Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
1. “Qarzdorlar va ularning debitorlari bank hisobvaraqlarini qidirishda bank depozitorlarining milliy axborot bazasidagi maʼlumotlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 2448, 2013-yil 2-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2019-yil 9-sentabrdagi 17/17-5-19-8481-son, Markaziy bankining 2019-yil 9-sentabrdagi 15-19/1151-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-martdagi 1-son, 7/12-son “Qarzdorlar va ularning debitorlari bank hisobvaraqlarini qidirishda bank depozitorlarining milliy axborot bazasidagi maʼlumotlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2448, 2013-yil 2-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.