Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 27-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga asosan, buyuraman:
1. Tijorat banklarida davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha buxgalteriya hisobining muvaqqat
tartibini (roʻyxat raqami 523, 1998-yil 9-noyabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 22-avgustdagi 15-19/1085-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1996-yil 26-martdagi 203-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha buxgalteriya hisobining muvaqqat
tartibi (roʻyxat raqami 523, 1998-yil 9-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 20-fevralda 203-1-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan olib boriladigan operatsiyalar boʻyicha buxgalterlik hisobi muvaqqat tartibiga
1-sonli oʻzgartirishlar (roʻyxat raqami 523-1, 1999-yil 1-aprel);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 20-oktabrda 203-2-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan olib boriladigan operatsiyalar boʻyicha buxgalterlik hisobi muvaqqat tartibiga
2-sonli oʻzgartirishlar (roʻyxat raqami 523-2, 1999-yil 1-dekabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 24-oktabrdagi 37/7-son “Tijorat banklarida davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan olib boriladigan operatsiyalar boʻyicha buxgalterlik hisobi muvaqqat tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 523-3, 2014-yil 25-noyabr).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.