Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Aholi turar joylarida, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarida, madaniy-tarixiy obidalarda, strategik ahamiyatga ega boʻlgan bino va inshootlarda hamda respublikaning barcha hududlarida termitlarning tarqalishiga qarshi kurashish ishlarini takomillashtirish, ular yetkazadigan zararning va favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish toʻgʻrisida” 2012-yil 2-fevraldagi 27-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 6-son, 58-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
a)
toʻrtinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari” soʻzlari “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnoma asosida termitlarga qarshi kurashish ishlarini amalga oshirish”;
g)
oltinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlariga” soʻzlari “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
a)
ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari” soʻzlari “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b)
toʻrtinchi xatboshidagi “oʻsimliklarni himoya qilish markazlari” soʻzlari “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3.
6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4.
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Markaz tomonidan termitlarning tabiiy oʻchoqlari boʻlgan va qurilish uchun xavfli deb belgilangan hududlarda termitlar bartaraf etilmagunga qadar qurilish uchun yer maydonlari ajratilishini taqiqlasinlar;
tegishli hududda termitlar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashish tadbirlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy budjetlari mablagʻlari doirasida moliyalashtirilishini taʼminlasinlar”.