toggle_night_mode
Hujjat 22.07.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻlovga qobiliyatsizlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4146-son qaroriga muvofiq hamda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari faoliyatining zarur normativ-huquqiy bazasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
1. Quyidagilar:
Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan sud boshqaruvchisi talabgoriga malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmati, mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oy oʻtgach amalga kiritiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.Ya. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-sentabr,
765-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qaroriga
1-ILOVA
Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq sud boshqaruvchilariga qoʻyiladigan professional va malaka talablarini, sud boshqaruvchilari vakolatlarini, shuningdek, sud boshqaruvchisiga mukofot toʻlash va malaka attestatini berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasining sud boshqaruvchisi attestatiga ega boʻlgan fuqarosi sud boshqaruvchisi hisoblanadi va u iqtisodiy sud tomonidan sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting baholash hisobga olingan holda:
kuzatuv tartib-taomilini joriy etishda — muvaqqat boshqaruvchi kreditor (kreditorlar) tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tayinlanadi. Muvaqqat boshqaruvchi nomzodi kreditorlar tomonidan taklif etilmagan taqdirda, u Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) yoki uning hududiy boshqarmasi yoxud Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) yoki uning hududiy boʻlinmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi;
sud sanatsiyasi tartib-taomilini amalga oshirishda — kreditorlar yigʻilishi yoki majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar yoki Agentlik yoxud uning hududiy boshqarmasi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tayinlanadi;
tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshirishda — tashqi boshqaruvchi har qanday kreditor tomonidan yoki Agentlik yoxud uning hududiy boshqarmasi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tayinlanadi;
bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash tartib-taomilini amalga oshirishda — tugatish boshqaruvchisini tashqi boshqaruvchini tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlatning ulushi boʻlgan korxona bankrot deb topilgan taqdirda Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi ham tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etishi mumkin;
jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirishda — moliyaviy boshqaruvchi qarzdor jismoniy shaxs yoki kreditorlar yoxud Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi yoxud Assotsiatsiya yoki uning hududiy boʻlinmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv yoxud tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini amalga oshirishda muvaqqat boshqaruvchi vakolatini amalga oshiruvchi shaxs nomzodi sud boshqaruvchisi sifatida koʻrib chiqilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
4. Assotsiatsiya Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholaydi va sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholash haqidagi maʼlumotlarni har chorakda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Iqtisodiy sud toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan kelib chiqib, quyidagi sud boshqaruvchilarini tayinlaydi:
kuzatuv tartib-taomilini amalga oshirish uchun — muvaqqat boshqaruvchi;
sud sanatsiyasi tartib-taomilini amalga oshirish uchun — sanatsiya boshqaruvchisi;
tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshirish uchun — tashqi boshqaruvchi;
bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash tartib-taomilini amalga oshirish uchun — tugatish boshqaruvchisi;
jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — moliyaviy boshqaruvchi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
6. Mustaqillik, obyektivlik va xolislik sud boshqaruvchisi faoliyatining asosiy tartibotlari hisoblanadi.
7. Sud boshqaruvchisi:
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
buxgalteriya hisobi, mol-mulkni baholash va menejmentga oid bilimlar asosiga ega boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asoslarini bilishi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
qarzdorni moliyaviy sogʻlomlashtirish va kreditorlar talablarini mutanosib ravishda qondirish yechimlarini topishi;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida professional bilimlarga ega boʻlishi, ularni doimiy ravishda takomillashtirishi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlishi — topshirilgan ishga vijdonan munosabatda boʻlishi, oʻz faoliyatini amalga oshirishda ijrochi, tashabbuskor, intizomli, bosiq, emotsional va ruhiy barqaror boʻlishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Sud boshqaruvchisi toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini oʻtkazish jarayoni davomida qarzdor va kreditorlarga nisbatan betaraf boʻlishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
9. Sud boshqaruvchisi oʻz vazifalarini bajarishda qarzdor va kreditorlar bilan mehnat munosabatlarida, shuningdek, ularning mulkdorlari va mansabdor shaxslari bilan mulkiy va boshqa manfaatlarga ega boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Sud boshqaruvchilariga qoʻyiladigan professional va malaka talablari
10. Sud boshqaruvchisi quyidagi asosiy malaka talablariga mos kelishi zarur:
oliy maʼlumotli boʻlishi;
kamida ikki yil mehnat stajiga ega boʻlishi;
Agentlikda attestatsiyadan oʻtishi.
11. Mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan asosiy talablardan tashqari sud boshqaruvchilariga quyidagi qoʻshimcha malaka talablari qoʻyiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
