toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda kooperatsiyani rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va kichik tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, shuningdek muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya portalini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/392/0653-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son hamda “Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 2021-yil 17-noyabrdagi PQ-14-son qarorlariga muvofiq davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashgan “Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — Raqamli transformatsiya markazi) elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) ishlab chiqilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Raqamli transformatsiya markazining faoliyati xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlar, xorijiy va xalqaro moliya tashkilotlari grantlari, donorlik mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyashtiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Raqamli transformatsiya markaziga portal faoliyatiga oid quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
respublikada sanoat mahsulotlari, shu jumladan mahalliylashtirilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni sotish yoki sotib olish boʻyicha shartnomalarni tuzish uchun portalda sharoitlar yaratish;
portalda xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida munosabatlarning erkinligini va shartnomalarni tuzish shaffofligini taʼminlovchi mexanizmlarni tatbiq qilish;
respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining turlari, texnik tavsiflari va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda portalga joylashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi budjet va korporativ buyurtmachilar, shuningdek, strategik xarid qiluvchilar bilan birgalikda ularning kelgusi davr uchun davlat xaridlari reja-jadvallarining portalga muntazam ravishda kiritib borilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda har uch oyda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xarid faoliyatiga jalb qilish maqsadida respublikada ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning sanoat yarmarkalari oʻtkazib borilishini taʼminlasin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
Bunda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, mahsulotlarni zamonaviy dizayn asosida joylashtirishni hamda buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi shartnomalarning onlayn tarzda portal orqali tuzilishini nazarda tutsin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalarida respublikada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni xarid qilish boʻyicha buyurtmachi sifatida ishtirok etadiganlar 2-ilovaga muvofiq vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari tomonidan taʼminlanadi;
mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar respublikaning barcha isteʼmolchilari uchun tenderlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri elektron kooperatsiya birjasi portali orqali xarid qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi korxonalar ishlab chiqarilishi oʻzlashtirilgan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan sanoat yarmarkalarida koʻrgazmali ishtirok etishini taʼminlasinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
9. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda sanoat yarmarkalarini muntazam ravishda oʻtkazib borish joyi toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashqi bozorlar konyunkturasini doimiy oʻrgangan holda, import ulushi yuqori boʻlgan mahsulotlarni kelgusida respublikada ishlab chiqarilishini nazarda tutuvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish choralarini koʻrsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
833-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — Raqamli transformatsiya markazi) elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Elektron kooperatsiya portali) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avans — xarid qilish jarayonida buyurtmachi va yetkazib beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kiritiladigan, jumladan, tomonlarning zakalatlari (budjet buyurtmachilari bundan mustasno) va operatorning vositachilik yigʻimini oʻz ichiga olgan moliyaviy mablagʻlar summasi;
buyurtmachi — Elektron kooperatsiya portalida tovarlarni xarid qiluvchi yuridik shaxs;
yetkazib beruvchi — taklif etilgan shartlarda oʻzining Elektron kooperatsiya portalida qatnashib, savdolarda gʻolib chiqqan taqdirda, oʻzi ishlab chiqargan tayyor tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) yetkazib berish niyatini bildirgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning dilerlari;
