Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 12-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 1462, 2005-yil 28-mart) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markaziga kiritilgan 2017-yil 26-dekabrdagi 1-6/37-1493/8-son taqdimnomaning talablari bajarilmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77, 01/1185-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1462, 2005-yil 28-mart) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.