatli organ orqali yuboriladigan arizachining murojaatida koʻrsatilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantiri qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “vakolatli organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
42-bandda “tuman veterinariya boʻlimlari” soʻzlari “tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-bandning birinchi xatboshidagi “qogʻoz formatida” soʻzlaridan keyin “vakolatli organga yoki” soʻzlari qoʻshilsin;
“45. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari vakolatli organ orqali yuboriladigan arizachining murojaatida koʻrsatilgan import qilinuvchi nazoratdagi tovarlarni saqlash shartlari, foydalanilishi (erkin sotuvga qoʻyish, laboratoriyada va boshqa tekshirishlar, qayta ishlash va boshqalar) hamda tegishli hududning epizootik holatini ikki ish kuni mobaynida oʻrganib chiqadi. Oʻta xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlash maqsadida karantin qilish zarur boʻlganda belgilangan muddat uch haftagacha uzaytirilishi mumkin.”;
“46. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari vakolatli organ tomonidan yuborilgan arizachi murojaatida koʻrsatilgan tovarning xavflilik darajasidan kelib chiqib, hududdagi epizootik holat va karantin tadbirlarini oʻtkazish imkoniyatini hisobga olgan maʼlumotni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qogʻoz formatida vakolatli organga taqdim etadi.”;
48-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“mahsulot yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi davlatlarga nisbatan taqiq (cheklov) oʻrnatilganda”;
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri tegishli veterinariya boshqarmalariga” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “vakolatli organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(2-band “g” kichik bandining oʻttiz birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son)
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Nazoratdagi tovarlarni eksport qilishda ruxsatnoma berish
1. Ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan roʻyxatga muvofiq zarur ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Arizalarni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qogʻoz formatda vakolatli organga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga taqdim etadi.
Arizachi xohishiga koʻra
II bosqich
Vakolatli organ
1. I-kategoriyasiga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga tovar kelib chiqishi va eksportyor davlat talabiga mos kelishini oʻrganish uchun yuboradi.
II va III-kategoriyalariga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlari bilan kelishilmaydi va vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
2. Taqdim etilgan arizalarni koʻrib chiqadi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qogʻoz formatda nazoratdagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish uchun ruxsatnoma beradi yoki rad etishning asosi koʻrsatilgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
3. Tranzit ruxsatnomasini olish uchun tegishli davlatlarning markaziy davlat veterinariya xizmatiga murojaat qiladi.
1. Bir ish kuni mobaynida
2. Uch ish kuni mobaynida
3. Tranzit davlatlarining milliy qonunchiligida belgilangan muddatlarda
III bosqich
Vakolatli organ
1. Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga, shuningdek yuk egasiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qogʻoz formatda berilgan ruxsatnomalarni taqdim etadi.
2. Olingan tranzit ruxsatnomalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga, shuningdek yuk egasiga taqdim etadi.
1. Uch ish kuni mobaynida
2. Uchinchi davlatdan tranzit ruxsatnomasi olingandan keyin
”;
2a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Nazoratdagi tovarlarni import qilishda ruxsatnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
I bosqich
Arizachi — yuridik yoki
jismoniy shaxs
1. Ushbu Nizomning 44-bandida koʻrsatilganr roʻyxatga muvofiq zarur ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Arizalarni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qogʻoz formatda vakolatli organga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga vakolatli organga taqdim etadi.
Arizachi
xohishiga koʻra
II bosqich
Vakolatli organ
1. Roʻyxatdagi hujjatlarni qabul qiladi, arizachiga hujjat qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda nusxasini qaytaradi (yuboradi).
2. I-kategoriyasiga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga hududning epizootik holati va hayvonlarni karantin qilish imkoniyatini oʻrganish uchun yuboradi.
II va III-kategoriyalariga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlari bilan kelishilmaydi va vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Uch ish kuni
mobaynida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari
Arizalarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya, veterinariya-sanitariya talablariga asosan import qilinishi moʻljallangan I-kategoriyaga kiruvchi nazoratdagi tovar keltiriladigan hududning epizootik holatini oʻrganadi va tegishli maʼlumotni vakolatli organga yuboradi.
Ikki ish kun
mobaynida
Vakolatli laboratoriyalar
Nazoratdagi tovarlarning xavflilik darajasiga qarab vakolatli organ koʻrsatmasiga asosan nazorat tartibida import qilingan tovarlarning veterinariya normalariga mos kelishi boʻyicha laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Tovar turiga qarab, biroq 30 kun muddatdan oshmagan holda
III bosqich
Vakolatli organ
1. Taqdim etilgan arizani koʻrib chiqadi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qogʻoz formatda nazoratdagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasidan import qilish uchun ruxsatnoma beradi yoki asosi koʻrsatilgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
2. Tranzit ruxsatnomasini olish uchun tegishli davlatlarning markaziy davlat veterinariya organiga murojaatqiladi.
1. Bir oy muddatda
2. Tranzit davlatlarining milliy qonunchiligida belgilangan muddatlarda
IV bosqich
Vakolatli organ
1. Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga, shuningdek, nazoratdagi tovar egasiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qogʻoz formatda berilgan ruxsatnomalarni taqdim etadi.
2. Olingan tranzit ruxsatnomalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga, shuningdek, nazoratdagi tovar egasiga taqdim etadi.
1. Uch ish kuni mobaynida
2. Uchinchi davlatdan tranzit ruxsatnomasi olingandan keyin
”;
2v-ilovaning “subyektlar” ustuni “I bosqich” pozitsiyasidagi “tuman (shahar) veterinariya boʻlimi” soʻzlari “tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi 963-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Xodimlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun har yili bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlov tashkilotlar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Zarur holatlarda, ish xaqi fondi doirasida (kam taʼminlangan oilalar, xodimning davolanishi, toʻy, maʼraka va boshqalar uchun) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli toʻlanadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 205-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 12-son, 224-modda) bilan tasdiqlangan Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandidagi “tuman veterinariya boʻlimi” soʻzlari “tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga elektron soʻrovga muvofiq maʼlumotlar ayirboshlashning dasturiy taʼminoti orqali ular maʼlumotlar bazasini shakllantirishlaridan oldin maʼlumotlar taqdim etadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga ularning maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati 15-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi 532-son qarorida:
a) 2-ilovaning 9-bandidagi “6-bandida” soʻzlari “7-bandida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning 31-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Tegishli malaka toifalariga ega boʻlgan veterinariya xizmati, shu jumladan boshqaruv xodimlarining oylik ish haqlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan budjet mablagʻlari hisobidan quyidagicha ustamalar belgilanadi:
ikkinchi toifali — 8,8 foiz;
birinchi toifali — 12,3 foiz;
oliy toifali — 21,1 foiz”.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ilovaning 14-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-apreldagi 131-F-son farmoyishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)