kuzatuv va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini amalga oshiruvchilarga — oʻrta boʻgʻin rahbari (sex boshligʻi, uchastka boshligʻi, boʻlim boshligʻi va boshqalar) sifatida ikki yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish yoxud toʻrtinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida yigirma toʻrt oydan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sud sanatsiyasi tartib-taomilini amalga oshiruvchilarga — rahbarlik lavozimida (tashkilotning rahbari, rahbar oʻrinbosari, bosh buxgalteri va boshqalar) ikki yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga yoxud uchinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida oʻn ikki oydan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshiruvchilarga — oʻrta boʻgʻin rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida besh yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga, shu jumladan rahbarlik lavozimida uch yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga yoxud ikkinchi toifadagi sud boshqaruvchisi boʻlib ishlagan davrda kamida ikki marta sud sanatsiyasi va (yoki) tugatishga doir ishlarni yuritish tartib-taomilini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi sifatida mehnat stajiga ega boʻlish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilini hamda jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshiruvchilarga — ikki yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyatni amalga oshirishga cheklovlar mavjud boʻlgan shaxslar sud boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas”;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
3-bob. Sud boshqaruvchisiga mukofotlar toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sud boshqaruvchisiga oʻz vazifalarini bajarishi uchun mukofot toʻlash miqdori kreditorlar yigʻilishi (kreditorlar qoʻmitasi) tomonidan belgilanadi va iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanadi. Sud boshqaruvchisiga mukofot “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda qarzdor mol-mulki hisobidan toʻlanadi, agar kreditorlar bilan kelishuvda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan boʻlmasa, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlarining oʻrni qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bergan arizachi tomonidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun toʻlanadi.
Davlat soliq xizmati organining arizasiga asosan jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik va (yoki) toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari sudga ariza bergan davlat soliq xizmati organi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun toʻlanadi.
Agar sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilmagan boʻlsa, sud qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani qaytaradi.
Iqtisodiy sudning tugatishga doir ish yuritish jarayonini yakunlash toʻgʻrisidagi ajrimi chiqarilganidan soʻng uch kun muddatda sudning depozit hisobvaragʻidan ushbu moddada belgilangan miqdorda sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari toʻlab beriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Iqtisodiy sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomillari tugatilganda yoki toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish yuritish tugatilganda, ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq nazarda tutilgan mukofot toʻlanmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Kreditorlar yigʻilishi qaroriga asosan sud boshqaruvchisiga uning ish faoliyati natijasi boʻyicha qoʻshimcha mukofot belgilanishi mumkin.
Toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirishda soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorlik qoplanganda, kreditorlar yigʻilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati yakunlariga koʻra “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasida muvofiq qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
4-bob. Sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish
22. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari sud boshqaruvchisi tomonidan oʻz vazifalariga rioya etilishini nazorat qiladi.
23. Agentlik oʻz vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
sud boshqaruvchisi faoliyatini qonunchilikka muvofiq tekshirish;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tekshirishlar oʻtkazishda paydo boʻladigan masalalar yuzasidan sud boshqaruvchisidan zarur tushuntirishlar va materiallarni soʻrash;
tekshirishlar natijalariga asosida aniqlangan qonun buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
sud boshqaruvchisiga aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish hamda ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
sud boshqaruvchisini ogohlantirish;
sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini toʻxtatish (bekor qilish) yoki toʻxtatib turish;
sud boshqaruvchisi tomonidan unga yuklangan vazifalarning tegishli darajada bajarilishini nazorat qilish boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
24. Sud boshqaruvchisi Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tekshirishlar oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni taʼminlashi, shu jumladan zarur axborot va materiallarni taqdim etishi shart.
Sud boshqaruvchisi uning faoliyatini tekshirish jarayonida Assotsiatsiya yoki uning hududiy boʻlinmasi xodimi kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini talab qilish huquqiga ega.
25. Agentlikning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi jarayonlari monitoringini yuritadi;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qiladi;
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq sud boshqaruvchisi faoliyatini tekshiradi;
(25-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi jarayonlari haqida kerakli boʻlgan maʼlumot va materiallarni sud boshqaruvchisidan soʻrab oladi;
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
tekshirishlar natijalari asosida aniqlangan qonun buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnoma tuzadi va Sud boshqaruvchilari attestatsiya komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) koʻrib chiqish uchun kiritadi;
sud boshqaruvchisi tomonidan unga yuklangan vazifalarning tegishli darajada bajarilishini nazorat qilish boʻyicha boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
5-bob. Talabgorlarning sud boshqaruvchisi attestatini olish (qayta attestatsiyadan oʻtish) toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
26. Sud boshqaruvchisi malaka attestatini (keyingi oʻrinlarda Attestat deb ataladi) olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Attestat Agentlik tomonidan ushbu Nizomga muvofiq sud boshqaruvchisi attestatini olishga talabgorlarni (keyingi oʻrinlarda talabgorlar deb ataladi) attestatsiyadan oʻtgan taqdirda beriladi.
Idoralararo axborot almashinuvi identifikatsiya qilish vositalarini majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyat Agentlik tomonidan quyidagi toʻrt toifaga muvofiq berilgan attestat asosida amalga oshiriladi:
yuridik shaxslar toʻlovga qobiliyatsizligining soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — toʻrtinchi toifadagi attestat;
kuzatuv, tugatishga doir ish yuritish, toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxs qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — uchinchi toifadagi attestat;
