Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2010-yil 3-avgustdagi 290-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2140, 2010-yil 6-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 310-modda) bilan tasdiqlangan Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 9-bandi
uchinchi xatboshisidagi “militsiya” degan soʻz “ichki ishlar organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.