Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 14-apreldagi 15, 125, 2017/10-3, 2017-09, 01-02/8-8-son “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2885, 2017-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 374-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
b)
2-ilovadan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.