1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimizda shahar va qishloq aholi punktlarida zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, qurilishni jadallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi va qurilish sohasida davlat boshqaruvining samarali mexanizmlari joriy etildi.
Shu bilan birga, tahlillar natijalari qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlashda bir qator kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi. Jumladan, manfaatdor shaxslar va jamoatchilik qurilish ishlari borishini kuzatish imkoniyatiga ega emas, mablagʻlardan notoʻgʻri foydalanish, obyektlarni oʻz vaqtida topshirmaslik, qurilishda past sifatli materiallardan foydalanish, qurilish ishlariga sohaning mutaxassisi boʻlmagan xodimlarni jalb qilish qurilish ishlarining sifatsiz bajarilishiga olib kelmoqda, respublika budjeti mablagʻlari, maqsadli jamgʻarmalar va buyurtmachilarning ortiqcha xarajatlariga sabab boʻlmoqda.
Qurilish vazirligi moddiy-texnik bazasining talab darajasida emasligi qurilish sohasidagi davlat xizmatlari koʻrsatish muddatlari buzilishiga, joylardagi qurilish boshqarmalari va boʻlinmalarining faoliyatini samarali tashkil etishga toʻsqinlik qilmoqda.
Qurilish sohasida korrupsiya va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflikni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligining:
Qurilish vazirligi faoliyatiga “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini joriy etish va uni 2020-yil 1-iyunga qadar Toshkent viloyatida markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalaridan, shu jumladan, investitsiya loyihalari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar (keyingi oʻrinlarda — obyektlar) qurilishi jarayonida tajriba tariqasida ishga tushirish;
tajriba natijalariga asosan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini 2021-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida real vaqt rejimida ishlashini taʼminlash;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020-yil 1-martga qadar davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hamda shaharsozlik hujjatlari va maʼlumotlarini jamoatchilikka onlayn rejimda taqdim etish imkonini beruvchi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)ni ishlab chiqish va test rejimida ishga tushirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2. Quyidagilar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
obyektlarning manzilli dasturi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan obyektlarning yillik manzilli roʻyxati shakllantirilishini, maʼlumotlar bazasini yangi qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash obyektlari boʻyicha turlarga boʻlib yuritilishini taʼminlash;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hududiy yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi ishlarining amalga oshirilishi, buyurtmachi bilan loyiha tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuzilishi va avans mablagʻlari ajratilishi hamda ishlar tugallanganligi toʻgʻrisidagi aniq va ishonchli maʼlumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilishi va yuritilishini taʼminlash;
loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda buyurtmachi va ekspertiza tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, koʻrsatilgan xizmatlarning moliyalashtirilganligi, tugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligiga oid elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
obyektlar qurilishini moliyalashtirishda pudratchi bilan buyurtmachi oʻrtasida shartnoma imzolanganligi va avans mablagʻlari toʻlanganligi, oyma-oy bajarilgan ishlarning hisobotini yuritish va bajarilgan ishlarga nisbatan mutanosib ravishda moliyalashtirilganligi toʻgʻrisidagi aniq va ishonchli maʼlumotlarning elektron bazasini shakllantirish;
obyektlar qurilishida ishtirok etayotgan barcha pudratchilar va yordamchi pudratchilar haqida maʼlumotlarni yigʻish, bajarilgan ish hajmlari asosida toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ish turlari boʻyicha maʼlumotlar bazalarini shakllantirish;
obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat va monitoring qilishda ularni roʻyxatga olish, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish boʻyicha maʼlumotlar bazalarini shakllantirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)dan foydalanish reglamenti loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2020-yil 1-yanvarga qadar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha konsepsiya va texnik topshiriq ishlab chiqsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)ning belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini idoralararo axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari, jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal) bilan integratsiyalash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
4. Qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish va shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiluvchi axborot tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishini tashkil etish va nazorat qilish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan samarali “ijro etilishi yuzasidan nazorat” (compliance control) tizimi joriy etilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
qurilish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda shaharsozlik normalari va qoidalari loyihalarida korrupsiyaga oid holatlarni keltirib chiqaruvchi normalarni aniqlash boʻyicha korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazilishini tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)ni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha tadbirlar rejalari tasdiqlanishini taʼminlash, mazkur tizimlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini nazorat qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
qurilish sohasiga axborot tizimlarini joriy etish orqali korrupsiya, byurokratik toʻsiqlar va tizimli muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
qurilish sohasining shaffofligini taʼminlash maqsadida qurilish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning belgilangan muddatlarda ijro etilishini monitoring qilish;
qurilish sohasiga axborot tizimlarini joriy etishda masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini taʼminlash;
