1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZLIZING INTERNEYSHNL LTD” QOʻSHMA LIZING KOMPANIYASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Respublikada zamonaviy infrastrukturani shakllantirish hamda tovarlar va xizmatlar bozorini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki, Meybank (Malayziya) bilan birgalikda “Oʻzlizing Interneyshnl Ltd” lizing kompaniyasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar tashkil etilayotgan lizing kompaniyasining bosh vazifalari hisoblanadi:
texnologiya asbob-uskunalarini sotib olish va ulardan foydalanishni uzoq muddatlarda mablagʻ bilan taʼminlash;
eksport imkoniyatlarini koʻpaytirish va importning oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga lizing doirasida ilgʻor texnologiyalarni jalb etish;
oʻrta va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni va xizmatlar koʻrsatishni koʻpaytirish uchun keng koʻlamli lizing xizmatlari koʻrsatish;
lizing operatsiyalarini amalga oshirish uslubiyotini hamda lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish boʻyicha tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
3. Kompaniya ustav sarmoyasining 4 million AQSH dollari miqdorida boʻlishiga hamda ulushlarning muassislar oʻrtasida quyidagi nisbatlarda taqsimlanishiga rozilik berilsin:
Xalqaro moliya korporatsiyasi — 15 foiz;
Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki — 15 foiz;
Meybank (Malayziya) — 35 foiz;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (bankning joriy daromadlaridan toʻlanadi) — 35 foiz.
4. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy banki 2 oy muddatda qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlari tayyorlanishini nihoyasiga yetkazsin va ularni belgilangan tartibda roʻyxatga olish uchun taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
5. Koʻshma lizing kompaniyasi operatsiyalarni amalga oshirish boshlangandan soʻng 5 yilga foydadan olinadigan, qoʻshilgan qiymat soligʻi va mol-mulkdan olinadigan soliqlardan ozod qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Oʻzlizing Interneyshnl Ltd” kompaniyasini Turob Toʻla koʻchasi, 1-uyidagi Xalqaro bank va moliya markaziga joylashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ. T. Sultonov va B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.