agent — buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarga topshiriq shartnomasi asosida ularning Elektron kooperatsiya portalida qatnashishini taʼminlashga doir professional xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxs;
xarid shartnomasi — xaridlar boʻyicha huquq va majburiyatlarni belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachi va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi elektron tartibda tuziladigan bitim;
Oldingi tahrirga qarang.
raqamli ekotizim operatori — Raqamli transformatsiya markazi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
shaxsiy kabinet — buyurtmachi yoki yetkazib beruvchining elektron xaridlarda ishtirok etishi, shuningdek, zarur axborotni joylashtirishi yoki olishi imkoniyati taqdim etiladigan, individual login va parollarni koʻllash orqali foydalaniladigan Elektron kooperatsiya portalidagi shaxsiy sahifasi;
reja-jadval — Elektron kooperatsiya portalida davlat buyurtmachilari tomonidan joylashtiriladigan tovarlar tavsifi, xaridlar hajmi va muddatlarini nazarda tutuvchi hujjat;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKKP) — kliring elektron tizimi orqali Elektron kooperatsiya portalida tuzilgan xarid shartnomalari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi operatorning tarkibiy boʻlinmasi;
Elektron kooperatsiya portali — operatorning davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashgan, shu jumladan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan axborotlarni joylashtirish, ulardan foydalanish hamda elektron savdo yarmarkalari va xaridlarni oʻtkazishni taʼminlaydigan elektron platformasi;
oʻxshash tovarlar — funksional maqsadi, qoʻllanilishi, sifati va texnik xususiyatlari boʻyicha taqqoslanadigan, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodining (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) dastlabki 4 ta raqami bir xil boʻlgan tovarlar;
davlat xaridlari maxsus axborot portali — vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda koʻzdan kechirishni, shuningdek, amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari toʻgʻrisida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni toʻplashni taʼminlovchi veb-saytdir (maxsus elektron platforma).
Oldingi tahrirga qarang.
3. Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Raqamli transformatsiya markazi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda muntazam ravishda buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida erkin raqobat va narx shaffofligi tamoyillari asosida masofadan turib shartnoma tuzish imkoniyatiga ega elektron tijorat platformasini takomillashtirish choralarini koʻradi va doimiy ishlashini taʼminlaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
4. Elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) quyidagilarni:
a) bir necha mezonlar va koʻrsatkichlar boʻyicha izlash imkoniyatiga ega boʻlgan, muntazam yangilab boriladigan hamda quyidagilar:
10 ta belgidan iborat TIF TN kodlari bilan oʻzaro bogʻliqlikda har bir mahsulot turi boʻyicha tovar bozorining hajmi (ishlab chiqarish, import, eksport hajmi) toʻgʻrisidagi;
mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi, ularning texnik va narx koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi;
buyurtmachilarning kelgusi davr uchun xarid reja-jadvallari toʻgʻrisidagi;
mahalliy tashkilotlar negizida ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan istiqbolli mahsulot turlari roʻyxati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab oluvchi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va joylashtirishni;
b) tashkilotlar tomonidan kerakli shakllar onlayn rejimida mustaqil toʻldirilishi orqali mahalliy tashkilotlar uchun axborot maʼlumotlar bazasiga bepul kiritilishini;
v) yetkazib beruvchilar bilan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari oʻrtasida interaktiv hamkorlik qilish imkoniyatini;
g) davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan davlat xaridlari boʻyicha integratsiyasini;
d) davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyasini;
e) mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ular tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar reyestri yuritilishini va jamoatchilikka ochiqlanishini taʼminlaydi.
2-bob. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqlash tartibi
5. Mahalliy ishlab chiqaruvchi amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilgan yoki mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan talablariga mos keluvchi yuridik shaxs.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qaroriga 2-ilovada belgilangan muddatlardan soʻng mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat asosida aniqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
6. Amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilmagan mahalliy ishlab chiqaruvchi quyidagilar orqali aniqlanadi:
amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtganligi;
iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi (IFUT) boʻyicha tashkilot (ikki va undan ortiq faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno) faoliyat yuritishi;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning muvofiqlik sertifikati (agar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa) mavjudligi;
litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻlgan taqdirda, ushbu faoliyat uchun talab qilingan litsenziyaning mavjudligi;
tashkilot mulki boʻlgan yoki ijara shartnomasi asosida foydalanishga olingan ishlab chiqarish maydoni mavjudligi;
tashkilot mulki boʻlgan yoki ijara shartnomasi asosida foydalanishga olingan asbob-uskunalar mavjudligi;
tashkilotda mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, jumladan, ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlar mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha hokimlarning yordamchilari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishliligi boʻyicha sohaviy tarmoq xoʻjalik birlashmalari mutaxassislarini jalb qilgan holda amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqlash ishlari doimiy ravishda amalga oshiriladi.
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Portalga joylashtiriladigan mahsulot mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishi lozim.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga muvofiq beriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
Yetkazib beruvchi Portalga ariza bilan birgalikda yetkazib beriladigan mahsulotlar boʻyicha mahalliylashtirishning belgilangan minimal darajasiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar hamda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Yetkazib beriladigan mahsulotlar boʻyicha mahalliylashtirishning belgilangan minimal darajasiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlik yetkazib beruvchiga yuklanadi. Operator yetkazib beruvchining maʼlumotlari toʻgʻriligini nazorat qilish yoki tekshirishga haqli emas.
Davlat buyurtmachilari, raqobatchi-yetkazib beruvchilar va davlat organlarida mahalliylashtirish darajasi boʻyicha yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligiga shubha tugʻilgan taqdirda, ular maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun soliq organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Yetkazib berilayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirishning minimal darajasiga muvofiqligi toʻgʻrisida yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar ishonchsiz deb topilgan taqdirda, bunday yetkazib beruvchi Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyasining qaroriga koʻra insofsiz ijrochilar (yetkazib beruvchilar) reyestriga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan yetkazib beruvchilar hamda mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikati bekor qilingan mahsulot avtomatik ravishda Portaldan chiqariladi.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
Portal insofsiz ijrochilar (yetkazib beruvchilar) reyestrini eʼlon qilinishi va muntazam ravishda yangilanib borilishini taʼminlaydi.
8. Zarur boʻlganda yuridik shaxslar muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun talab etiladigan texnik hujjatlarni (texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari) taqdim etadi.
3-bob. Elektron kooperatsiya portali ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
9. Operator quyidagi huquqlarga ega:
Portalda joylashtirilgan maʼlumotlarga texnologik va axborot xavfsizligini taʼminlash talablarini belgilash;
buyurtmachi tomonidan xaridlarni amalga oshirish toʻgʻrisida eʼlon va xaridlar reja-jadvallari joylashtirilmagan hollarda xaridlarni amalga oshirish natijalari haqidagi axborotni chop etish.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
10. Operatorning majburiyatlari:
Portalning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Portalda mavjud boʻlgan axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning bepul erkin foydalanishini taʼminlash;
integratsiya masalalari hamda davlat axborot tizimlari va davlat elektron axborot resurslari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha maxsus vakolatli organ bilan hamkorlikni amalga oshirish;
xaridlar natijalari boʻyicha tovarlar, ishlar, xizmatlar narxlari maʼlumotlar bazasini tashkil etish va yangilab borish;
Portalda tuzilgan shartnomalar reyestrlarini shakllantirish va yuritish;
Portalda joylashtirilgan axborotning yaxlitligini taʼminlash;
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda axborotdan foydalanish imkoniyatini yaratish;
