1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.06.00.00 FHDY organlari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
Qarori
“Prokuratura organlari, sudlar, FHDY va davlat notarial idoralarining xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlarining meʼyorlari va ularni kiritish shartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2609-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda Bosh prokuraturasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasining 2014-yil 12-avgustdagi 16-Q/Q, 4, 5, 17-Q/Q-son “Prokuratura organlari, sudlar, FHDY va davlat notarial idoralarining xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlarining meʼyorlari va ularni kiritish shartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2609, 2014-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 426-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
36-2019-Q/Q-son
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
95-son
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
7-son
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
38-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasining 2019-yil 27-avgustdagi 36-2019-Q/Q, 95, 7, 38-son qaroriga ILOVA
“Prokuratura organlari, sudlar, FHDY va davlat notarial idoralarining xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlarining meʼyorlari va ularni kiritish shartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Nomi va 1-band “Prokuratura” degan soʻzdan keyin “va adliya” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
a) nomi “Prokuratura” degan soʻzdan keyin “va adliya” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) “Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar” boʻlimining 4-bandidagi “Prokuratura” degan soʻz “Prokuratura va adliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) “Texnik xodimlar” boʻlimi quyidagi mazmundagi 31 va 32-bandlar bilan toʻldirilsin:
“
31.
Adliya organlarida I va II toifali ish yurituvchi kotib
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining har bir tarkibiy tuzilmasiga 1 nafar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari uchun 1 nafardan xodim
32.
Rahbar kotibi
Respublika miqyosidagi har bir tashkilot rahbari va uning oʻrinbosarlari uchun 1 nafardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari uchun 1 nafar xodim
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 10/19/2609-1/3741-son)