Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 429-son (roʻyxat raqami 905, 2000-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.5. Bankning kredit siyosati bank Kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1-fevraligacha boʻlgan muddatda qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Yil davomida zaruratga koʻra kredit siyosatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Agar kredit siyosatining aksariyat qismiga (50 foizdan kam boʻlmagan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan boʻlsa, bunda kredit siyosatini yangi tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq.”.
2. Quyidagi mazmundagi 1.51-band bilan toʻldirilsin:
“1.51. Bankning kredit siyosati, unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yoki uning yangi tahriri bank Kengashi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 15 kun ichida Markaziy bankka taqdim etilishi kerak.
Bank Kengashi tomonidan bankning kredit siyosatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zaruriyati mavjud emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 15 kun ichida Markaziy bankka Kengashning majlis bayonidan koʻchirma taqdim etiladi.”.
3.
2.3-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Kredit siyosati banklarga taqiqlovchi quyidagi qoidalarni oʻz ichiga olishi kerak:
jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;
ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish.”.