toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti” faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlari uchun istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-sentabr,
759-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 13-bandga quyidagi mazmundagi oxirgi xatboshi qoʻshilsin:
“Institutga oʻqishga tavsiya etishda nomzodlarning oʻziga va ularning hujjatlariga nisbatan qoʻyilgan talablarga qatʼiy rioya etish, hujjatlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligi boʻyicha masʼuliyat tavsiya etayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi”.
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Har bir fan boʻyicha 20 tadan savol tuziladi. Bunda, har bir savolning toʻgʻri javobi uchun Oʻzbekiston tarixi fanidan — 1,5 ball, iqtisodiyot nazariyasi fanidan — 1,6 ball va huquqshunoslik fanidan — 1,5 ball etib belgilanadi”;
b) toʻrtinchi xatboshidagi “67,5 balldan (75 foiz)” soʻzlari “49,5 (55 foiz) ball va undan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Test sinovidan oʻtganlar soni kvota boʻyicha ajratilgan tinglovchilar soniga teng yoki undan kam boʻlganda suhbat oʻtkazilmaydi”.
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suhbat ikki qismdan iborat boʻladi. Birinchi qismda nomzodning vaziyatlar tahlili, muammoning qoʻyilishi, muammoning yechimi, hayotiyligi, ijro mexanizmi va nazorati, ikkinchi qismda vatanparvarligi, yetakchiligi, rahbarlik kasbiy mahorati, tizimli fikrlashi, kreativligi va innovatsiyalar bilan samarali ishlashi baholanadi”;
b) uchinchi xatboshidagi “60 ball” soʻzlari “110 ball” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)