Portalni bosqichma-bosqich takomillashtirish, logistika, marketing va boshqa axborot tizimlariga ulash kabi xizmatlar majmuasini kengaytirish;
maʼlumotlar bazasida axborotni Portalga joylashtirilgan davrdan boshlab besh yil mobaynida saqlash;
davlat buyurtmachilarining Portal orqali tuzilgan shartnomalari davlat xaridlari maxsus axborot portaliga avtomatik rejimda yuborilishini taʼminlash;
buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar uchun HKKPda alohida shaxsiy hisobvaraqlar ochish;
buyurtmachilar va ishtirokchilarga shaxsiy kabinetlar tashkil etish;
maʼlumotlari yetarli boʻlmagan oferta takliflarini joylashtirish monitoringini olib borish;
odob-axloq qoidalariga rioya etish.
Portal faoliyati doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Operator davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari subyektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek, davlat xaridlari subyektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas.
11. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari quyidagi maʼlumotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari toʻgʻrisidagi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi va Bojxona qoʻmitasi tomonidan sanoat mahsulotlarining import va eksport hajmi toʻgʻrisidagi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
davlat buyurtmachilari kelgusi davr uchun davlat xaridlarining reja-jadvallarini va davlat xaridlarining oʻtgan yildagi amaldagi hajmi, shu jumladan, import tovarlari toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan oʻzlashtirilishi istiqbolli mahsulot turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Portalga oʻz vaqtida kiritilishini, ularning ishonchliligi, toʻliqligi va yangilab borilishini taʼminlaydilar.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Soliq qoʻmitasi hamda Raqamli transformatsiya markazi elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar yuzasidan yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazilganligi toʻgʻrisida yuborilgan va tasdiqlangan elektron hisob-fakturalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Elektron kooperatsiya portali orqali oʻzaro almashinuvini taʼminlaydi.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
12. Barcha foydalanuvchilar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish uchun ochiq axborotdan foydalanishda yoki ularni uchinchi shaxslarga berishda majburiy tarzda Portalga havola qilgan holda uning ishonchliligini taʼminlashlari zarur.
4-bob. Elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Portalga ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari turlari va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan jadvallarga asosan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
14. Buyurtmachilar (budjet buyurtmachilari bundan mustasno) va yetkazib beruvchilar Portalga elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yordamida elektron roʻyxatdan oʻtish orqali kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Davlat buyurtmachilari Portalga davlat xaridlariga oid xaridlar reja-jadvallarini davlat xaridlari maxsus axborot portali orqali Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi va operator oʻrtasida axborot almashish yoʻli bilan joylashtiradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
16. Portalda joylashtirilgan xaridlar reja-jadvali quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
xarid predmeti va miqdori;
xarid qilish oyi;
buyurtmachining nomi va manzili;
xarid predmetini moliyalashtirish manbalari;
tovarlarni yetkazib berish muddatlari va shartlari.
17. Yetkazib beruvchilar Portalga oʻzlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
taklif etilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi va 10 ta belgidan iborat Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining kodlari;
sotish narxi;
tovarning eng koʻp va eng kam hajmi;
tovarning rusumi va texnik parametrlari (texnik pasport yoki boshqa hujjat asosida);
oʻzlari ishlab chiqargan tovarning fotosurati;
tovar yetkazib beriladigan hudud;
kafolat shartlari va muddati haqida maʼlumot;
tovarning ishlab chiqarilgan yili;
tovarning yaroqlilik muddati;
yetkazib berish muddati;
zarur hollarda litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoki sertifikat mavjudligi toʻgʻrisidagi axborot.
18. Buyurtmachi va yetkazib beruvchilar tomonidan Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, haqqoniyligi va mazmuni bilan bogʻliq huquqiy oqibatlar uchun operator javobgar boʻlmaydi.
19. Yetkazib beruvchilarning oferta takliflarini xaridga kiritish portalga mazkur nizomning 17-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni toʻliq kiritilgandan soʻng uch ish kuni davomida amalga oshiriladi.