kuzatuv, sud sanatsiyasi, tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari va toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxs qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — ikkinchi toifadagi attestat;
kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari va toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxs qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — birinchi toifadagi attestat.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
29. Barcha toifadagi attestatlarning amal qilish muddati 5 yilni tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Talabgor attestat olish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun Markazga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning Agentlikka tushgan va Agentlik tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Talabgor yoki uning nomidan ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Markaz xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi. Soʻrovnomaga xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisida vakolatli davlat organi guvohnomasining nusxasi (mavjud boʻlsa), sud boshqaruvchisini tayyorlash boʻyicha oʻquv kursini oʻtaganligi toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasini va fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi boʻyicha advokat litsenziyasini (mavjud boʻlsa) ilova qiladi.
Soʻrovnomaga zarur maʼlumotlar rasmiylashtirilib kiritilgandan soʻng talabgor uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
Talabgorning soʻrovnomasida uning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Soʻrovnomada talabgor elektron manzilining koʻrsatilganligi uning soʻrovnoma boʻyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.
Quyidagi hujjatlar Agentlik tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda soʻrab oladi:
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari;
mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
sudlanganligi bekor boʻlganligi yoki olib tashlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumot;
talabgorning pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
31. Ikkinchi toifadagi attestatni olish uchun rahbarlik lavozimida kamida ikki yillik ish stajga ega boʻlmagan taqdirda, ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari Agentlikka iqtisodiy sudning:
sud boshqaruvchisi sifatida avvalgi tayinlanishlar toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
uchinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida kamida oʻn ikki oy vazifalarni ijro etganligini tasdiqlovchi toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-tomillarini amalga oshirilgani haqida sud boshqaruvchisining hisobotlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimlari nusxalari taqdim etiladi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
32. Talabgorning oʻrta boʻgʻin rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida kamida besh yillik mehnat staji, shundan rahbarlik lavozimida kamida uch yillik mehnat staji mavjud boʻlmaganda, birinchi toifadagi attestatni olish uchun ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari Agentlikka iqtisodiy sudning:
sud boshqaruvchisi sifatida avvalgi tayinlanishlar toʻgʻrisidagi;
sud boshqaruvchisining hisobotlarini tasdiqlash haqida, ikkinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida ishlagan davrda kamida ikkita sud sanatsiyasi va (yoki) tugatish ishlari tartibotlari yakunlangani toʻgʻrisidagi ajrimlarining nusxalari taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Attestat berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Attestat berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi undiriladi.
Attestat berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlovlari Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazga oʻzi kelib murojaat etganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Agentlikka oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Agentlikka oʻtkaziladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Talabgor Markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda oʻn daqiqada Agentlikka elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda Agentlikka yuboriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
6-bob. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va attestat berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
36. Agentlik soʻrovnoma tushgan kundan boshlab uch ish kunida talabgorning attestatsiyaga (qayta attestatsiyaga) qoʻyilishi yoki qoʻyilmasligini belgilaydi.
Bunda talabgor ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan malaka talablariga javob bermaganda, ushbu talabgor attestatsiyaga (qayta attestatsiyaga) qoʻyish rad etiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
361. Talabgor tomonidan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda, soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda, Agentlik talabgorga 5 ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.
Bunda talabgor YIDXP orqali murojaat etgan boʻlsa, Agentlik uning shaxsiy kabinetiga soʻrovnomani qabul qilmaslik toʻgʻrisida asoslantirilgan xabarnoma yuboradi yoki talabgor Markaz orqali murojaat etgan boʻlsa, Markaz uni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Talabgor besh ish kuni oʻtgandan keyin murojaat qilgan taqdirda, murojaat yangidan berilgan deb hisoblanadi va talabgordan yigʻim undiriladi.
362. Quyidagilar talabgorning attestatsiyaga (qayta attestatsiyaga) qoʻyilmasligi uchun asos boʻladi:
talabgor ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan malaka talablariga javob bermaganda;
ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda;
hujjatlarda yolgʻon yoki qalbaki maʼlumotlar koʻrsatilganligi aniqlanganda;
talabgor tomonidan ushbu Nizomning 361-bandida belgilangan muddatda hujjatlar qayta taqdim etilmaganda.
Soʻrovnomani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Attestatsiyaga (qayta attestatsiyaga) qoʻyilishi rad etilgan talabgor Markazga yoki YIDXP orqali rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin 10 ish kunida qayta soʻrovnoma berishi mumkin.
Takroriy topshirilgan hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi soʻrovnoma olingan kundan boshlab 3 ish kuni davomida Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlar takroran koʻrib chiqiladi.
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Agentlik tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
363. Attestatsiya (qayta attestatsiya) oʻtkazish kuni, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumot Agentlik tomonidan belgilanib, ushbu maʼlumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytida attestatsiya oʻtkazish sanasidan oʻn besh kun oldin joylashtiriladi.
