Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 12-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Qandim kon guruhi uchastkasi, xauzak va shodi uchastkalari, shuningdek, qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi janubiy-gʻarbiy hisor va ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 2097, 2010-yil 19-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 9-avgustdagi 02-05/12-06692-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2010-yil 5-apreldagi 01-02/12-32, EG-01/10-240, 92, 06-282-son “Qandim kon guruhi uchastkasi, xauzak va shodi uchastkalari, shuningdek, qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi janubiy-gʻarbiy hisor va ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2097, 2010-yil 19-aprel);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2013-yil 12-avgustdagi 01-02/12-7, 12, 33, P-2-son “Qandim kon guruhi uchastkasi, xauzak va shodi uchastkalari, shuningdek qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi janubiy-gʻarbiy hisor va ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2097-1, 2013-yil 30-avgust);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015-yil 29-avgustdagi 01-02/12-27, 2015/10-7, 100, k-5-son “Qandim kon guruhi uchastkasi, xauzak va shodi uchastkalari, shuningdek, qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi janubiy-gʻarbiy hisor va ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2097-2, 2015-yil 11-sentabr).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.