5-bob. Elektron kooperatsiya portali orqali xaridlarni amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
20. Iqtisodiyot va moliya vazirligi operator uchun oʻzining axborot tizimida maxsus shaxsiy hisobvaraqlar ochadi va operatorga pul mablagʻlarini boshqarish vakolatini beradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
21. Buyurtmachilar, budjet buyurtmachilardan tashqari, va yetkazib beruvchilar xaridlarda ishtirok etishdan oldin HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga tovar (ish va xizmatlar) boshlangʻich qiymatining 1,1 foizi miqdorida avansni joylashtiradi.
Avans shartnoma summasining 1 foizi miqdoridagi zakalat hamda shartnoma summasining 0,1 foizi miqdoridagi operatorning vositachilik yigʻimini oʻz ichiga oladi.
Bunda muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalari doirasida xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuziladigan miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha boʻlgan shartnomalar boʻyicha ishtirokchilardan avans talab etilmaydi hamda ulardan vositachilik yigʻimi olinmaydi.
Korporativ buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar oʻzlarining HKKPdagi hisobvaraqlarida avans toʻlovining miqdori yetarli boʻlgan hollarda Portalda tashkil etiladigan elektron xaridlarda ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.
Budjet buyurtmachilari esa ularning HKKPdagi hisobvaraqlarida operatorning vositachilik yigʻimi summasi miqdori mavjud boʻlgan taqdirda, elektron xaridlarda ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.
22. Buyurtmachilar (davlat buyurtmachilari bundan mustasno) Portalda tovar joylashtirgan yetkazib beruvchilar bilan avtomatik ravishda elektron tarzda shartnoma tuzadi.
Portalda roʻyxatdan oʻtkazilgan ishtirokchilarning hech biri dastlabki taklifdan pastroq narxni taklif qilmasa, Portal buyurtmachi va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazadi.
Bunda xaridlar toʻxtatilishi muddati ish kuni va ish vaqtiga toʻgʻri kelishi lozim.
23. Davlat buyurtmachisi Portaldagi elektron tijorat platformasida yetkazib beruvchilarning ofertalarini oʻrganish yoʻli bilan oʻzi uchun zarur boʻlgan tovarni tanlaydi va tovar tanlanganidan keyin narxlar soʻrovi mexanizmidan foydalanadi.
Elektron kooperatsiya portali avtomatik tarzda ofertani taklif etgan yetkazib beruvchiga hamda ushbu portalda oʻxshash tovarni taklif etayotgan boshqa yetkazib beruvchilarga narx soʻrovini yuboradi.
Yetkazib beruvchilar Elektron kooperatsiya portali tomonidan narx soʻrovi yuborilgan paytdan boshlab qirq sakkiz soat ichida pastroq narx takliflarini berishga haqli.
Yetkazib beruvchilar tomonidan berilgan narx boʻyicha takliflarni taqqoslash Elektron kooperatsiya portali tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Elektron kooperatsiya portalida shartnoma davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan yetkazib beruvchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda yetkazib beruvchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiriladi.
24. Agar narx soʻrovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx buyurtmachi tomonidan tanlangan narxdan 15 va undan ortiq foizga past boʻlsa, ishtirokchi buyurtmachi tomonidan tanlangan ofertaning narxi va oʻzi tomonidan taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni xarid predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart.
Qoʻshimcha zakalat mavjud boʻlmagan taqdirda ushbu takliflar elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
25. Portalda tuzilgan bitim elektron roʻyxatga olinadi, buyurtmachi va yetkazib beruvchining shaxsiy hisobvaragʻidan operatorning vositachilik toʻlovi yechib olinadi. Bitimni roʻyxatga olish ushbu portalda shartnomani shakllantirish va unga oʻziga xos raqam berish bilan amalga oshiriladi.
Buyurtmachi va yetkazib beruvchi oʻrtasida ERIdan foydalangan holda Elektron kooperatsiya portalida tuzilgan shartnoma tegishli shaklda tuzilgan hisoblanadi.
26. Operator davlat buyurtmachilarining shartnomalari boʻyicha maʼlumotni avtomatik rejimda davlat xaridlari maxsus axborot portaliga yuboradi. Davlat xaridlari maxsus axborot portali shartnoma maʼlumotlarini davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritadi.
6-bob. Shartnomaviy majburiyatlar ijrosini taʼminlash tartibi
27. Buyurtmachilar (budjet buyurtmachilari bundan mustasno) hamda elektron xaridlarni amalga oshirish jarayonida eng maqbul narx taklif etgan yetkazib beruvchilar tomonidan kiritilgan zakalatlar taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar ijrosini taʼminlash maqsadida majburiyatlar toʻliq bajarilgunga yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyiladi.