(361, 362, 363-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
37. Talabgor attestat olish uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan maxsus dastur boʻyicha va muddatlarda test imtihoni topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Attestatsiya (qayta attestatsiya) soʻrovnoma Agentlikka kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechikmay imtihon shaklida oʻtkaziladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Test imtihoni topshirishda talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini (fuqarolik pasporti, identifikatsiya ID-kartasi, fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi kabilar) taqdim etadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan yoxud test imtihoniga kechikkan talabgorlar kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi, bu haqda talabgor Markaz (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
391. Agar talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikkinchi marta test imtihonini topshirish uchun kelmasa, talabgorga attestat berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish rad qilingan hisoblanadi. Bunda test imtihonidan oʻtish uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Hujjatlar mazkur Nizomda belgilangan umumiy tartibda qayta topshiriladi.
(391-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
40. Imtihon kompyuter dasturidan foydalangan holda, talabgori tanlagan tilda ellikta test savollariga javob berish shaklida oʻtkaziladi va javoblar uchun talabgorga bir soat vaqt ajratiladi.
41. Test savollari va javoblar variantlari Assotsiatsiya takliflarini hisobga olgan holda, Agentlik tomonidan sud boshqaruvchilarini oʻqitish boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus oʻquv dasturi asosida ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Test savollarining mazmuni va javoblar variantlari toʻlovga qobiliyatsizlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar asosida muntazam ravishda qayta koʻrib chiqiladi.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
42. Imtihon topshirish vaqtida Attestatsiya komissiyasining kamida ikki aʼzosi kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Imtihon topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:
qonunchilik hujjatlari va yoʻriqnoma materiallar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
mobil aloqa vositasi va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
imtihon kabinetidan tashqariga chiqish (test sinovi oʻtayotgan xonadan tashqariga chiqqan shaxslar qayta ichkariga kiritilmaydi).
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovi oʻtayotgan xonadan chiqarib yuboriladi va imtihondan oʻtmagan hisoblanadi.
Begona shaxslarga imtihonda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
44. Imtihon yakunlangandan keyin talabgor natijalar bilan tanishib, kuzatuvchilar bilan birgalikda imtihon natijalari blankasini imzolaydi.
45. Agar attestat talabgori imtihon natijalaridan norozi boʻlsa yoki natijalar blankasini imzolamasa, blanka attestatsiya komissiyasining ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi. Attestatsiya komissiyasining ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolangan natijalar blankasi imtihoni natijalarini qayd etish uchun asos hisoblanadi.
46. Imtihon yakunlari boʻyicha talabgor olingan natijalar asosida attestatsiyadan oʻtgan yoki attestatsiyadan oʻtmagan deb tan olinadi.
47. Imtihon natijalari Attestatsiya komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Talabgorga attestatsiya natijalariga asosan quyidagi toifadagi attestatlardan biri beriladi:
savollarning kamida 85 foiziga toʻgʻri javob berganda — birinchi toifa;
savollarning kamida 75 foiziga toʻgʻri javob berganda — ikkinchi toifa;
savollarning kamida 65 foiziga toʻgʻri javob berganda — uchinchi toifa;
savollarning kamida 50 foiziga toʻgʻri javob berganda — toʻrtinchi toifa.
Test imtihonining natijalari imtihon oʻtkazilgan kundan soʻng uch ish kunida Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Test imtihonining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida test imtihoni onlayn rejimda namoyish etiladi va uni oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir Agentlikda uch yil mobaynida saqlanadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtmagan yoki attestat toifasini oshirish istagi boʻlgan talabgor test imtihonini takroran topshirish uchun attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt oʻtgandan soʻng ushbu Nizomda belgilangan tartibda test imtihonidan oʻtishga yoki attestat toifasini oshirish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Attestatsiyani qayta topshirish yakunlariga koʻra talabgor attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda, shuningdek, Agentlik qaroriga asosan attestatning amal qilish muddati toʻxtatilganda (bekor qilinganda), talabgor navbatdagi attestatsiyaga faqat sud boshqaruvchilarini tayyorlash dasturi boʻyicha oʻquv kursini belgilangan tartibda takroran oʻtagandan keyin qoʻyiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
52. Talabgor imtihon natijalari yuzasidan oxirgi imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab bir oy mobaynida apellyatsiya berish huquqiga ega.
Talabgorning test imtihoni natijalaridan rozi emasligi apellyatsiya berishga asos boʻlishi mumkin.
53. Talabgor asosli eʼtirozlari bayon qilingan apellyatsiyani Attestatsiya komissiyasi raisi nomiga beradi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u berilgan kundan boshlab uch kundan oshmasligi kerak. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Apellyatsiyani qayta berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
54. Talabgor Attestatsiya komissiyasi qaroridan rozi boʻlmagan taqdirda, uning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Agentlik test imtihonining natijalari tasdiqlangandan soʻng uch ish kuni ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan attestatni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq rasmiylashtiradi va uni oʻz elektron raqamli imzosi (ERIsi) bilan tasdiqlaydi hamda Markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Markaz attestat olingandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Talabgorning soʻroviga koʻra Markaz attestatni elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Agentlik berilgan attestatlar toʻgʻrisida Sud boshqaruvchilarining yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
7-bob. Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
57. Agentlik Reyestrni elektron shaklda yuritadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Reyestrda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar ((JSHSHIR maʼlumotlari) va yashash manzili;
