Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. “Vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, elita urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar, gʻoʻza urugʻchiligi va seleksiyasiga aloqador boʻlgan mansabdor shaxslarning yakuniy natijalar uchun javobgarligi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 1449, 2005-yil 12-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 31-iyuldagi 02/012-1471-son, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 28-maydagi RG-1-7/6-2248-1-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2005-yil 7-yanvardagi 1/7-son, 47-son va 16-son “Vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, elita urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar, gʻoʻza urugʻchiligi va seleksiyasiga aloqador boʻlgan mansabdor shaxslarning yakuniy natijalar uchun javobgarligi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1449, 2005-yil 12-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.