Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi tomonidan 1997-yil 18-iyunda (roʻyxat raqami 351, 1997-yil 1-iyul) tasdiqlangan Ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 1.2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari”.
2. 3.2-banddagi “Markazga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 3.4, 3.7, 3.8 va 6.2-bandlardagi “Markaz” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 6.3-banddagi “Markazga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 7-ilovadan “MOʻ” degan qisqartmasi chiqarib tashlansin.