attestat olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ish joyi (mavjud boʻlsa);
bogʻlanish maʼlumotlari;
attestatning hisobga olish seriyasi, raqami va berilgan sanasi;
attestat toifasi;
attestatning amal qilish muddati;
attestatning amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi toʻxtatilganligi, bekor qilinganligi va qayta rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Agentlik zarur deb hisoblaydigan boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
59. Sud boshqaruvchisi Reyestrga tegishli yozuvlarni qayd qilish yoʻli bilan kiritiladi.
60. Reyestr haqidagi maʼlumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
61. Sud boshqaruvchisi Reyestrdan ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha attestatning amal qilishini toʻxtatish (bekor qilish) toʻgʻrisida Agentlikning qarori asosida chiqariladi.
62. Agentlik tomonidan sud boshqaruvchisini Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida Reyestrda tegishli yozuv qayd qilinadi.
63. Sud boshqaruvchisining Reyestrdan chiqarilgan hujjatlarini saqlash muddati chiqarilgan kundan boshlab kamida besh yil boʻlishi zarur.
8-bob. Attestatsiya komissiyasining ish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
64. Attestatsiya komissiyasi talabgorlarni attestatsiyadan va sud boshqaruvchilarini qayta attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadigan kollegial organ hisoblanadi.
Attestatsiya komissiyasining shaxsiy tarkibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga Agentlik rahbar xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimlari hamda Assotsiatsiya raisi (kelishuvga koʻra) kiritiladi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibi rais, ikki nafar rais oʻrinbosari, toʻrt nafar aʼzo va komissiya kotibidan iborat. Komissiya kotibi ovoz berish huquqiga ega emas. Agentlik direktorining oʻrinbosari lavozimiga koʻra attestatsiya komissiyasi raisi hisoblanadi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Attestatsiya komissiyasining majlislari zarurat boʻlganda oʻtkaziladi. Attestatsiya komissiyasi raisi uning majlislarini oʻtkazadi, bayonnomalarni va boshqa hujjatlarini imzolaydi. Attestatsiya komissiyasi raisi yoʻqligida, uning vakolatlarini ushbu komissiya raisining oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi. Attestatsiya komissiyasi kotibi komissiya majlislarini tashkil etish va oʻtkazishni tashkil etish uchun masʼul hisoblanadi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
66. Attestatsiya komissiyasining majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda oʻtkaziladi.
67. Attestatsiya komissiyasining qarorlari Attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashadigan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
68. Attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisini oʻtkazish (sanasi, joyi va vaqti) toʻgʻrisida Attestatsiya komissiyasi aʼzolariga komissiyasi kotibi tomonidan xabar beriladi.
Attestatsiya komissiyasi majlisining oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻziga nisbatan ish koʻrilayotgan sud boshqaruvchisi majlis boshlanishidan kamida bir hafta oldin xabardor qilinadi. Agar sud boshqaruvchisi xabardor qilingan boʻlib majlisga kelmagan boʻlsa, attestatsiya komissiyasi ishni uning ishtirokisiz koʻrib chiqishi mumkin.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
681. Attestatsiya komissiyasi sud boshqaruvchisi tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi holatlarini koʻrib chiqadi hamda ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi. Quyidagilar sud boshqaruvchilari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi yuzasidan ishning koʻrilishi uchun asos hisoblanadi:
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari nazorat qilish boʻyicha oʻz vakolatlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari faoliyatida qonun buzilishi alomatlari toʻgʻrisidagi maʼlumot va tekshirish dalolatnomalari;
davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tushgan axborot, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning ariza va shikoyatlari, ommaviy axborot vositalaridagi qonun buzilish alomatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va xabarlar;
sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan sud boshqaruvchisi tomonidan qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar, taqdimnoma va xususiy ajrimlar.
682. Oʻziga nisbatan ish koʻrilayotgan sud boshqaruvchisi ish materiallari bilan tanishishga va ulardan koʻchirma olishga, ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillarni taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga, ishning boshqa ishtirokchilariga savollar berishga, iltimosnomalar taqdim etishga va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.
683. Attestatsiya komissiyasi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qonun buzilishi holatlari aniqlagan hollarda, aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma yuborish yoki sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini toʻxtatib turish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda mazkur qarorni Agentlikka kiritadi.
684. Attestatsiya komissiyasining ushbu Nizomning 683-bandida nazarda tutilgan qarori asosida Agentlik bir hafta muddatda sud boshqaruvchisiga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi yoki attestatning amal qilishini toʻxtatib turish yoxud toʻxtatish (bekor qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Agentlikning qarori (koʻrsatmasi) oʻziga nisbatan ish koʻrilgan sud boshqaruvchiga qaror (koʻrsatma) chiqarilgan kundan boshlab uch kun muddatda yuborilishi kerak.
685. Sud boshqaruvchisiga berilgan koʻrsatmada qonun buzilishlarini bartaraf etish uchun sud boshqaruvchisiga bir oy muddat beriladi. Ushbu muddat yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi tasnifidan kelib chiqib, sud boshqaruvchisining murojaatiga muvofiq komissiya tomonidan koʻpi bilan bir oygacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi koʻrsatmada belgilangan muddatda qonun buzilishi holatlarining bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi dalillar bilan birga Agentlikka taqdim etishi lozim.
(681, 682, 683, 684, 685-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
9-bob. Attestatlarni qayta rasmiylashtirish va attestat dublikatlarini berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
69. Attestatda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, talabgor attestatni qayta rasmiylashtirish uchun oʻn ish kuni ichida Markazga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud YIDXPda elektron shaklda ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan tartibda soʻrovnomani toʻldiradi.
Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Attestatni qayta rasmiylashtirganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Attestatni qayta rasmiylashtirish davrida uning egasi oʻz faoliyatini Agentlik tomonidan avval berilgan attestat asosida amalga oshiradi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
75. Agentlik talabgorlarning soʻrovnomasi kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda attestatni qayta rasmiylashtiradi va ushbu Nizomning 55-bandida belgilangan tartibda talabgorga yuboradi, shuningdek, bu toʻgʻrisidagi maʼlumotni Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
10-bob. Attestatning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish (bekor qilish)
79. Agentlik sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish (bekor qilish) huquqiga ega.
80. Agentlik attestatning amal qilishini quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatib turishga haqlidir:
attestat olingandan keyin attestatsiya uchun avval taqdim etilgan hujjatlarda maʼlumotlarning notoʻgʻri koʻrsatilganligi aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-tomillarida qatnashuvchi sud boshqaruvchisi majburiyatlari tegishli darajada bajarilmaganda;
(80-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
sud boshqaruvchisi tomonidan Agentlikning aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari yoki farmoyishlarini tegishli darajada bajarilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
ish yurituvidagi bir yoki bir nechta korxonalarda sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soladigan qonunchilikni buzish holatlari aniqlangan taqdirda;
(80-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sud qarori (hujjati) asosida.
(80-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
81. Agentlik sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishi toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida Agentlikning hududiy boshqarmalari va iqtisodiy sudni yozma ravishda xabardor qiladi va bir vaqtning oʻzida iqtisodiy sudga attestatining amal qilishi toʻxtatib turilgan sud boshqaruvchisining oʻrniga nomzodni taqdim etadi.
82. Agentlik iqtisodiy sud tomonidan yangi tayinlangan sud boshqaruvchisiga aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.
83. Agentlikning hududiy boshqarmasi Assotsiatsiyaning hududiy boʻlinmasi bilan birgalikda sud boshqaruvchisining attestatini tiklash maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida Attestatsiya komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taklif kiritadi.
84. Attestatsiya komissiyasining qarori sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini tiklash yoki toʻxtatishga (bekor qilishga) asos boʻladi.
85. Agentlik attestatning amal qilishini quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatishga (bekor qilishga) haqlidir:
attestat olinganidan keyin avval attestatsiyaga taqdim etilgan hujjatlarda axborotni buzish holatlari aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
ish yurituvidagi bir yoki bir nechta korxonalarda qonun hujjatlarining bir necha marta (bir martadan koʻp) buzilish holatlari aniqlanganda;
(85-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Agentlikning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish haqidagi koʻrsatma yoki farmoyishlari bajarilmaganda yoki tegishli darajada bajarilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
ish yurituvidagi bir yoki bir nechta korxonalarda sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari qoʻpol ravishda buzilishi aniqlanganda. Sud boshqaruvchisining kreditor yoki qarzdor manfaatlariga zarar yetkazgan harakatlari qonunchilikning qoʻpol buzilishi holatlariga kiradi;
(85-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
sud boshqaruvchisining arizasiga koʻra;
Oldingi tahrirga qarang.
sud qarori (hujjati) asosida.
(85-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
86. Agentlik attestatning amal qilishini toʻxtatish (bekor qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan boshlab uch kun muddatda ushbu qaror toʻgʻrisida sud boshqaruvchisiga va iqtisodiy sudga tasdiqlovchi asoslar bilan yozma ravishda xabar qiladi.
Talabgor Agentlik tomonidan attestatning amal qilishini toʻxtatish (bekor qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida imtihonni qayta topshirishga qoʻyilmaydi, ushbu Nizomning 85-bandi oltinchi xatboshida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
87. Amal qilishi toʻxtatib turilgan va toʻxtatilgan (bekor qilingan) attestatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan Reyestrga kiritiladi.
88. Agentlik quyidagi hollarda sud boshqaruvchisini Attestatsiya komissiyasining qaroriga asosan vazifalarini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etish huquqiga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
ish yurituvidagi bir yoki bir nechta korxonalarda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini amalga oshirish boʻyicha qonunchilik bir necha marta yoki bir marta qoʻpol buzilganda;
(88-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha Attestatsiya komissiyaning qarori (koʻrsatmasi) belgilangan muddatda bajarilmaganda;
attestatning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilganda yoki bekor qilinganda;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq sud boshqaruvchisi zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmaganda yoki tegishli darajada bajarmaganligi sababli qarzdor yoki uning kreditorlarga zarar yetkazilganda;
(88-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq shaxsni sud boshqaruvchisi etib tayinlashga toʻsqinlik qiladigan holatlar aniqlangan taqdirda;
(88-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan boshqa hollarda.
(88-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
89. Agentlik qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
90. Sud boshqaruvchilarining faoliyati “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Nizomda nazarda tutilgan hollarda toʻxtatiladi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
91. Sud boshqaruvchisining professional faoliyati, uning kreditor va qarzdor bilan munosabatlaridagi kelishmovchiliklar iqtisodiy sud tomonidan hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
92. Ushbu Nizomni qoʻllashda kelib chiqadigan nizolar qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
93. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va ularga attestat berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Talabgor

