Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. “Don yetishtiruvchi xoʻjaliklarni sifatli boshoqli don urugʻligi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 2130, 2010-yil 6-avgust) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 31-iyuldagi 02/012-1471-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 11-maydagi 7-son, 42-son “Don yetishtiruvchi xoʻjaliklarni sifatli boshoqli don urugʻligi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2130, 2010-yil 6-avgust) hamda 2015-yil 30-apreldagi 12-son, 35-son “Don yetishtiruvchi xoʻjaliklarni sifatli boshoqli don urugʻligi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2130-1, 2015-yil 13-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.