toggle_night_mode
Hujjat 19.08.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
qarori
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3125-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriati va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2018-yil 30-noyabrdagi 01-02/13-70, 155-son qarori (roʻyxat raqami 3125, 2019-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 4-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-bandi 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyul,
01-02/13-47-son
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyul,
86-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2019-yil 19-iyuldagi 01-02/13-47, 86-son qaroriga
ILOVA
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda davlat budjeti deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda DBQ deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan oʻqiyotgan, uni tamomlab majburiy xizmat oʻtash uchun davlat bojxona xizmati organlariga, shuningdek DBQ tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.”.
2. 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Institutga oʻqishga kirishidan oldin (dastlabki tanlov davrida) nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar nomzod Institutga oʻqishga qabul qilingandan soʻng davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolashi, shartnoma shartlarini bajarishi, shuningdek, kursantlar safidan chiqarilsa yoki oʻqishni tamomlagandan soʻng besh yil ichida xizmatdan boʻshatilsa, shartnomani muddatdan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, oʻqish davrida unga sarflangan barcha budjet mablagʻlarini qoplashi boʻyicha moddiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantiriladi.”.
3. 9-banddagi “eng kam oylik ish haqining“ degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 12-band “mablagʻlar” degan soʻzdan keyin “oʻqishdan chetlashtirish yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Qoplanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni toʻlagan xodim (kursant) xizmatga tiklangan (kursantlar safiga qaytarilgan) yoki qayta qabul qilingan taqdirda undan undirilgan pul mablagʻlari toʻliq qaytariladi.”.
6. 17-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kursantlarning oʻqishi boshqa oliy harbiy taʼlim muassasalariga koʻchirilganda.”.
7. 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
“Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎T I L X A T

‎‎Men, ‎_______________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga oʻqishga qabul qilinsam, davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolash, shartnoma shartlarini bajarish, shuningdek kursantlar safidan chiqarilsam yoki oʻqishni tamomlaganimdan soʻng besh yil ichida intizomiy jazo chorasi sifatida xizmatdan boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsam, oʻqish davrida menga sarflangan barcha mablagʻlarni qoplash boʻyicha moddiy javobgarligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.

_______________________‎‎

________________________‎‎

(Imzo)‎‎

(F.I.O.)

‎‎20_____ yil “_____” ______________

Biz, ________________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga oʻqishga kirishga nomzodning ota-onasi (farzandlikka oluvchi va vasiyi), farzandimiz _______________________

‎‎___________________________________________________________________________________ ‎‎(F.I.O.)

oʻqishga qabul qilinsa, davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolash, shartnoma shartlarini bajarish, shuningdek kursantlar safidan chiqarilsa yoki oʻqishni tamomlaganidan soʻng besh yil ichida intizomiy jazo chorasi sifatida xizmatdan boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, oʻqish davrida unga sarflangan barcha mablagʻlarni qoplash boʻyicha moddiy javobgarligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.

‎‎________________________

________________________‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎‎

________________________‎‎

________________________‎‎

(imzo)

‎(F.I.O.)‎‎

20____ yil “_____” ______________”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2019-y., 10/19/3125-1/3584-son)