Attestatni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra


2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin oʻn daqiqada

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda Agentlikka yuboriladi.

2. Aniq vaqt rejimida


3-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Soʻrovnoma kelib tushganidan soʻng attestatsiyaga (qayta attestatsiyaga) qoʻyish yoki rad etish maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va bu haqda talabgorni xabardor qiladi.

Uch ish kunida


Attestatsiyaga (qayta attestatsiyadan) qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Attestatsiya oʻtkazish sanasidan besh kun oldin


4-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

1. Attestatsiya (qayta attestatsiyadan) natijalari toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng attestatni QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.

1. Uch ish kunida

2. Rasmiylashtirilgan attestat Markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.

2. Avtomatik tarzda


5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Attestat olingandan soʻng uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. Oʻn daqiqada

2. Talabgor oʻzi kelib murojaat qilganda ruxsatnomani elektron yoki qogʻoz shaklida talabgorga taqdim etadi.

2. Talabgorning soʻroviga koʻra

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va ularga attestat berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA

1. F.I.O.:

2. Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami, JSHSHIR):

3. Maʼlumoti (oliy taʼlim muassasasi nomi, fakultet):

3.1. Tamomlagan yili, diplom raqami:

3.2. Diplom boʻyicha mutaxassisligi:

4. Sud boshqaruvchilarni oʻqitish boʻyicha maxsus oʻquv kursini oʻtaganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami va berilgan vaqti:

5. Fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish ixtisoslashuvi boʻyicha advokat litsenziyasining nusxasi (mavjud boʻlgan taqdirda):

6. Yashash manzili:

7. Mobil telefoni raqami, elektron pochta manzili (e-mail):

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎DAVLAT AKTIVLARINI BOSNQARISN AGENTLIGI

___________-toifali

SUD BOSHQARUVCHISINING ATTESTATI

000000-son‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiayasining 20___ yil ___ _________ da oʻtkazilgan imtihon natijasiga binoan

________________________________________________________________________

(familayasi, ismi, otasining ismi)

SUD BOSHQARUVCHISI
‎attestati berildi.

Mazkur sud boshqaruvchisi attestati uning egasini:
________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
sifatida tayinlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.
Attestat 20___ yil ____ _________ da berilgan.
‎Attestat 20___ yil ____ _________ gacha amal qiladi.
Vakolatli shaxs:

