toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrug‘i
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 14-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1323-8]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2003-yil 19-dekabrdagi 359-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1323, 2004-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 11-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 14-bandi to‘rtinchi xatboshisidan “(militsiya)” degan so‘z chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh.SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-iyul,
200-mx-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1323-8/3523-son)