toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrug‘i
Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 9-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2140-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2010-yil 3-avgustdagi 290-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2140, 2010-yil 6-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 310-modda) bilan tasdiqlangan Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 9-bandi uchinchi xatboshisidagi “militsiya” degan so‘z “ichki ishlar organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-iyul,
201-mh-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/2140-1/3622-son)