Shuningdek, ishtirokchilarning kiritgan avans toʻlovlari elektron xaridlarda gʻolib aniqlangunga qadar band qilib qoʻyiladi.
28. Portal orqali elektron xaridlarni amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasida oldindan toʻlov shartlarisiz shartnomalar tuzilgan hollarda buyurtmachilar shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn bank ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga shartnoma summasining 100 foizi miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazishni taʼminlash majburiyatini oladi.
Portal orqali elektron xaridlarni amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasida oldindan toʻlov shartlari bilan shartnomalar tuzilgan hollarda, buyurtmachilar shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn bank ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga shartnomada belgilangan oldindan toʻlov miqdoridagi summa oʻtkazilishini taʼminlash majburiyatini oladi.
Buyurtmachilar ushbu bandning birinchi-ikkinchi xatboshilarida keltirilgan majburiyatlarni belgilangan muddatlarda bajarmagan taqdirda, majburiyatni bajarish muddati tugagan kundan boshlab uch bank ish kuni mobaynida elektron shaklda majburiyatlar lozim darajada bajarilmayotganligi boʻyicha buyurtmachiga xabarnoma yuboradi va xabarnoma yuborilgandan keyingi besh bank ish kunidan soʻng buyurtmachilarning zakalat summasi mahsulot yetkazib beruvchilarning HKKPsidagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
29. HKKP buyurtmachidan elektron tijorat platformasi orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha tushgan toʻlov summasini band qilib qoʻyadi va pul mablagʻlari tushgan kunning ertasidan bir ish kunidan kechikmagan muddatda elektron shaklda toʻlovni amalga oshirish boʻyicha yetkazib beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Mazkur xabarnoma yetkazib beruvchiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Yetkazib beruvchi tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) HKKP tomonidan toʻlov amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xabarnomasiz yetkazib berilgan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tovarlar uchun toʻlovni amalga oshirmaslik xavfi yetkazib beruvchining zimmasida boʻladi.
Korporativ buyurtmachilar shartnoma boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilgandan keyin uch bank ishi kuni mobaynida oʻzining shaxsiy kabineti orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) toʻliq hajmda qabul qilganligini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet buyurtmachilari shartnoma boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilgandan soʻng uch bank ish kuni mobaynida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻgʻrisidagi axborotni budjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi (keyingi oʻrinlarda — OʻzBTAD) orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — DMBAT)ga kiritadi.
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
Budjet buyurtmachilari shartnoma asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi axborotni DMBAT olgandan soʻng ushbu maʼlumotlarni bir bank ish kuni mobaynida maʼlumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali Operatorga yuboradi.
30. Portal elektron xaridlarning yakunlariga koʻra buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarning har biridan bitim summasining 0,1 foizi miqdoridagi operatorning vositachilik yigʻimini ushlab qoladi.
31. Ishtirokchilar va korporativ buyurtmachilarning bandi bekor qilingan pul mablagʻlaridan ularning topshiriqlariga asosan boshqa elektron davlat xaridlarida avans toʻlovlari sifatida foydalanilishi mumkin yoki xizmat koʻrsatadigan banklardagi ularning hisobvaraqlariga qaytariladi.
32. Tomonlar shartnomani bajarishni rad etganda yoki uni bajarishdan boshqacha tarzda bosh tortganda, buyurtmachi yoki yetkazib beruvchi sudga murojaat etish huquqiga ega.
33. Portal tomonidan amalga oshirilgan xarid qilish tartib-taomillarining boshqa turlari boʻyicha amalga oshirilgan xaridlar yuzasidan HKKP sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni banddan yechishni va/yoki tegishli hisobvaraqqa oʻtkazishni amalga oshiradi.
Bunda HKKP yetkazib beruvchining zakalati jarima sifatida budjet buyurtmachisiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni budjet buyurtmachisining budjetdan tashqari tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazishni amalga oshiradi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
34. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
“Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
“Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining elektron kooperatsiya portali faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Ijrochilar