QR-kod

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qaroriga
2-ILOVA
Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
sud boshqaruvchisining attestati — sud boshqaruvchilariga qoʻyiladigan malaka va professional talablarga mos kelish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligida (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) attestatsiyadan oʻtganlikni tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya boshqaruvchisi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi, moliyaviy boshqaruvchi) — toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini oʻtkazish uchun sud tomonidan tayinlanadigan shaxslar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
talabgor — guvohnoma olish uchun oʻquv kursida oʻqiydigan shaxs;
guvohnoma — tasdiqlangan maxsus oʻquv kursiga muvofiq sud boshqaruvchilarini tayyorlash boʻyicha maxsus kurslarda oʻqiganlikni tasdiqlovchi va sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun asos boʻladigan hujjat;
maxsus dastur — talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturi;
sertifikat — sud boshqaruvchisi malaka oshirish kurslarida oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjat.
2-bob. Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqish tartibi
3. Talabgor sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun kamida ikki yillik ish stajiga va oliy maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Talabgor Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga (keyingi oʻrinlarda Oliy maktab deb ataladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
ariza;
pasport nusxasi;
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning yoxud vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatni nonostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) guvohnomasining nusxasi;
mutaxassisligi boʻyicha kamida ikki yillik mehnat stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan nusxa yoki “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma;
3,5 x 4,5 hajmdagi 2 dona fotosurat.
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Talabgor tomonidan mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar Oliy maktabga shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali ularning olinganligini tasdiqlovchi xabarnoma bilan birga topshiriladi.
6. Oliy maktab talabgorning arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab uch ish kuni davomida oʻqishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Talabgorga oʻqishga rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, taqdim etilgan hujjatlar tegishli qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab uch ish kunidan kechikmasdan rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda qaytariladi.
7. Talabgorga quyidagi asoslar boʻyicha oʻqishga ruxsat berilmaydi:
Talabgorning mazkur Nizomning 3-bandi talablariga mos kelmasligi;
mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etilmaganda.
Boshqa asoslar boʻyicha oʻqishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Oʻqitish belgilangan tartibda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Sud boshqaruvchilarini oʻqitish va ularning malakasini oshirish dasturlariga qoʻyiladigan talablar
9. Oliy maktab Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) bilan birgalikda tegishli tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etgan holda, talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi.
10. Maxsus oʻquv dasturi Agentlik bilan kelishiladi, Oliy maktab tomonidan tasdiqlanadi va Oliy maktabning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
11. Sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimiga quyidagilar kiradi:
sud boshqaruvchilarini qisqa muddatli kurslarda tayyorlash (100 va undan ortiq oʻquv soatlari);
sud boshqaruvchilarini qayta tayyorlash (malakasini oshirish) (30 va undan ortiq oʻquv soatlari);
sud boshqaruvchilarining oʻquv dasturiga muvofiq stajirovkalarini oʻtkazish.
12. Oʻquv dasturi modul prinsipi asosida amalga oshirilishi va bir nechta modulga (bloklar, qismlarga) boʻlinishi mumkin. Oʻqitishning modul tizimi turli modullar mavzularidan iborat alohida sikllar dasturlarini shakllantirish imkoniyatni nazarda tutadi.
13. Oʻquv dasturi quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va bankrotlik sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
sud boshqaruvchisi faoliyatining amaliyotini;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining ilgʻor xorijiy amaliyotini;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
buxgalteriya hisobi asoslarini;
korporativ boshqaruvni;
boshqa yoʻnalishlarni.
14. Oliy maktab Agentlik va Assotsiatsiya bilan kelishgan holda, talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha oʻquv dasturiga tegishli taʼlim muassasalarini jalb etish yoʻli bilan qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
4-bob. Talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish
15. Talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirishni tashkil etish ularning toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sudda koʻrib chiqish sohasida bilim olishiga yoʻnaltirilgan.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
17. Oliy maktab boshqa mutaxassislarni, fuqarolik, iqtisodiy va boshqa qonunchilik sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan shaxslarni, texnik qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish, oʻqitish, moderatsiya uchun maydonchalar taqdim etish, shuningdek, spikerlar hamda boshqa turdosh xizmat koʻrsatish maqsadida boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda, talabgorlarni oʻqitadi va sud boshqaruvchilari malakasini oshiradi.
18. Oliy maktab talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida sayyor oʻquv kurslarini tashkil etishi mumkin.
19. Talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish sohasida seminarlar, konferensiyalar, ilmiy va amaliy tadbirlarni oʻtkazish dasturlari Agentlik bilan kelishiladi.
20. Sud boshqaruvchisi har ikki yilda malakasini oshiradi va unga tegishli sertifikat beriladi.
5-bob. Talabgorlarning oʻqiganligi va sud boshqaruvchilari malakasini oshirganligi toʻgʻrisida guvohnoma va (yoki) sertifikatni rasmiylashtirish hamda berish tartibi
21. Talabgorlarning ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻqiganligi va sud boshqaruvchilari malakasini oshirganligi guvohnoma va (yoki) sertifikat olishga asos boʻladi.
22. Talabgorlarning oʻqiganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va sud boshqaruvchilari malakasini oshirganligi haqidagi sertifikat ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi hamda ular Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega boʻladi.
23. Guvohnoma va (yoki) sertifikat blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega boʻladi. Guvohnoma va (yoki) sertifikat blankalari Oliy maktab buyurtmasiga asosan “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasida bosma usulda tayyorlanadi.
24. Guvohnoma va (yoki) sertifikat Oliy maktab tomonidan oʻquv kurslari yakunlangandan soʻng uch kunlik muddatda rasmiylashtiriladi hamda guvohnoma va (yoki) sertifikat egasiga imzo qoʻyish yoki boshqa shaxsga notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida beriladi.
25. Sud boshqaruvchisi malaka oshirganligi toʻgʻrisida tegishli sertifikatni olgandan soʻng besh kun ichida sertifikat nusxasini oʻzining shaxsiy maʼlumotiga tikish uchun Assotsiatsiyaga taqdim etadi.
26. Talabgorlarning oʻqiganligi va sud boshqaruvchilari malakasini oshirganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va (yoki) sertifikat egasi oʻz familiyasi (ismi, otasining ismi) yoki pasport maʼlumotlari oʻzgargan taqdirda, Oliy maktabga guvohnoma va (yoki) sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun ularning asl nusxalarini ilova qilgan holda ariza beradi.
27. Talabgorlarning oʻqiganligi va sud boshqaruvchilari malakasini oshirganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va (yoki) sertifikat yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, guvohnoma va (yoki) sertifikat dublikati beriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
28. Ushbu Nizomni qoʻllashda kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish
SXEMASI
Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI XUZURIDAGI BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI

‎GUVOHNOMA
(namuna)

№ 000000‎ Seriya AA‎

____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎____________________________________________________________________________________________
(oʻquv kursi muddati va oʻzlashtirilgan soatlar hajmi)

sud boshqaruvchilarini tayyorlash yoʻnalishi boʻyicha maxsus kurslarda oʻqidi.
Direktor ______________________________________________

‎‎(F.I.O, imzo)

M.Oʻ.

Roʻyxatga olish raqami ________________
‎‎20 ___ yil “___” _________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI XUZURIDAGI BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI

‎SERTIFIKAT
(namuna)

№ 000000‎ Seriya AA‎

____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)
____________________________________________________________________________________________
(oʻquv kursi muddati va oʻzlashtirilgan soatlar hajmi)

sud boshqaruvchilari malakasini oshirish yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kursida oʻqidi.
Direktor _______________________________________________

(F.I.O, imzo)

M.Oʻ. Roʻyxatga olish raqami _________________
20 ___ yil “___” _________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy nochor korxonalarning sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-martdagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-yil, 3-son, 33-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 39-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 11-son, 58-modda) ilovaning 11-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 13-dekabrdagi 328-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 12-son, 98-modda) ilovaning 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 6-fevraldagi 30-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 2-son, 9-modda) ilovaning 4-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 9-son, 64-modda) 1-ilovaning 39-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy nochor korxonalarning sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-martdagi 138-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 8-oktabrdagi 277-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 10-son, 73-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-martdagi 76-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 3-son, 23-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 29-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 09/19/765/3739-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)