Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-maydagi PQ-4329-son
qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublikada simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. 5-bandning
birinchi xatboshidagi “ularning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilgan deklaratsiyasi bilan birgalikda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
yettinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqi miqdori” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Radiochastota spektrining tijorat qimmati koeffitsiyenti”
jadvalining:
4 va 5-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
3. 8-banddagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin.