Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 24-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga asosan, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini chiqarishning
asosiy shartlarini (roʻyxat raqami 524, 1998-yil 9-noyabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 9-avgustdagi 17-25/373-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 26-martda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini chiqarishning
asosiy shartlari (roʻyxat raqami 524, 1998-yil 9-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-martdagi 5, 6/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini chiqarishning asosiy shartlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 524-1, 2016-yil 8-aprel).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.