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari (ishlar, xizmatlar) turlari, hajmi, texnik tavsiflari, sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;

import qilinayotgan va eksportga yoʻnaltirilayotgan mahsulotlar turlari va hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;

talab yuqori boʻlgan va oʻzlashtirilishi tavsiya etilgan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar roʻyxatini Elektron kooperatsiya portaliga joylashtiriladi.

Har chorakda

2-bosqich

Raqamli transformatsiya markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi

Buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida erkin raqobat va narx shaffofligi tamoyillari asosida masofadan turib shartnoma tuzish imkoniyatiga ega elektron tijorat platformasini takomillashtirish va doimiy ishlashini taʼminlanadi.

Doimiy ravishda

3-bosqich

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, davlat buyurtmachilari

Kelgusi davr uchun davlat xaridlarining reja-jadvallari va davlat xaridlarining oʻtgan yildagi amaldagi hajmi, shu jumladan, import tovarlari xaridi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Elektron kooperatsiya portaliga joylashtiradi.

Hisobot davri yakuni boʻyicha

4-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari

Respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari haqidagi maʼlumotlar toʻgʻri va haqqoniy kiritilishini taʼminlaydi va uni oʻz vaqtida yangilab boradi.

Doimiy ravishda

5-bosqich

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha hokimlarning yordamchilari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari

Amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqlaydi.

Doimiy ravishda

6-bosqich

Soliq qoʻmitasi, Raqamli transformatsiya markazi

Elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar yuzasidan yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazilganligi toʻgʻrisida yuborilgan va tasdiqlangan elektron hisob-fakturalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Elektron kooperatsiya portaliga taqdim etadi.

Doimiy ravishda

7-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Budjet buyurtmachilari tomonidan shartnoma asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi axborotni DMBAT olgandan soʻng ushbu maʼlumotlarni maʼlumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali Elektron kooperatsiya portaliga yuboradi.

Doimiy ravishda, bir bank ish kuni mobaynida

8-bosqich

Raqamli transformatsiya markazi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi

Elektron kooperatsiya portalini takomillashtirish hamda statistika, bojxona, sertifikatlashtirish, soliq, moliya organlari maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qiladi.

Doimiy ravishda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-jadval
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish toʻgʻrisida
MAʼLUMOT

Mahsulot nomi va texnik parametrlar

Texnik reglament, standart

TIF TN kodi

Mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagich kodi

Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat raqami

Yuridik shaxsning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili)

Telefon raqami

2-jadval
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT*

Mahsulot nomi va texnik parametrlar

Texnik reglament, standart

Mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagich kodi

Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat raqami

Oʻlchov birligi

Ishlab chiqarish hajmi

Oʻrtacha yillik ishlab chiqarish quvvati

miqdori

hajmi, ming soʻm

* Maʼlumotlar har oy yakuniga koʻra yirik tashkilotlar boʻyicha va yil yakuniga koʻra barcha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar boʻyicha yangilanib boriladi.
(1 va 2-jadvallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
3-jadval
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida
MAʼLUMOT**

TIF TN kodi

Mahsulot nomi

Oʻlchov birligi

Eksport hajmi

Import hajmi

miqdori

ming AQSH dollari

miqdori

ming AQSH dollari

** Maʼlumotlar har bir hisobot davri yakuniga koʻra yangilanib boriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/392/0653-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qaroriga
2-ILOVA
Muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalarida respublikada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni xarid qilish boʻyicha buyurtmachi sifatida ishtirok etuvchilar
ROʻYXATI

T/r

Buyurtmachilar guruhi

Buyurtmachilarni sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida qatnashishini taʼminlashga masʼul vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari

1.

Neft, gaz, kimyo va energetika sanoati tashkilotlari

Energetika vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ

2.

Sogʻliqni saqlash muassasalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

3.

Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

4.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

5.

Transport tashkilotlari

Transport vazirligi

6.

Qurilish, arxitektura va loyihalashtirish, shuningdek, issiqlik taʼminoti, ichimlik suvi taʼminoti, kanalizatsiya va taʼmirlash-tiklash tashkilotlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

7.

Irrigatsiya-meleoratsiya tizimi tashkilotlari

Suv xoʻjaligi vazirligi

8.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tashkilotlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

9.

Musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat muassasalari

Madaniyat vazirligi

10.

Mahsulotlarni import qiluvchi mahalliy tashkilotlar

Bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Togʻ-kon va metallurgiya sanoati tashkilotlari

“Navoiy KMK” AJ

“Olmaliq KMK” AJ

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ

12.

Avtomobilsozlik sanoati va qishloq xoʻjaligi texnikasi tashkilotlari

“Oʻzavtosanoat” AJ

13.

Boshqa tashkilotlar va sanoat tashkilotlari

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/833/3831-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 21.07.2022-y., 09/22/392/0653-son; 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son; 01.11.2024-y., 09/24/712/0874-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son; 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)