Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 14-oktabrdagi 79-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2837, 2016-yil 8-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 45-son, 526-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning
yigirma beshinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 24-ilovaning
nomidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.