joriy etilayotgan axborot tizimlarining joylarda samarali ishlashini va qoʻllanilishining yagona amaliyotini taʼminlash;
qurilish sohasiga axborot texnologiyalarining joriy etilishi, shu jumladan ularning korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga taʼsiri boʻyicha maʼlumotlarning keng ommaga yetkazilishini tashkil etish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
Komissiya faoliyat natijalari, shu jumladan axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakunlariga koʻra axborot kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining davlat muassasasi shaklidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, qurilish sohasida axborot xavfsizligini taʼminlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini yuritish va qoʻllab-quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va zarur dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalaridan, shu jumladan, investitsiya loyihalari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarda qurilish jarayonini monitoring qilishni yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini yangilab borish choralarini koʻrish, ularning boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi axborot xavfsizligiga tahdidlarni oʻz vaqtida aniqlash va unga qarshi kurashish, axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishining nazoratini va monitoringini amalga oshirish, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha texnik infratuzilmani joriy etish va rivojlantirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalaridan foydalanish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash yuzasidan qurilish sohasida ishtirok etuvchi idoralar xodimlarining bilim va koʻnikmasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
turli axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida axborot xavfsizligini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi yagona serverini tashkil qilish, yuritish va rivojlantirish;
Belgilab qoʻyilsinki, Markazning tuzilmasi va shtat birliklari soni uning faoliyat yoʻnalishlari va ish hajmidan kelib chiqqan holda vazir tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
asosiy faoliyatdan olingan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari grantlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
7. Shunday tartib belgilansinki, unga koʻra 2020-yil 1-yanvardan boshlab tegishli maqsadli dasturlar va alohida loyihalar doirasida jami qurilish xarajatlarining 0,05 foizi miqdoridagi mablagʻlar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash uchun obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha smeta xarajatlarida nazarda tutiladi hamda buyurtmachilar tomonidan Markaz hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Bunda ushbu mablagʻlarning 30 foizi “Budjet nazorati” elektron dasturini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi PF-183-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun xarid qilinadigan kompyuter texnikasi, server qurilmalari, kommunikatsiya uskunalari va dasturiy taʼminot roʻyxati 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
9. Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari hamda davlat tashkilotlari rahbarlari oʻzlarining idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiya qilishni va real vaqt rejimida uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik normalari va qoidalaridagi buyurtmachining boshqa xarajatlari tasnifiga “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining asosiy vazifalarini bajarish hamda obyektlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha monitoring olib borish yuzasidan belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Qurilish vazirligining 2020-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi sarf xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻlar ajratsin va 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Qurilish vazirligiga mablagʻlar ajratilishi jarayonida 2-ilovaga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yangilash uchun zarur uskunalarni xarid qilishni eʼtiborga olsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-sentabr,
PQ-4464-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4464-son qaroriga 1-ILOVA
Qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish va shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiluvchi axborot tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, Komissiya raisi
Sh.S. Xidoyatov
―
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisioʻrinbosari
Sh.B. Bakayev
―
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi
A.I. Ikramov
―
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
D.S. Qosimov
―
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
M.X. Saliyev
―
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri
B.T. Qoʻchqorov
―
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi
A.X. Abdullayev
―
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi
T.A. Ishmetov
―
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
O.B. Rustamov
―
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari
O.M. Umarov
―
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari
A.J. Tashkulov
―
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari
Sh.X. Xodjayev
―
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri oʻrinbosari
M.H. Eshnazarov
―
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi
B.S. Sodiqov
―
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi boshqarma boshligʻi, Komissiya kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4464-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun xarid qilinadigan kompyuter texnikasi, server qurilmalari, kommunikatsiya uskunalari va dasturiy taʼminot
ROʻYXATI
T/r
Nomi
soni (komplekt)
1.
Kompyuter (NP ENVY Desktop — 795-0030qd)
465
2.
Raqamli koʻp imkoniyatli qurilma (Canon MF241)
325
3.
Planshet-noutbuk 2 tasi 1 tada “GOOGLE PIXELBOOK”
310
4.
Plotter
14
5.
Videokonferensaloqa uchun videokamera
14
6.
Videokonferensaloqa uchun televizor 65
14
7.
Uzluksiz quvvat manbai
465
8.
Server qurilmasi
2
9.
Antivirus
465
10.
DLP tizimi
11.
MS SQL maʼlumotlar bazasi dasturiy taʼminoti
2
12.
Windows Server 2016 Standard operatsion tizim
2
13.
Videodevor 3x4 55``
1
14.
Axborot kioskalari
15
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 07/19/4464/3778-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)