Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2003-yil 19-dekabrdagi 359-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323, 2004-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 14-bandi
toʻrtinchi xatboshisidan “(militsiya)” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.