Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududida ishonchli muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish va davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida”gi PF-4516-son Farmoni 1-bandining
uchinchi va
toʻrtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Jizzax” EIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Jizzax viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashining bevosita tasarrufida boʻladi;
“Jizzax” EIZga kiruvchi hududlar va uning chegaralari, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-sentabrdagi “Termiz” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5540-son Farmoni 3-bandining
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Termiz” EIZ qatnashchilarining hududi chegarasigacha tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmalar qurilishi teng ulushlarda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5707-son Farmoni 7-bandining
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2019-yil 1-iyuldan boshlab import dori vositalari (dori substansiyalari bundan mustasno) va tibbiyot buyumlarini “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim summasining 83 foizi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Respublika farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2911-son qarori 1-bandidan
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4112-son qarori 5-bandining
toʻrtinchi va
beshinchi xatboshilaridagi “davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslari bilan kelishilmasdan” soʻzlari “belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin.