Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son “Yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2015-yil 3-iyuldagi 1-son qarori (roʻyxat raqami 2699, 2015-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 388-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarini hisobga olish va hisobot balanslarini tuzish boʻyicha
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni qazishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”.
3. 16-bandning
birinchi,
uchinchi va
toʻrtinchi xatboshilaridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“17. Hisobot balansi uch nusxada tuziladi va yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan har yil 5-fevraldan kechikmasdan:
noruda foydali qazilmalar boʻyicha Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boʻlinmalariga;
rudali foydali qazilmalar va uglevodorodlar boʻyicha — Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan hisobotlar hisobga olinib, Davlat geologiya fondiga yuboriladi.”.
ikkinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” degan soʻzlar “Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.